N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/143
Sana23.07.2022
Hajmi8,13 Mb.
#844387
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

BIoS. 
Basic Input/Output System –
 
kiritish chiqarishning 
aso siy tizimi. Bu kompyuterning diskka murojaat qilmasdan 
foydalana 
digan, apparatli joylashtirilgan dasturiy ta’minotidir. 
BIOS mikro 
sxemasida klaviaturani, videokartani, disklarni
portlarni va boshqa komponentlarni boshqarish uchun zarur 
bo‘lgan dasturiy kod saqlanadi.
Odatda, BIOS kompyuterning tizimli platasiga joylashtirilgan 
ROM BIOS 
deb ataluvchi doimiy xotira qurilmasi (DXQ) 
(ROM, Read-Only Memory) mikrosxemasiga o‘rnatiladi. 
Bunday texnologiya tizimli plataga nisbatan tashqi qurilma 
hisoblangan komponentlarning ishlash xususiyatidan qat’iy 
nazar BIOSdan doimiy foydalanishni ta’minlash imkonini beradi 
(masalan, yuklovchi disklar).
Kompyuter tizimini bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir 
nechta apparat va dasturiy vositalarning qatlami ko‘rinishida 
ifoda qilish mumkin. Asosan to‘rtta qatlam mavjud bo‘lib, 
ularning har birini nimbosqichlarga ajratish mumkin (9.1-rasm).
9.1-rasmda apparat ta’minoti bilan operatsion tizimning 
ilovalar orasidagi interfeys sifatida BIOSdan f oydalangan ikkita
«A» tizimning 
apparat ta’minoti
«B» tizimning 
apparat ta’minoti
«A» tizim ROM BIOS 
qurilmalar drayveri
«B» tizim ROM BIOS 
qurilmalar drayveri
Operatsion
tizim
Operatsion 
tizim
Ilova
Ilova
Nostandart 
interfeys
Standart 
interfeys
Standart 
interfeys 
(AРГ)
9.1-rasm. 
ShK-moslashgan tizimning qatlamlarga shartli bo‘linishi.


153
har xil kompyuterlar tasvirlangan. Bu kompyuterlarda bir 
xil dasturiy ta’mi 
notni ishga tushirish imkoni bo‘lgan har 
xil qurilmalarni (protsessor, qattiq disk, monitor va boshqa) 
o‘rnatish mumkin. Operatsion tizim va ilovalarning o‘zaro 
aloqasi mos bo‘lgan API (Application Programming Interface) 
yordamida amalga oshiriladi.
Ilovalar apparat ta’minotiga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, 
uning hamma so‘rovlariga operatsion tizim ishlov beradi.
Operatsion tizim bevosita BIOS orqali apparat ta’minotiga 
murojaat qiladi. Bu aloqa qurilmalarning drayverlari ko‘rinishida 
amalga oshiriladi.
Tizimli BIOS apparat ta’minotiga bog‘liq bo‘lmagan holda, 
operatsion tizim uchun o‘zgarmay qoladi, operatsion tizim esa 
turli xil kompyuterlarda ishlashi mumkin.
Masalan, agar Windows XP operatsion tizimini har xil 
protsessorli, qattiq diskli, videoadapterli kompyuterga o‘rnatilsa, 
uning ishlash tamoyili o‘zgarmaydi, chunki drayver apparat 
komponentlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining asosiy 
funksiyalarini bajaradi. 9.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ilovalar 
va operatsion tizim ko‘p kompyuterlarda aynan bir xil, BIOS 
esa aniq apparat komponentlari bilan ishlashga «moslashadi» va 
o‘rnatilgan qurilmalardan mustaqil holda operatsion tizim uchun 
standart interfeysni ta’minlaydi.

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish