Bir kavatli ko‘p qatorli epiteliy. Bu epiteliy nafas yo„llarining devorini va jinsiy
sistemaning ayrim qismlarini qoplaydi. Bu epiteliyda har bir hujayra bazal membranada yotadi,
hujayralarning shakli turlicha va shu sababli yadrolari har xil tekislikda yotadi. Kekirdak
epiteliysida kiprikli silindrsimon, qadahsimon, yirik va kichik qo„shimcha hujayralar hamda
endokrin hujayralar tafovut qilinadi. Qo„shimcha hujayralar o„zining keng yuzasi bilan bazal
membranaga tegib turadi. Kiprikli hujayralar bazal membranaga o„zining ingichka qismi bilan
tegib turadi, keng yuzasi esa kekirdak teshigiga qaragan bo„ladi.
Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida kiprikchalar bo„lib, har bir hujayrada 250 atrofida
uchraydi. Kiprikchalarning harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta‟sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |