Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli panelining mavjudligi. Tizim platasining orqa tarafida kengligi
6,25 va balandligi 1,75 dyuym bo‘lgan kiritish-chiqarish razyomi
joylashgan soha mavjuddir. Bu soha tashqi razyomlarni bevosita
plataning o‘zida joylashtirish imkonini beradi va ichki razyom-
lar bilan g‘ilofning orqa panelini bog‘lab turuvchi kabellarga
bo‘lgan zaruratdan holi qiladi.
Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomin- ing mavjudligi. ATX spetsifikatsiyasi tarkibida elektr ta’minot
manba yining osonlik bilan o‘rnatiladigan va noto‘g‘ri o‘rnatish
mumkin bo‘lmagan bir kalitli razyomi mavjuddir. Bu razyom
tizim platasiga 3,3 V kuchlanishni yetkazib beruvchi kontakt-
larga ega. ATX spetsifikatsiyasiga yordamchi quvvat (3,3 va 5V)
razyomlari nomini olgan ikkita qo‘shimcha ta’minot razyomi va
elektr energiyani noyob spetsifikatsiyaga qaraganda katta miq-
dorda iste’mol qiladigan tizimlarda qo‘llaniladigan ATX12V
razyomi kiritilgan.