O ngning ikkinchi t a ’rifi unda sub’yekt bilan ob ’yekt o ‘rtasida aniq
farqlanishning o ‘z ifodasini topishi, y a ’ni odam “ men” degan tushunchaga nima
tegishli ekanini aniq bilishi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo‘lib, unda
ajralib chiqqan va o'zini atrof-muhitiga qarama-qarshi q o ‘ygan inson o ‘z ongida
ushbu qarama qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning
o'zigina o'zini bilishga, y a ’ni psixik faoliyatini o'zini tadqiq etishga yo'naltirishga
qodirdir. Inson o 'z hatti-harakatlarini va umuman o'zini-o'zi ongli ravishda
baholaydi. “ M en”ning “ men emas”dan ajratishi har bir inson bolaligida boshdan
kechiradigan yo'I bo'lib, uning o'z-o'zini anglash jarayonida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |