Bir tomonda bolasi,
Qon ichida yotibdi.
E — voh, har ikkalasi!..
Urush dahshatlarining kichik bir parchasini yuqoridagiday tasvirlash
bilan shoir bolalarning murg‘ak dilida urush olovini yoquvchilarga nisbatan
kuchli nafrat tuyg'ularini qo'zg'atadi. Ular qalbida tinchlik, do'stlik,
baxtiyorlik haqidagi ulug' maqsad, buyuk orzu hislarini uyg'otadi.
Obod qishloqlami vayron qilgan, begunoh kishilaming umrini xazon
qilgan fashistlardan qasos olishga bel bog‘lagan g'azabkor otaning hayqirig'i
tubandagi misralarda zo'r mahorat bilan tasvirlangan:
Ana shu Varvaraday
Qancha yosh bolalami,
Bolalik bo ‘stonida
Ochilgan lolalami
Halok etgan peslardan—
Shu jallod fashistlardan
Jon uchun jon olaman,
Qon uchun qon olaman.
Xullas, fashist yovlami
Tor-mor etib batamom
So ‘ngra, jigarbandlarim,
Yoningizga qaytaman!.
Shoir his-hayajonni oshirishda xalq og'zaki ijodidan o'rinli
foydalangan:
Hay, janubga uchgan qush,
Kel, yonimga bir pas tush!
Qizlarimga xat beray,
Andijonga qarab uch!
Shoirning «Sog'inchli salom» she'ri bolalami Vatanga, uni jon-dilidan
sevuvchi va mehribon otaga muhabbat, dushmanga la'nat-nafrat ruhida
tarbiyalashda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Pedagog-murabbiy va jangchi-shoir Sulton Jo'ra o'zbek bolalar
adabiyotining xazinasiga o'zining ana shunday qimmatbaho asarlari bilan
munosib hissa qo'shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |