kanali boshlanadi, undan pastroqda dahliz suv yo‘li –
aquaeductus vestibuli
bo‘lib,
u qoya suyagining ichki tomoniga o‘tadi.
Yarim doira kanallar
–
canalis semicircularis
uchta bo‘lib, yon tomondagisi
gorizontal, yuqorigisi sagittal va orqa tomondagisi segmental holda joylashadi. Har
bir kanalning ikkita oyoqchasi yoki dahlizga ochilish yo‘li bor.
Yarim doira
kanallar muvozanat saqlash vazifasini bajaradi.
Suyak chig‘anoq
–
cochleae
spiral shaklda bo‘ladi. Uning o‘qi – modiolus
va spiral kanali –
canalis cochllaris
bo‘lib, o‘qning asosi ichki eshitish yo‘liga
qaragan, uchi –
cupula cochleae
yon tomonga, nog‘ora bo‘shlig‘iga qaragan
bo‘ladi. Chig‘anoq uchida spiral plastinka –
lamina spiralis cochlaea
bo‘lib, u
gumbaz tagida ilmoq shaklida tugaydi. Spiral plastinkaning
asosida spiral-
chig‘anoq gangliylari –
gn.spirale cochleae
bo‘ladi. Chig‘anoqning spiral kanalini
spiral plastinka ikkiga bo‘ladi; dahliz narvoni –
scala vestibuli
dahlizdan
boshlanadi; nog‘ora narvoni –
scala tympani
yumaloq darcha –
fenestra rotunda
dan boshlanadi. Unga yaqin joydan chig‘anoq suv yo‘li –
aquaeductus cochlea
boshlanib, u ham qoya suyagining ichki yuzasiga boradi. Har ikkala narvon
gumbaz tagida bir-biri bilan birlashadi.
Parda labirint
–
labyrinthus membranaceus auris
suyak
labirintining ichida
turadi, undan ko‘ra kichikroq bo‘ladi. U oval xaltachadan iborat bo‘lib, ichida
uchta pardali yarim doira kanal bor. Yumaloq xaltacha pardali chig‘anoq kanalidan
iborat. Parda labirint bilan suyak labirint o‘rtasida bo‘shliq bo‘lib, u perilimfa -
perilympha
suyuqligi bilan to‘lgan, ularning devorlari yassi – to‘qima bilan
qoplangan. Parda labirintining shakli xuddi suyak labirintga o‘xshash bo‘ladi.
Parda labirint o‘zaro tutashuvchi bo‘shliqlar va kanallarning murakkab tizimidir.
Bu bo‘shliq va kanallarning ichida tiniq suyuqlik –
endolympha
– endolimfa bor.
Endolimfa yo‘li
–
ductus endolymphaticus
yo‘g‘onroq
oyoqchasi bilan
yumaloq xaltachaga, nozikroq oyoqchasi bilan oval xaltachaga birlashadi. U quloq
suyagining miya yuzasidagi suv yo‘li dahlizi orqali chiqib, xaltacha –
saccus
endolymphaticus
shaklida, uzunligi 1 sm, eni 2 mm bo‘lib kengayadi. Bu xaltacha
miya qattiq pardasining har ikkala varag‘i orasida joylashadi. Parda labirint suyak
labirintdan perilimfa bo‘shlig‘i orqali ajralib, subaraxnoidal bo‘shliq bilan
chig‘anoq va dahliz suv yo‘llari orqali birlashadi. Perilimfa suv yo‘li bo‘shlig‘i
perilimfa suyuqligi bilan to‘lgan bo‘ladi.
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR
-
eshitish organlarining anatomik qismlarga bo‘linishini ayting;
- tashqi quloqning tuzilishini ayting;
- o‘rta quloqni tuzilishini ayting;
- ichki quloqning tuzilishini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: