Turli xil qo‘shimcha platalarni ulash uchun mo‘ljallangan razyom – eng katta o‘lchamga ega va IDE ga juda o‘xshaydi.
Tovush kartasiga ulangan qo‘shimcha platalar uning imkoniyatini
kengaytiradi. Undan tovush bilan ishlovchi mutaxasislar
foydalanadilar.
Ba’zi tovush kartalari joyni tejash uchun tashqi panelida
tashqi qurilmaning birdaniga bir nechta razyomlari (S/PDIF,
Line-in/out va MIDI) ulanishi mumkin bo‘lgan bitta maxsus
razyom qismiga ega.
Tovush adapterining ichki komponentlari O‘zgartirgichlar – ular barcha stereo kanallarda mavjud
bo‘lib, analogli-raqamli (ARO‘) va raqamli-analogli (RAO‘)
o‘zgartirgichlar deb ataladi. ARO‘ chiziqli kirish yoki mikrofondan
kelayotgan analog signalga ishlov berib, uni raqamli signalga
aylantiradi. RAO‘ raqamli signalni analog signalga o‘zgartirib,
uni chiziqli chiqishga uzatadi. Hosil qilingan tovushning sifati
o‘zgartirgichning bitli chuqurligiga bog‘liq.