KURS ISHI REJASINI TUZISH
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan, maqsad va vazifalar
belgilangan kirish qismidan, tuzilgan rejani to‘la, nazariy va amaliy masalalar
yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan
iborat ishdir.
Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibi mavzuning mohiyatidan kelib
chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan muammoni har tomonlama aks ettirishi
muhimdir.
Rejadagi har bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni yoritishda esa
korxona, firma, tashkilot va muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog‘langan
bo‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida 2-ilovada
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |