hamon sevib o'qiydilar va yuksak qadrlaydilar.
QUDDUS MUHAMMADIY
(1907-1997)
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylaming katta
adabiyotiga bag'ishladi.
She’ryo'lin о ‘rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so ‘zim,
Shu Vatan, shu xalqim, shu o‘g ‘il-qizim,
She’rimning asosiy mavzjui sizlar.
Asarim ovozi — parvozi sizlar,
0 ‘zingiz ilhomim oltin o ‘zagi,
O'zingiz she’rimning husn-bezagi,
Chunki siz men uchun, Men-chi siz uchun...
Haqiqatdan ham shoir she’rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning
mehnatsevar xalqi, shirin «o‘g‘il-qizlari»dir asarlarining ovozi ham, «parvozi»
ham, «ilhomi»ning «oltin o‘zagi», she’rining «husn-bezagi» ham shulardir.
Shoir o'z asarlarida bolalarning yurak tuyg'ularini, orzu va intilishlarini,
o'qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni
qoralaydi, uni yo'qotish yo'llarini izlaydi, topadi, o'z o'quvchisiga talabchan
o'rtoq, qattiqqo'l ustoz sifatida yo'l ko'rsatadi.
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolarga nima
xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go'zal nima-
yu juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o'z she’rlari bilan bolalarda
estetik didni o'stirishga, go'zallik haqida tassavur hosil qilishga harakat
qiladi.
To'qson yillik umrini bolalaiga she’r, qo'shiq, doston, doston— ertak
yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida
mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi Bo'lajak shoirning otasi
Muhammad Alibek Abdurahmonbeicov ancha savodli kishi edi. Shu sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |