N husanov m. Husanova r. Xo‘jaqulova


-topshiriq. Maqolani o‘qing. Ushbu maqoladagi iqtisodiy terminlarni ajratib yozing va qo‘llanilishiga ahamiyat bering



Download 1,03 Mb.
bet30/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#1107
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
3-topshiriq. Maqolani o‘qing. Ushbu maqoladagi iqtisodiy terminlarni ajratib yozing va qo‘llanilishiga ahamiyat bering.
Zamona ruhiga mos risola
O‘zbekiston mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lini tanladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi beqiyos bo‘lib, u pul muomalasi, bank-moliya, soliq tizimi, valuta munosabatlari va investitsiya sohasidagi islohotlarning o‘tkazilishi, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xususiy sektorning rolini va mavqeini oshirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida tarkibiy, ma’muriy islohotlarni o‘tkazish, ijtimoiy sohani rivojlan-tirish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida e’tiborga molik ishlar olib borishga yo‘l ochib berdi.
Mamlakatda milliy valuta va pul muomalasini barqarorlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, investitsiya va investitsiyaviy jarayonlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, soliq tizimini erkinlashtirish bo‘yicha bir qator qonunlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va shu yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda.
Yurtboshimiz Islom Karimovning «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan yaqinda O‘zbekistonda ximat ko‘rsatgan iqtisodchi, Respublika Markaziy banki Raisi Fayzulla Mullajonov tahriri ostida chop etilgan «Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida»gi yangi kitobda ham bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat rivojlanishining o‘ziga xos o‘zbek modelini joriy qilishda bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiyalarning roli, iqtisodiyotni yuksaltirish va moliyaviy barqarorlikka erishishning nazariy va amaliy jihatlari to‘g‘risidagi g‘oyalar, fikr va mulohazalar hamda amaliy yondashuvlar bayon qilingan. Mazkur asarning ahamiyali tomoni shundaki, unda O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlarini rivojlantira borib, xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallashi bilan bog‘liq muhim va dolzarb masalalar bayon qilingan hamda ular bo‘yicha teran yechimlar ifodalangan. Kitob bilan tanishar ekansiz, mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bitilgan tarixiy sahifalarning shohidi bo‘lasiz. Unda iqtisodiyotning poydevori bo‘lgan milliy valutani muomalaga kiritish va uning barqarorligini ta’minlash sohasidagi tadbirlarga alohida ustuvorlik berilgan.
Tarixdan ma’lumki, har bir mustaqil davlat o‘zining milliy valutasiga, mustaqil pul-kredit, bank va valuta tizimiga hamda siyosatiga ega bo‘ladi. Mustaqilligimizning ilk yillaridayoq Prezidentimiz mustaqil davlatimiz o‘z milliy valutasiga ega bo‘lishi va uni baquvvat, dunyoda obro‘li valutaga aylantirish lozimligi, so‘mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa ekanligini ta’kidlagan edi. Milliy valutaning mustaqillik ramzi sifatida muomalaga kiritilishi O‘zbekiston iqtisodiyotining mustaqilligidan dalolat beruvchi dastaklaridan biri bo‘ldi. Mamlakatda bank tizimini shakllantirish, banklar faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish orqali, faoliyatini xalqaro bank amaliyotiga yaqinlashtira olish masalalariga katta e’tibor berildi va natijada O‘zbekiston qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi, mamlakatimizda chet el sarmoyalari ishtirokida qo‘shma banklar ochildi va taniqli xorijiy banklarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Kitobda soliq va budjet tizimini bozor talablariga moslashtirish, soliq va bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, soliq yukini kamaytirish, ayniqsa, kichik biznes va tadbirkorlik sohasidagi soliqlarni erkinlashtirish, subyektlarning erkin ishlashi uchun sharoitlar yaratish, kredit olish jarayonlarini soddalashtirish, soliq va kredit siyosatida mavjud bo‘lgan byurokratik qarashlarga chek qo‘yish, inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish, mamlakatning valuta zaxiralarini ko‘paytirish, iqtisodiyotga ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash orqali mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, bank-moliya tizimini xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish sohasidagi dolzarb masalalar ilg‘or fikrlar orqali ifodalangan.
Mazkur kitob nafaqat moliya-soliq, pul-kredit, valuta, investitsiya va moliyaviy barqarorlik bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar, balki mamlakatimizning mustaqilligi va istiqloli, taraqqiyoti va xalqimiz bunyodkorligi, buyuk kelajagimizga komil ishonchimiz va buyuk maqsadlarimiz hamda ulkan imkoniyatlarimiz, sajdagoh kabi muqaddas Vatanimizga sadoqat va muhabbat, uning har bir qarich yerini, ajdodlarimizga asrlar davomida orzu bo‘lgan mustaqilligimizni, milliy meros va milliy qadriyatlarimizni asrash va avaylash hamda ular bilan bog‘liq ilg‘or g‘oyalarga suyanish, Vatanimizning salohiyati va obro‘yini yanada oshirish ruhida sug‘orilgan milliy g‘oya va milliy mafkuramiz ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Shuningdek, kitobda mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirishda O‘zbekistonning o‘ziga xos yo‘li, uning boshqa davlatlar bilan teng huquqli va to‘laqonli hamkor sifatida faoliyat olib borishining asosiy jihatlari ham o‘z ifodasini topgan. Kitob bilan tanishar ekansiz, mustaqil O‘zbekistonning o‘z milliy valutasi, mustaqil bank-moliya, soliq va valuta tizimiga ega bo‘lishi va ularni rivojlantirish, isloh qilish hamda erkinlashtirish jarayonlarini tashkil qilishda Prezidentimiz tashabbuskorligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Asarda O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat, ulkan imkoniyatlar mamlakati va uning yo‘li jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, bunyodkorlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘li ekanligi, yangicha fikrlash va ishlash orqali biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘zimiz qurishimiz, Vatanimiz ravnaqi uchun har birimiz mas’ul ekanligimiz, uning xavfsizligi va tinchligi, demokratik taraqqiyoti uchun kurashishda hamjihatligimiz va birlashishimiz o‘zbek xalqining hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmasligining asosi ekanligi to‘g‘risidagi teran xulosalar har bir o‘quvchining diqqatini o‘ziga tortadi.
Bank, moliya, kredit, pul muomalasi, investitsiya va soliq sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, ularni bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda isloh qilish va erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida mujassamlashtirgan mazkur risola nafaqat oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun, balki mazkur mutaxassislar, olimlar, bozor munosabatlarining borishi bilan qiziquvchilar uchun ham juda qimmatli hamda iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega ekaniga shubha yo‘q.
Shuningdek, ushbu risola bank, moliya va iqtisodiyot sohasida qalam tebratayotgan yosh, izlanuvchan iqtisodchilar uchun ham foydali bo‘ladi, albatta.
« Bozor, pul va kredit » jurnali, 2005 y. 10 oktabr 101-son)

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish