Dumg‘azaning o‘rta arteriyasi birinchi dum umurtqasidan boshlab dum
arteriyasi –
a.coccygea
sifatida boradi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari:
Otda – bu arteriya yaxshi
taraqqiy etmagan. Cho‘chqada – dumg‘azaning o‘rta arteriyasi qoramolniki singari
tarmoqlanadi. Itda – dumg‘azaning o‘rta
arteriyasi yaxshi rivojlangan; u ikki juft
dumg‘azaning yon va ikki juft dumning yon arteriyalarini beradi va toq dum
arteriyasiga o‘tadi.
Yonboshning ichki
yoki
chanoq arteriyasi
–
a.iliaca interna, s.
a.hypogastrica
oltinchi bel umurtqasi ostida qorin aortasidan ajraladi va dumg‘aza-
quymich payi ostidan orqa tomonga yo‘naladi.
Chanoq arteriyasidan kindik,
yonbosh-bel, sag‘rining old, bachadonning orqa arteriyalari, yopuvchi muskul
tarmog‘i va jinsiy a’zoning ichki arteriyasi ajraladi.
Kindik arteriyasi
– a.umbilicalis
faqat siydik pufagidan yuqorigi qismga qon
o‘tkazuvchi bo‘lib qoladi va siydik pufagida pufakning oldingi arteriyasi –
a.vesicalis cranialis
sifatida tarmoqlanadi. Kindik
arteriyasining boshlanish
qismidan buqada urug‘ yo‘lining ingichka arteriyasi, sigirda esa juda yo‘g‘on,
bachadonning o‘rta arteriyasi –
a.uterina media
chiqadi. Bachadonning o‘rta
arteriyasi bachadonning old va orqa arteriyalari bilan anastomoz hosila qiladi va u
homiladorlik davrida kuchli kattalashadi.
Yonbosh-bel arteriyasi –
a.iliolumbalis
kuchsiz, yonbosh suyagining ichki
yuzasidan o‘tadi, bel va sag‘ri muskullari, son fassiyasini
taranglovchilarni qon
bilan ta’minlaydi.
Sag‘rining old arteriyasi –
a. glutaea cranialis
odatda yonbosh suyagi
qanotining yuqorigi cheti sohasida bir nechta tarmoqlari bilan ajraladi.
Bachadonning orqa arteriyasi –
a.uterina caudalis
sigirda
kuchli taraqqiy
etgan; bachadon, qin va siydik pufagini oziqlantiradi; bachadonning o‘rta va to‘g‘ri
ichakning orqa arteriyalari bilan anastomoz hosil qiladi. Buqalarda uning o‘rnida
siydik pufagi va qo‘shimcha jinsiy bezlar uchun tarmoqchasi bo‘ladi.
Yopuvchi muskul tarmog‘i –
rami obturatorii
juda kuchsiz rivojlangan,
yopuvchi muskullarni oziqlantiradi.
Jinsiy a’zoning ichki arteriyasi –
a.pudenda interna
sigirda unchalik taraqqiy
etmagan, faqat klitorni oziqlantiradi. Buqalarda bu arteriya yaxshi rivojlangan, u
bir
qator tarmoqlarni beradi, jumladan: to‘g‘ri ichakning orqa arteriyasi
–
a.haemorrhoidalis caudalis;
jinsiy a’zoning chuqur arteriyalari –
aa.penis
profundae;
oraliq arteriyasi
– a.perinei.
Jinsiy a’zoning ichki arteriyasi buqalarda
undan yuqoridagi arteriyalar tarmoqlangandan keyin jinsiy a’zoning
yuqorigi
arteriyasi –
a.penis dorsalis
ga aylanadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari:
Otda –
yonboshning ichki
arteriyasi jinsiy a’zoning ichki, yonbosh-belning umumiy tomiri, yopuvchi muskul
va sag‘ri arteriyalari, dumg‘azaning yon, dumning yon va dumning umumiy
tomirini beradi va sag‘rining orqa arteriyasiga o‘tadi. Cho‘chqada – yonboshning
ichki arteriyasi qoramolniki singari tuzilishga ega. Itda – yonboshning ichki
arteriyasidan jinsiy a’zoning ichki, oxirgi, yopuvchi muskul, dumning yuza yon
arteriyalari ajraladi va sag‘rining orqa arteriyasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: