N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Bilak — tirsak suyagi 
— bilak va tirsak suyaklarining bir- 
biriga qo'shihshidan hosil bo'lgan 
(45-rasm).
Bilak suyagi 

bu suyakning proksimal tomonida boshi va 
unda yelka suyagining g'altagi joylashishi uchun bo'g'im yuzasi 
mavjud. Bilak suyagi boshidan oldinda tojsimon o'simta chiqadi. 
Yon yuzalarida bog'lovchi do'ngliklar yotadi. Bu do'nglikdan 
pastda bilak bo'yni joylashadi.
Bilak suyagining tanasi — qavariq va bir oz oldinga bukilgan. 
Unda suyak bo'rtig'i bo'ladi. Distal bo'g'im g'altagi qiyshiq 
joylashgan. Bilak suyagining palmar uchida bog'lam uchun tarog'i, 
dorsal tomonida esa 3 ta mayda ariqchasi bo'ladi.
Tirsak suyagi. 
Bu suyak bilak suyagidan uzun bo'lib, distal 
(pastki) uchida yon grifelsimon o'simta bo'ladi.
Tirsak suyagining proksimal (yuqori) uchida tirsak о'simtasi 
bo'lib, uning oxirida (uchida) ikkiga bo'lingan tirsak bo'rtig'i —

Victoria Aspinall.
Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-
York, 2015.
121


olecranon joylashadi va bunga yelkaning uch boshli muskuli kelib 
birlashadi.
Tirsak suyagining yuqori qismida yelka suyagi birlashishi 
uchun yarim oysimon o'yiq bo'lib, uning ustida ilmoqsimon 
o'simta joylashgan.
Tirsak suyagining tanasi uch qirrali bo'lib, u bilak suyagi bilan 
birlashib, proksimal va distal suyaklararo o'yiqni hosil qiladi va 
bu yerdan tomirlar o'tadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlar.
Otda — proksimal 
suyaklararo o'yiq yaxshi rivojlangan; distal o'yiq bolmaydi; distal 
bo'g'im g'altagi zinasimon; bilak suyagining tanasi yoysimon 
egilgan; tirsak suyagining distal uchi reduksiyaga uchragan 
(rivojlanmay qolgan). It va mushuklarda — bilak va tirsak suyaklari 
yaxshi taraqqiy etgan; tirsak o'simtasida 3 ta tirsak do'ngligi va 
tumshuqsimon o'simtasi bo'ladi; bilak suyagining proksimal va 
distal uchida tirsak suyagi bilan birlashishi uchun bo'g'im yuzasi 
boladi. Bilak-tirsak suyaklari: ikkalasi ham uzun suyaklar bolib, 
yonma-yon joylashadi. Tirsak suyagi ancha uzun boladi, tirsak 
nuqtasini hosil qiladi, uning kuchli rivojlangan tirsak o'simtasida 
bo'rtiq bolib, unga uch boshli yelka muskuli kelib birlashadi. 
Tirsak suyagining yuqori qismida yelka suyagi birlashishi uchun 
yarim oysimon o'yiq bolib, uning ustida ilmoqsimon o'simta 
bor. Tirsak o'simtasining yon tomon yuzasi anchagina qavargan 
boladi. Bilak suyagi tirsak bo'g'imini hosil qilib, yelka suyagining 
pastki qismi bilan harakatchan birikadi. Suyakning tanasi birmun­
cha bukilgan, ya’ni old qismi chiqqan, orqa tomoni bukilgan 
boladi. Pastki qismida bilaguzuk suyaklari bilan birlashish uchun 
bo'g'im yuzalari bor. Bu yuzada ikkita chuqurcha bolib, ularga 
bilakuzuk suyaklarining boshi kirib turadi. Bilak suyagining yon 
va ichki yuzasida paylar birlashishi uchun bo'rtiqlar boladi. Yelka 
suyagining tanasi unga biroz burilgan boladi va muskul-spiral 
ariqcha deb yuritiladi. Spiral shaklidagi sinish natijasida yelkaning 
joylashishi buzilsa, u spiral ichida joylashgan bilak nerviga ta’sir 
ko'rsatadi va vaqtinchalik yoki doimiy falajlanish kuzatiladi. Tizza 
displaziyasi og'ir zotli itlar (masalan, nyufaundlend, senbernar, 
rotveyler, basset-xaund) uchun umumiy kasallik hisoblanadi.
122


Bunga rivojlanish davrida tirsak o‘simtasining birikmasligi, unga 
o ‘simtani ajralishi kabilar sabab bo'lib, tirsak bo‘g‘imining 
turg'imsizligidan kelib chiqadigan osteoartrit kuzatiladi. Kasallik 
nasldan-naslga o‘tishi ham mumkin va naslchilik bilan shug‘ul- 
lanuvchi mutaxassislar nasi olish uchun itni tanlashda yordam 
beradi.1

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish