Passiv elementlar
Shunga o’xshash, zanjirning manbalarini aktiv elementlar, qolganlarini esa passiv elementlar deb ataymiz.
Elektr zanjirining manbalari ikki turga (4.3-rasm) bo’linadi: kuchlanish va tok manbalari. Manbalar tok va kuchlanishining tashqi ta’sir natijasida o’zgarishiga ko’ra, ularni mustaqil va nomustaqil manbalarga ajratiladi. Manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori manbaning yukidagi tok (kuchlanish) qiymatiga bog’liq bo’lmasa mustaqil kuchlanish (tok) manbasi deyiladi. 4.3-rasmda mustaqil kuchlanish manbasining tashqi tavsif (a) va (b) ko’rsatilgan. 4.4-rasmda mustaqil tok manbasining tashqi tavsifi (a) va sxemada belgilanishi (b) ko’rsatilgan. Bunday manbalar quyida keltirilgan real manbalarni ideallashtirish bilan hosil qilinadi. Aksincha, manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori oqayotgan tok (kuchlanish) qiymatiga bog’liq bo’lsa, ya’ni kuchlanish manbasining yuklanish toki o’zgarganda uning kuchlanishi ham o’zgarsa, yoki tok manbasi zanjiridagi kuchlanish o’zgarishi natijasida uning toki ham o’zgarsa, ularni nomustaqil kuchlanish (tok) manbalari deyiladi. Real manbalarda aynan shunday bo’ladi va ularning tashqi tavsiflari pasayuvchan (4.3 va 4.4-rasmlarda punktir chiziq) bo’ladi.
Manbalar boshqarilmas va boshqariluvchi guruhlarga ajratiladi. Boshqariluvchi tok va kuchlanish manbalarining har biri ularning kirish qismiga keltirilgan tok va kuchlanish bilan boshqarilishi mumkin. Ular uchun sxemalarda quyidagi belgilanishlar qabul qilingan:
K uchlanish bilan boshqariluvchi kuchlanish manbasi KBKM, ya’ni kirish qismida UBosh boshqaruvchi kuchlanish, chiqishidagi kuchlanish esa unga bog’liq
4.5-rasm chiziqli KBKM nochiziqli KBKM
u(UBosh) bo’lgan kuchlanish manbasi. Bunda bog’liqlik proportsional bo’lsa chiziqli va, aksincha, nochiziqli bo’lishi mumkin;
b) Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish manbasi TBKM, ya’ni kirish qismida iBosh boshqaruvchi tok, chiqishidagi kuchlanish esa unga bog’liq u(iBosh) bo’lgan kuchlanish manbasi. Bunda bog’liqlik proportsional bo’lsa chiziqli va, aksincha, nochiziqli bo’lishi mumkin;
4.6-rasm chiziqli KBTM nochiziqli KBTM
v) Kuchlanish bilan boshqariluvchi tok manbasi KBKT, ya’ni kirish qismida UBosh boshqaruvchi kuchlanish, chiqishidagi tok esa unga bog’liq i(UBosh) bo’lgan tok manbasi. Bunda bog’liqlik proportsional bo’lsa chiziqli va, aksincha, nochiziqli bo’lishi mumkin;
4.7-rasm chiziqli KBTM nochiziqli KBTM
g) Tok bilan boshqariluvchi tok manbasi TBKM, ya’ni kirish qismida iBosh boshqaruvchi tok, chiqishidagi tok esa unga bog’liq i(iBosh) bo’lgan tok manbasi. Bunda bog’liqlik proportsional bo’lsa chiziqli va, aksincha, nochiziqli bo’lishi mumkin.
4.8-rasm chiziqli TBTM nochiziqli TBTM
4.9-rasm Rezistorlar
Zanjirning passiv elementlari qatoriga rezistorlar, kondensatorlar va induktivliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |