N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Qattiq diskdagi jamlagichlar. 
Kompyuter uchun qattiq disk ham 
kerak bo‘ladi. Yaxshi jihozlangan kompyuterlarda qattiq disk hajmi 80 
Gbayt va undan ortig‘ini tashqil etishi kerak. SATA (IDE) interfeysi 
keng tarqalgan sanaladi. Bir yoki ikkita qattiq diskni o‘rnatish lozim 
bo‘lganda, aynan shu interfeysni tanlash tavsiya etiladi, chunki u 
nisbatan yuqori unumdorlikni ta’minlab beradi. Ikkitadan ortiq qattiq 
disklar yoki ko‘p masalali operatsion tizimlar (Windows 95/98/Me/
NT/2000/XP) bilan ishlashda SCSI interfeysidan foydalanish maqsad-
ga muvofiq bo‘ladi. SCSI inter feysli qurilmalar bilan kiritish-chiqa-
rish operatsiyalarini bajarish bo‘yicha protsessor ishining bir qismini 
o‘z ustiga oladi. Bu usul ko‘plab foydalanuvchilarni quvvatlovchi 
va murakkab faylli so‘rovlarga ishlov beruvchi Windows NT/2000 
operatsion tizim larini server sifatida qo‘llashda ayniqsa muhim. SCSI 
interfeysi ATA ga nisbatan universal hisoblanadi, chunki u skanerlar, 
magnit tasmali jamlagichlar, optik disk yurituvchilar, qattiq disklar va 
almashinuvchi tashuvchilardagi jamlagichlar kabi 7 ta dan 15 tagacha 
turli qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Ayrim tizimli platalarda ikkita bir xil IDE qattiq diskni ulab 
(masalan, 2 ta 80 Gbayt hajmli) bitta 160 Gbayt hajmli diskdek 
foydalanish imkoniyatini beruvchi RAID bilan moslasha oladigan 


170
ATA interfeysi qo‘llaniladi. Ko‘pincha zamonaviy tizimli platalar 
Serial ATA (SATA) interfeysini qo‘llaydi, va ularning ba’zilari RAID 
massivlari bilan ham moslashgan. SATA interfeyslari ATA ga nisbatan 
ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishiga qaramay, amalda SATA 
jamlagichlarining unumdorligi ATA jamlagichlari bilan bir xil. Shunga 
qaramay, SATA jamlagichlarini tanlash – optimal qarordir (agar tizimli 
plata mos bo‘lgan interfeysni qo‘llasa). Bu, ma’lumotlar kabelining 
o‘lchamini kamaytirish va kelajakda SATA jamlagichlarining unum-
dorligini oshirish bilan bog‘liq.
Deyarli barcha tizimlarda USB 2.0 portlari mavjud. Bundan 
tashqari ko‘pgina kompyuterlarda tizimli plata yoki RSI plata 
ichiga joylashtirilgan IEEE – 1394a (FireWire 400) portlari ham 
bor. FireWire 400 yoki USB 2.0 interfeysli jamlagichlarning 
unumdorlik darajasi ATA disk yurituvchilari bilan bir xil. Lekin 
yuqorida keltirilgan qattiq disklarning ikki tipini qo‘shimcha xotira 
qurilmalari sifatida yoki asosiy qattiq diskning zaxirali nusxasini 
yaratish uchun qo‘llash ma’qul. Mashhur kompaniyalar ishlab chi-
qargan qattiq diskdagi jamlagichlari deyarli bir xil unumdorlikka ega 
va narxi hamda sifati bo‘yicha unchalik katta farq qilmaydi. Aniq 
bir ishlab chiqaruvchilarning turli ATA va SCSI qattiq disklarining 
imkoniyatlari va tavsiflari sezilarli darajada o‘xshash. Bu qattiq 
disklarning bir tipli ishlab chiqaruvchi tomonidan birdaniga ikki inter-
feys uchun mo‘ljallanganligi bilan bog‘liq. Masalan, mantiqiy sxema-
ga qo‘shilgan, qo‘shimcha interfeysli SCSI mikrosxemali ATA qattiq 
diski ancha yuqori narxdagi SCSI interfeysli qattiq diskka aylanadi.
Zamonaviy tizimlarda SATA ketma-ketli interfeys ishlatiladi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish