partizan» poemasida qrimlik yosh partizan Viktor Korobkovning jasoratiga
oid hujjatlardan foydalansa, Quddus Muhammadiy, Tolib Yo'ldoshlar
urush sababchisi bo'lgan fashistlami folklordagi ya’juj-m a’jujlar kabi
an’anaviy obrazlar tasviri orqali urushni la’natlaydilar. Ikkinchi jahon urushi
qatnashchilari Ilyos Muslim va Shuhratlar fashistlaming kirdikorlarini o'sha
voqealaming bevosita shohidlari sifatida hayotiy, ta’sirchan gavdalantirsalar,
Tursunboy Adashboyev, Qambar Ota, Aziz Abdurazzoq, Shamsi Odil,
Rauf Tolib, Qutbi Nosirova va boshqalar ko'proq otalar va bolalarning achchiq
xotiralari tarzida qalamga oladilar.
Tolib Yoidoshning «Bobom ertak aytsalar» she'ri bevosita urush
qatnashchisining nevaralariga jang-jadallar haqidagi ertagi tarzida bitilgan.
Bolalarga ertak tuyulgan bu voqealar aslida ertak emas, oddiy jangchining
ko'igan-kechiiganlaridir.
«Qilich botir», «Alpomish», «Aldar ko‘sa» dostonlarini jon qulog'i
bilan tinglagan bolalarning fashist bosqinchilari to'g'risidagi xikoyadan
vujudlari larzaga keladi.
Bobo o'z gapini Gitlerning ta’rifidan boshlaydi:
Qo‘ng‘iz m o‘ylov, chalabosh,
Gitler degan alvasti,
Qilgan mudhish jinoyat,
Hech yoddan chiqmas asti.
Tag-tugi yo ‘q bu maxluq,
Odamxo ‘r ekan bilsak,
Nimalar qilmas edi,
Erkiga qo'yib bersak!..
Bobo n u tq id a g i no zik o 'x s h a tis h la r, ayniqsa, G itle rn in g
odamxo'rligi, tashqi ko'rinishining beo'xshovligi bolalar qulog'ini ding
qiladi. She’rda bolalami hayratga solgan narsa Gitlerning ko'rinishigina
emas, balki unga hikoyachining nafratli munosabati hamdir. Boboning
Gitler boshliq fashistlar haqida hikoya qilayotib, g'azabdan yuzlarining
oqarib, o'zgarishi tinglovchilarda ham, kitobxonda ham Gitlerga nisbatan
nafrat uyg'otadi.
Yuqorida Vatan posbonlariningjasorati ko'proq o'zga shaxs, xususan,
otalar, ukalar va bolalar tilidan hikoya qilinishiga to'xtalgan edik. Ota-
onalaming farzandlari yoxud farzandlarning ota-onalari, ukalaming akalar
bilan faxrlanishi, o'zlarini ular jasorati uchun qay jihatdandir daxldor
hisoblashlari tabiiy holdir.
Ammo bu an’ana so'nggi yillar yoshlar she’riyatida o'zini oqlamayapti.
Anvar Hojining «Men akamni kuzatdim», Habib Rahmatning «Askar
ukasi», Fayzi Shohismoilning «Botir askar» she’rlarida akalarini harbiy
xizmatga kuzatgan bolalarning ularga havasi; Shamsi Odilning «Ota meros»,
Rauf Tolibning «Ota izidan» she’rlarida bolalarning sodiqligi to'g'risidagi
ahdu-paymonlari quruq bayon qilinadi.
H arbiy xizm atni o 'ta sh har bir yigitning m uqaddas burchi.
Kichkintoylarning buni orziqib kutishi hech kimga sir emas. Binobarin,
kichik qahramonlaming akalari bilan faxrlanishi, quyidagi parchalarda bayon
etilgani kabi tezroq katta bo'lib, harbiy kiyimni kiyishni orzu qilishlari
kishiga g'ayritabiiy tuyulmaydi.
Men ham ulg'ayib bir kun,
Akamlarga yetaman.
Bo'lib Vatan askari,
O'z burchimni o'tayman.
(«Men akamni kuzatdim»)
Vatanimni, Xalqimni
Ko'z qoramdek saqlayman,
Askar akamga o'xshab
El ishonchin oqlayman
(«Askar ukasi»)
Deyman tez-tez o'tsaydi
Immillamay yil,
Kattakon bo'lar edim
Sizlardek qoyil.
So'ng Vatan xizmatiga
Otlanib men ham,
Bo'lardim sizday botir
— Askar chinakam.
(«Botir askar»)
Bu yerda biz aytm oqchi boMgan gap uchta she’rdan olingan
parch alard ag i m azm unning o'xshash ligidag in a em as, balki jajji
qahramonlarning Vatan xizmatiga otlanishini orzu etishlariga sabab
bo'layotgan vositalarning ham aynan o'xshashligidadir. Bizningcha,
she’rlardagi kichkintoy qahram onlar akalarining harbiy qism safiga
chaqirilishi yoki askarlami ko'rishni aytib, orzu qilishning o'zi yetarli emas.
Qahramonlar qalbidagi sun’iy hissiyotning kitobxonga ko'chmasligi sirini
shundan izlash kerak.
Ikkinchi jahon urushidan keyin o'tgan davr ichida o'nlab dostonlar,
ertak, dostonlar maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom»,
Q. Muhammadiyning «Dunyoda eng kuchli nima?», «Solijon», Shukur
S a'dullaning «Laqma it», «Ikki donishmand», Po'lat M o'm inning
«O'rinbosarlar», «Eh, rosashirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin
nay», «Jalil eshitgan ertak», Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi»,
«Bobo dehqon hangomasi», «Chovkar», «Chirchiq farzandi», Ramz
Bobojonning «C ho'pon o 'g'li» , Safar Barnoyevning «Biz dehqon
bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin oshiqlar», Miraziz
A' zamning «Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi», Tursunboy Adashboyevning
«Dovonlar», «Harflaming saiguzashti», Toshpo'lat Hamidning «Asronqulning
qo'chqori», Eigash Raimovning «Bir dona yaproq», Rauf Tolibning «Sehigar
do'stim bor», «Maqtanchoq», Azim Usmonning «G'aroyib Ajdarho», Kavsar
Turdiyevaning «Toshkesaklar mamlakatida» kabilar shular jumlasiga kiradi.
Shoir Po'lat Mo‘min «Ko‘ngil istar yaxshilik» asarida bolalar o'rtasidagi
do'stlik, birodarlik, o'qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik,
baynalmilallik masalalarini ilgari suradi. Bolalar hayotida sodir bo'ladigan
yutuq va kamchiliklar badiiy bo'yoqlarda, qiziqarli epizodlarda chizib beriladi.
Bir so'z bilan aytganda, maktab o'quvchilarining jozibali hayoti zavq-
shavq bilan tasvirlanadi.
Shoir eng avvalo yangi «mahallaning chiroyi» bo'lgan jonajon maktab
binosi haqiqatan ham «bilim saroyi»ga aylanib ketganligini maroq bilan
tasvirlaydi. Ana shundan keyingina o'quvchini bu yerda ta'lim-tarbiya
olayotgan o'z qahramonlari bilan tanishtiradi. Dostonning har bir sahifasida
ezgulik, olijanob insoniy fazilatlar qabartirilgan holda yoritiladi. Asarning
asosiy syujet chizig'ini tashkil etgan O'ktam obrazi yosh kitobxonni o'ziga
maftun etib oladi. U juda sho'x, olov qalbli. Tomda varrak uchirib yurib
yiqilib tushgan, shuning uchun «miyasi sal lat yegan». Natijada asab kasaliga
giriftor bo'lgan. O'ktam oqko'ngil, rostgo'y, haqiqatchi bola. U hayotga
haqiqat ko'zi bilan qaraydi, boshqalaming ham shunday bo'lishini istaydi.
Ammo o'zi o'qiydigan sinfda Tolibga o'xshagan ba'zi o'yinqaroq, qitmir,
shoir so'zi bilan aytganda «olifta» bolalar uning jig'iga tegadi, asabini
buzadi, kasalini qo'zg'aydi, sinfdan-sinfga o'tolmaganini yuziga soladi.
Yaxshi gapning shaydosi bo'lib qolgan O'ktamning kasali qo'zg'ab,
yiqilib qolishi yosh kitobxonda O'ktamga nisbatan chuqur achinish, Tolibga
nisbatan esa nafrat hissini uyg'otadi.
Bir necha kundan so'ng tuzalib ketgan O'ktam o'qishga sho'ng'ib
ketadi.
Tolib o'qituvchi Shokir akaning kasal bo'lib qolganini eshitib, xursand
boiadi, darrov o'yin-kulgi, bekorchilik haqida og'iz ko'pirtirib gap sotadi:
Shokir akamiz bu gal
Yaxshiyam bo'bdi kasal.
Darsga kelmasmush ancha,
О ‘ynaymiz xohlagancha,
—
deb ustoziga achinish o'rniga xursandchiligini bildiradi. Bu gap O'ktamga
qattiq botadi. Shunda u Tolibni yaxshilikka chaqiradi, o'qituvchi-ustozga
bunday munosabatda bo'lmaslik kerakligini uqtiradi. Ammo janjalkash Tolib
bu gaplarga quloq solish o'rniga O'ktamning jig'iga tegadi, asabini buzadi,
uni musht ko'tarishga majbur qiladi. Kasali qo'zg'agan O'ktam shifoxonaga
tushib qoladi. Sinfdagi ayrim o'quvchilar Tolibni urib qochib ketdi, degan
gap tarqatishadi. Faqat samimiy do'st Qodiigina bu gapga ishonmaydi.
O'ktamning beozor, sofdil ekanligini isbotlashga urinadi.
Tolib O'ktam ustidan o'qituvchi-ustozlaiga arz qiladi. O'ktamning uyiga
Do'stlaringiz bilan baham: |