KURS ISHI MATNINI YOZISH
Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va mas’uliyatli
bosqich hisoblanadi.
10
Kirish qism – bu kurs ishining boshlang‘ich qismi bo‘lib, ishning asosiy
ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi,
izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish ob’ekti, predmeti hamda mavzuning
ahamiyati va mohiyati bo‘yicha to‘xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun
asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish, barcha ilmiy ishlarda majburiy hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi muallifning ilmiy salohiyati va professional tayyorgarligi, bu
mavzuning ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy
muhimligini baholay olishda ko‘rinadi. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar
yozilmasligi, asosiy omillar to‘liq bir betda ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda albatta O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asarlaridan, ma’ruzalaridan, Davlat dasturlaridan va
yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga tegishli bo‘lgan iqtiboslar keltirish
lozim.
Dolzarbligi ochib berilgandan so‘ng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib,
ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) hal qilib olish
lozim.
Bular, odatda, quyidacha ifodalanadi:
o‘rganish;
ochish (yoritish);
tasvirlash;
belgilash;
aniqlash;
uslubiy ishlab chiqish;
tayyorlash.
Ko‘rsatilgan bu vazifalarni chuqurroq tahlil qilib yozish kerak. Tadqiqotning
ob’ekti va predmeti muhim elementi ekanligini kirish qismida ifodalaydi.
Tadqiqot ob’ektini aniqlaydigan bo‘lsak, tadqiqot ob’ektini har bir kurs ishi
mavzusining o‘zidan kelib chiqadi. Masalan, “Brend samaradorligi va uni tahlil
qilish” mavzusi bo‘yicha kurs ishi ob’ekti “Marketing faoliyati natijalari va ularni
aniqlash” yoki “Korxonalar brend tadqiqotlari natijalari”, predmeti esa “Brendni
samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilish jarayoni”dir.
Shuningdek, kirish qismida tadqiqotning uslubiy ko‘rsatmasi muhim
elementlardan biri bo‘lib, u amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy
maqsadini ochib berishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo‘yicha olib
borgan ishlarini ko‘rsatish kerak. Kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish
tavsiya etiladi (3-ilova).
Kirish qismidan so‘ng, asosiy qism keladi. U bir nechta savoldan iborat bo‘lib,
bunda ushbu mavzuning asosiy mohiyati batafsil ochib beriladi.
Asosiy qismda ishning mohiyati, roli, brend samaradorligi tushunchasi va
uning ahamiyati, brend samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibi va uning
iqtisodiy mazmuni, korxonalarda
marketing faoliyati natijalari
tahlil qilinadi. Bunda
11
mavzu bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish
yo‘llari izlab topiladi.
Kurs ishining har bir bo‘limi mos ravishda asoslar, qarorlar va xulosalar bilan
yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa
mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari,
albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish
mumkin.
Birinchi savolda mavzuning nazariy jihatlari, mazmuni, mohiyati, ahamiyati
yoritiladi. Bunda turli iqtisodiy maktablar vakillari bo‘lgan iqtisodchi olimlar
asarlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy
maqolalardan foydalanilishi, mavzuga oid asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida
keltirilgan nazariy fikrlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek,
marketing faoliyati va uning samaradorligi to‘g‘risida tushunchalar, marketing
faoliyati samaradorligining mohiyati va uning roli ochib beriladi. Ushbu savolni ko‘pi
bilan 6-8 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi savolda brend atributlari, ularni tahlil qilish yo‘llari atroflicha yoritib
beriladi. Bunda marketing faoliyati samaradorligiga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Har bir ko‘rsatkichning ahamiyati va tahlil qilish yo‘llari sharhlab beriladi. Ushbu
savolni ko‘pi bilan 5-6 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Uchinchi savolda aniq bir korxonaning brend faoliyati o‘rganiladi. Brend
faoliyati ko‘rsatkichlari sharhlab beriladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 5-6 varaq
hajmda yozish tavsiya etiladi.
To‘rtinchi savolda mavzuga oid amaliyot holati tahlilini amalga oshirish va
tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalar shakllantirishdan iborat. Bunda
jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklidagi amaliyot ma’lumotlaridan keng
foydalanish, ularni batafsil tahlil etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy
nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga, hukumat idoralarining rasmiy internet
saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga va korxonaning ikkilamchi ma’lumotlariga
asoslanish tavsiya etiladi. Har bir jadval, diagramma va rasmlarning manbalari aniq
ko‘rsatilishi talab etiladi. Ya’ni korxonaning brend ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq
ma’lumotlar (3-4 yillik ma’lumotlar) asosida tahlili va ushbu tahlil natijasida olingan
mavjud muammolar hamda xulosalar ko‘rsatiladi. Ushbu savolni ko‘pi bilan 8-10
varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Beshinchi savolda mavzuga oid asarlarda tadqiq etilayotgan mavzuni
takomillashtirish va rivojlantirish borasidagi fikrlarni umumlashtirgan holda ularga
nisbatan talabaning mustaqil munosabatini bildirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni
bayon etish va ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar
kiritish talab etiladi. Ushbu savolga javobni ko‘pi bilan 5-6 varaq hajmda yozish
tavsiya etiladi (4-ilova).
Nazariy tomondan o‘rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so‘ng kurs
ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lay olishi kerak.
Ish bo‘yicha berilayotgan takliflar asosli bo‘lishi va takliflar aniq, lo‘nda va
tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
12
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan sitatalar
va mualliflarning qarashlari qo‘shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga
umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar
ko‘rsatib o‘tiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi,
ro‘yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar,
qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, aftoreferatlar, jurnallar, gazetalar va hokazolar
kiritiladi.
Amaldagi “Hujjatlarni biblografik ro‘yxatga olish” davlat standartiga muvofiq
kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar keltiriladi:
kitob, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar uchun muallif (lar)ning
familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi (shahar),
nashriyot nomi, nashr yili, betlari;
to‘plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar)ning familiyasi, ismi va
otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, to‘plamning nomi, nashr joyi (shahar),
nashr yili, betlar to‘plamdagi maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan
ajratiladi.
Jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi
yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro‘yxatidan alfavit bo‘yicha
joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan bo‘lsa, muallif va
ishning nomi keyin WEB sayti ko‘rsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va
mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday hollarda matnda ushbu
adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo‘llaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, hukumat qarorlari va me’yoriy
hujjatlardan aynan ko‘chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.
Satr osti izohlari sahifa so‘ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma-
ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi (5-ilova).
Kurs ishini yozishda talaba avvalo rahbarning ko‘rsatma va maslahatlariga
rioya etishi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |