Samarqand viloyati Oqdaryo tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 27-unumta’lim maktabi” Kasaba uyushmasi” a’zolarining
8-sonli yig’ilish bayoni
2020-yil 14-mart
Kasaba uyushmasi raisi: N.Isayev
Kotibi: Sh.Rustamova
Yig’ilishda 35 nafar o’qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.
Kun tartibida:
1. O’zbekiston Respublikasida Vazirlar Maxkamasini Qaroriga asosan joriy yilning 14-15- mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o’tkazish to’g’risida
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan 27-umumta’lim maktabi direktori D.Narzullayeva so’zga chiqdi, O’zbekiston Respublikasida Vazirlar Maxkamasini Qaroriga asosan joriy yilning 14-15- mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o’tkazish bo’yicha barcha o’qituvchi va xodimlarga vazifalar belgiladi.
Usbu masala yazasidan maktab ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Murodov so’zga chiqib, barcha o’qituvchi va xodimlar maktabdagi taqsimlangan yer maydonlarni, maktabni tashqi tomonlarini tartibga keltirish bo’yicha ishlar olib borilishini nazorat qilishligini ta’kidlab o’tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab kasaba uyushmasi rahbari so’zga chiqdi, o’qituvchilarga mamalakatimizdagi ayrim yordamga muhtoj bo’lgan oilalar va mahallarga yordam berish maqsadida bir kunlik ish haqimizni yordamga muhtoj oilalarga o’kazishni taklif etdi va hamma o’qituvch va xodimlar ma’qullashdi.
Yuqoridagi taklif va mulohazalardan kelib chiqib yig’ilish:
Qaror qiladi:
1.27-umumta’lim maktabi o’qituvchilarni hayriya uchun yozgan arizalari inobatga olinsin.
2. 27-umumta’lim maktabi hisobchisi o’qiyuvchilar arizasiga asosan bir kunlik ish haqi belgilangan tartibda amalga oshrish vazifasi qo’yilsin.
3. 27-umumta’lim maktabi “ Kasaba uyushmasi rahbari N.Isayev hayriya tadbirini bajarilishini nazoratga olinsin.
Kasaba uyushmasi raisi: N.Isayev
Kotibi: Sh.Rustamova
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 27-unumta’lim maktabi” Kasaba uyushmasi” a’zolarining
9-sonli yig’ilish bayoni
2020-yil 11-aprel
Kasaba uyushmasi raisi: N.Isayev
Kotibi: Sh.Rustamova
Yig’ilishda 30 nafar o’qituvchilar va yushma a’zolari ishtirok etdi.
Kun tartibida:
1. O’zbekiston Respublikasida koronovirus pandemiyasi COVID-19 dan jabr ko’rgan bemorlarga insonparvarlik madadini berish maqsada bir kunlik maoshimizni o’tkazish to’g’risida
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan 27-umumta’lim maktabi direktori D.Narzullayeva so’zga chiqdi, hozirgi vaqtda jahon sog’liqni saqlash tashkilotini COVID-19 pandemiyasini bartaraf etish bo’yicha barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda, bularning barchasi birinchi navbatda inson so’g’ligini yaxshilash va hayotini saqlab qolishdir.
Usbu masala yazasidan maktab ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Murodov so’zga chiqib, barcha davlatlar kabi mamlakatimizda ham koronovirus pandemiyasi tarqalganligi munosabati bilan zavod va fabrikalar, tashkilotlar , oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida karantin e’lon qilqndi.
Yuqoridagi masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Q.Yunusova so’zga chiqdi, COVID-19 pandemiyasiga chalingan yurtdoshlarimizga insonparvarlik yordamini berish maqsadida bir kunlik ish haqini o’tkazishni taklif etdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab kasaba uyushmasi rahbari so’zga chiqdi, o’qituvchilarga mamalakatimizdagi hozirgi holat yuzasidan o’z fikrlarini aytib o’tdi.
Yuqoridagi taklif va mulohazalardan kelib chiqib yig’ilish:
Qaror qiladi:
1.27-umumta’lim maktabi o’qituvchilarni hayriya uchun yozgan arizalari inobatga olinsin.
2. 27-umumta’lim maktabi hisobchisi o’qiyuvchilar arizasiga asosan bir kunlik ish haqi belgilangan tartibda amalga oshrish vazifasi qo’yilsin.
3. 27-umumta’lim maktabi “ Kasaba uyushmasi rahbari N.Isayev hayriya tadbirini bajarilishini nazoratga olinsin.
Kasaba uyushmasi raisi: N.Isayev
Kotibi: Sh.Rustamova
Do'stlaringiz bilan baham: |