101
Ular rangning bo‘lishi ta’lab qilinmaydigan va olingan
natijaning unumdorligiga va sifatiga nisbatan talab yuqori
bo‘lgan, masalan,
mu rakkab texnik dizayn, arxitektura, karto-
grafiyaga o‘xshash sohalarning barida qo‘llaniladi.
Lazerli LED-plotterlarga misol qilib, Callomp Solus4-AO,
JDL 4000Eni keltirishimiz mumkin.
Funksional ko‘rsatgichlarni (tezligi, ishlash qulayligi, avto-
nomlik va h.k.) yaxshilash uchun plotter o‘zida joylashtirilgan
xotiraga ega. Bu xotirada tasvir yaratilish
jarayonida plotter
protsessori tomonidan ishlov beriladigan grafik axborot saqlanadi.
Standart bufer – bu standart konfiguratsiyadagi plotterning
tezkor xotirasi. Katta formatli plotterlarning zamonaviy
modellarida (memory capacity, standard buffer size) 1 Mbaytdan
katta hajmga ega bo‘lgan standart bufer (memory) mavjud.
Ayrim modellarida buferni kengaytirish uchun (memory upgrade,
optional buffer) 64 Mbayt gacha qo‘shimcha xotira bloklarini
o‘rnatish imkoniyati mavjud. Bir necha kanallardan axborot
qabul qiluvchi, katta tezlikda ishlovchi plotterlarda qo‘shimcha
diskli (disk) xotira, ya’ni o‘zida
joylashtirilgan qattiq disk
bo‘lishi kerak. Bu diskda grafik axborot saqlanadi.
Peroli plotterlarning xotira hajmini faqat uning chizma fayl
yuklatilganidan keyin off-line ish tartibida (avtonom) ishlay olish
qobiliyati belgilaydi. Rastrli plotterlar uchun bu o‘ta muhim
ko‘rsatkich sanaladi, chunki plotter tomonidan ta’minlanuvchi
tasvirning formatini va aniqligini belgilaydi.
Plotterning kompyuterga ulanishi, odatda, ketma-ket (COM)
port, parallel (LPT) port yoki SCSI-interfeys orqali amalga
oshiriladi. Plotterlarning ba’zi modellari o‘zida joylashtirilgan
bufer (1 Mbayt va undan ortiq) bilan jihozlangan bo‘ladi.
Hozirgi paytda planshetli tasvir-quruvchilar uchun standart
bo‘lib,
HewlettPackard firmasi qurilmalari sanaladi. Bundan
tashqari HPGL (HewlettPackard Graphics Language) grafik
102
til sanoatda qo‘llaniladigan standart bo‘lib qolgan. Roland
firmasining DXY plotterlari ham yaxshi modellar hisoblanadi.
Qolaversa bularning hammasi HP va HP-GL bilan moslashuvchi
ekanligidan tashqari, ushbu modellar xususiy DXYGL grafik
tilidan foydalanadi.
Plotterlarda maxsus (masalan, elektrostatik) texnologiyalar
singari, printerlar bo‘yicha bizga ma’lum bo‘lgan (termo-,
lazerli, LED, oqimli) texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bugungi
kunda oqimli qurilmalar keng tarqalmoqda. Masalan, plotterlar
DesignJet oilasining Hewlett-Packard plotterlari A0 va A1
formatda, peroli plotterlarga nisbatan 4–5 barobar tezroq
ishlaydi. Bunda ikkita oqimli siyohli kartridjdan foydalanib,
oqimli printer 300 dpi ruxsat berishdan past ishlamaydi va
ikkita ish tartibiga ega: toza va eskizli. Eskizli (qora) ish
tartibida algoritm, siyohning sarflanishini qariyb ikki barobarga
qisqartiradi. Odatda, oqimli plotterlar Epson 1050
va IBM
ProPrinter XL24E kabi mashhur printerlari kabi ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: