PSIXO LO G IYA N IN G M USTAQ IL FAN SIFATIDA SH AK LLANISHIGA
ZAM IN H OZIRLANISH I
XVII asr psixologlar k o 'z o'ngid a psixikaga bo'lgan qarashlaming tubdan
o'zgarishi davri sifatida namoyon bo'ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi
davrini “fanlar malikasi” bo'lib hisoblangan mexanika fani ta ’sirida paydo bo'lgan
konsepsiyalar ochib berdi.
XVII
asrga oid psixologik fikrlaming o'ziga xos tomonlari ochiq namoyon
bo'ldi:
a) tushuntirish uchun hech qanday ruhga muxtoj bo'lmagan tana-mexanik
tizim
haqidagi ta ’limot;
b) ichki kuzatish orqali o 'z psixik holati haqida hamma narsani bilish mumkin
bo'lg an individning ongi haqidagi ta’limot;
d) inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yo'naltiruvchi yoki zararli
narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar (affektlar) haqidagi ta’limot;
e) fiziologik va psixologik tomonlar o'rtasidagi munosabati haqidagi ta ’limot.
Bu t a ’limotlaming asosida fanning ulug' zahmatkashlari Rene Dekart (1598-1660),
Benedikt Spinoza (1632-1677), Tomas Gobbs (1588-1679), Djon Lokk (1632-1704),
Gotfrid Leybnits (1646-1716) kabilar turar edi.
Fransuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi
Dekartning ismi bilan
psixologiya tarixidagi g'oyat muhim bosqich boshlanadi. Aynan, u o'zining ong
haqidagi ta ’limoti bilan Aristotelning ruh haqidagi ta ’limotidan psixika to'g'risidagi
tushunchalaming ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik
ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan o'sha kunlargacha ruh bilan
boshqariluvchi bo'lib hisoblangan tirik tanani uning ta ’siridan “xolos etdi” . SHu
davrda Garve tomonidan
qon aylanishining kashf qilinishi “organizm mexanik
mashina” degan fikmi rivojlantirdi. Unda yurak qon o'tkazuvchi nasos bo'lib
hisoblanadi va bu jarayonda ruhning hech qanday funksiyasi yo'q, deb ta’lim berildi.
Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, yerdagi hayot tashqarisidan energiya oluvchi
maxsus
agent ruh bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab,
tana mexanika qonunlariga asosan tuzilgan avto tizimdir, undagi organlarning
ishlashi ham tananing faoliyati ham, boshqa tanalar bilan aloqasi ham, ruhga muhtoj
emas, deb takidlandi. Lekin, bu bilan ruh “ ishsiz” bo'lib qoldimi? Yo'q, Dekart ruhni
hech narsaga bog'liq bo'lmagan oliy substansiyagacha ko'tardi. “ Ruh ongning
uzluksiz bo'lmagan hodisalari-fikrlaridan iborat” deb aytdi olim. Ruhning birdan bir
asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan to'xtash ruhning yo 'q bo'lishiga olib
keladi, deb hisoblaydi. Dekartning tana va ruh substansiyalarini o'zaro taqqoslashi
shunga olib keladiki, Dekart tana o 'z tabiatiga bo'linuvchi, ruh esa bo'linmas,
shuning uchun u turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning m a ’nosi
shuki, tana va ruh mustaqil substansiyalardir. Ularning har qaysisi mavjud bo'lishi
uchun o'zidan boshqa hech narsaga muhtoj emas. “ Ruh butunlay mening tanamdan
butunlay ayru bo'lib, u tanamsiz ham mavjud bo'la oladi” . “ Bizdagi issiqlik va
harakat fikrga bog'liq bo'lmagani uchun ular faqat tanamizga tegishlidir” deb yozadi
Dekart.
45