N. B. Yahyoxonov h. I. Allayorov



Download 494,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana25.01.2022
Hajmi494,54 Kb.
#410586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Brendni boshqarish kurs ishi bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma 2020

 

UMUMIY QOIDALAR 

 

“Brendni  boshqarish”  fanidan  kurs  ishi  5230400-“Marketing  (tarmoq  va 



sohalar)”  ta’lim  yo‘nalishining  o‘quv  rejasiga  muvofiq  III  semestrida  “Brendni 

boshqarish”  fanini  o‘zlashtirish  bilan  birgalikda  bajariladi.  5230400-“Marketing 

(tarmoq va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari “Brendni boshqarish” fanidan kurs 

ishi  bajarishiga  qadar  “Iqtisodiyot  nazariyasi”,  fanidan  kurs  ishi  bajarib,  himoya 

qilishgan bo‘ladi.  Lekin ushbu “Brendni boshqarish” fanidan bajariladigan kurs ishi 

o‘zining  maqsadi  va  vazifalariga  muvofiq  boshqa  fanlardan  bajariladigan  kurs 

ishlaridan  farq  qiladi.  Bu  kurs  ishini  bajarish  vaqtida  talabalar  tanlagan  mavzusini 

amaliy  faoliyat  bilan  bog‘lashadi  va  tanlagan  mavzulari  kelajakda  ilmiy  tadqiqot 

mavzulariga aylanishini nazarda tutadi.  

 

Bugungi  shiddatli  iqtisodiy  o‘zgarishlar  davrida  zamonaviy  marketing 



mutaxassislari  keng  qamrovli  bilimlarga  ega  bo‘lishi,  nazariy  bilimlarni  amaliy 

vazifalar  bilan  bog‘lay  olishi  lozim.  Bu  maqsadga  erishish  talabadan  o‘z  ustida 

tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun 

mazkur fandan kurs ishini bajarish talab etiladi. 

 

Kurs  ishida  talabaning  oliy  o‘quv  yurtida  tahsil  olishi  davomida  to‘plagan 



nazariy  va  amaliy  bilimlari  yuzaga  chiqadi,  talabaning  nazariy  bilimlar  bilan 


 

qurollanish  darajasi,  malaka  va  ko‘nikmasi  ilmiy-ishlab  chiqarish  vazifalarini 



yechishga qay darajada qo‘llay olishi orqali namoyon bo‘ladi. 

 “Brendni  boshqarish”  fanidan  bajariladigan  kurs  ishi  albatta  nazariy  bilimlar 

amaliy  faoliyat  bilan  bog‘langan  holda  bajariladi.  Bunda  talabalar  o‘zlari  tanlagan 

mavzuga  imkoniyat  doirasida  qo’shimcha  tadqiqot  ob’ekti  ham  tanlashlari  mumkin. 

Bu  ham  muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Kurs  ishining  sifat  mezonlarini 

belgilab  beradigan  jihatlardan  eng  muhimi  tanlangan  mavzu  bo‘yicha  tadqiqot 

ob’ektini o‘rganish va tadqiqot ob’ekti faoliyatida marketingning muhim jihatlarining 

holati, kamchiliklar, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, takliflar berish asosiy 

masala hisoblanadi. 

Kurs  ishi  mavzusining  ob’ekti  –  bu  tanlangan  mavzuning  o’zi  hisoblanadi. 

Mavzu atroflicha ilmiy adabiyotlar sharhi asosida o’rganiladi. Kurs ishi mavzusining 

qo’shimcha ob’ekti  bo‘lib har xil mulk shaklidagi savdo, ishlab chiqarish, tayyorlov, 

xizmat  ko‘rsatuvchi  korxonalar,  shu  jumladan  moliyaviy  xizmat  ko‘rsatuvchi 

muassasalar:  tijorat  banklari,  sug‘urta  kompaniyalari,  investitsiya  tashkilotlari, 

turistik  korxonalar,  turagentlar,  mehmonxonalar  hamda  bozor  ob’ektlari,  iste’mol 

tovarlari  bozori,  sanoat  tovarlari  bozori,  qimmatli  qog‘ozlar  bozori,  kapital,  ishchi 

kuchi  bozorlari  hisoblanadi.  Talaba  ana  shu  korxona  yoki  bozor  ob’ektlari  misolida 

kurs ishini bajarishlari ham mumkin.  

O‘rganilayotgan ob’ektning so‘ng uch yildagi marketing va brend bilan bog‘liq 

ko‘rsatkichlari, joriy faoliyat ko‘rsatkichlari, brend tadqiqotlari natijalari, ikkilamchi 

va  birlamchi  axborotlar  sharhi  keltirilishi  lozim.  Kurs  ishini  bajarishda 

o‘rganilayotgan  ob’ektning  SWOT  tahlili,  BKG  (Boston  Konsalting  Guruh)  tahlili, 

Ansoff, raqobat ustunligi kabi matritsalarni keltirishi maqsadga muvofiq.  


Download 494,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish