N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


Mavzu. Qon va biriktiruvchi yumshoq to‘qima



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Mavzu. Qon va biriktiruvchi yumshoq to‘qima
Darsning maqsadi:
1. Qon misolida himoya-trofik biriktiruvchi to ‘qimalar bilan tanishish;
2. Sut emizuvchilar va qushlar qoni preparatlarini mikroskopiya qilish, chizish
va belgilash;
3. Biriktiruvchi yumshoq to ‘qimalar tuzilishining о ‘ziga xosliklari bilan tanishish;
K o‘rgazmali materiallar: mikroskop, gistopreparat, rasm
Biriktiruvchi to‘qimalar organizmda juda keng tarqalgan bo‘lib, 
umumiy manba - mezenximadan taraqqiy qilishi, himoya, trofik, 
tayanch va mexanik vazifalami bajarishi bilan umumiy guruhga 
(himoya - trofik - tayanch to ‘qimalar)ga birlashtiriladi. Bu to ‘qi- 
malarni, ayniqsa, qon, limfa va biriktiruvchi yumshoq to ‘qimani 
organizmning ichki muhiti, deb hisoblanadi.
M ezenxima sinsitiy holida tuzilgan, em brionning yuqori 
sur’atlar bilan o ‘sishi va rivojlanishi natijasida tabaqalanib, 
biriktiruvchi to‘qimalarga aylanuvchi embrional to‘qimadir. Somit- 
lar, xususan miotomlarning ventro-medial qismi (sklerotom), 
lateral qismi plastinkasi (dermotom) va boshqalar mezenximaga 
aylanadi.
Morfologik jihatdan biriktiruvchi to ‘qimalar hujayralar va 
hujayraaro moddalardan tuzilganligi bilan xarakterlanadi.
Birinchi qarashda qon va limfa bilan suyak hamda tog‘ay 
to'qim aiari o'rtasida m utlaqo o ‘xshashlik yo‘qdek ko‘rinishi 
mumkin. Lekin bu to ‘qimalar kelib chiqishi (genezi)ning umu- 
miyligi, tuzilisiii (hujayralar va hujayraaro moddalar mavjudligi) 
va bajaradigan vazifasidagi o‘xshashlikJari bilan bir-biriga yaqin 
turadi va umumiy guruhga kiritiladi.
Hujayraaro moddaning tuzilishi ko£p jihatdan to'qimaning fizik 
(agregat) holatini: qonning suyuqligini, suyakning qattiqligini, 
payning tolador tuzilishini belgilaydi. Ko‘p turlari mavjud bo'lgan 
va keng tarqalgan biriktiruvchi to ‘qimalarni ma’lum darajada shartli 
bo'lsa ham ikki guruhga: himoya-trofik guruh - qon, limfa, 
endoteliy, biriktiruvchi yumshoq va to ‘rsimon to‘qimalar; tayanch- 
mexanik guruh — biriktiruvchi zich to ‘qimalar, tog£aylar va 
suyaklarga bo‘lish mumkin.
58


Biriktiruvchi to ‘qima — hujayra mezenximasida hosil bo'ladi. 
Mezinxima uzoq davom etuvchi nozik jarayonlarda qatnashib, 
amorfli dildiroq modda, hujayralar aro matiiksda shakllanadi.
M ukoidli biriktiruvchi to ‘qima em brionda regenerasiyaga 
uchrayotgan jarohat atrofida uchraydi.
Biriktiruvchi to ‘qima, to ‘qima bo‘shliqlari va organlarni to ‘1- 
dirib turadi. Biriktiruvchi to ‘qima qon, limfa va nerv tomirlarini 
butun tana bo‘ylab tarqatib uzluksiz stmktura bog'liqligini hosil 
qiladi.
Biriktiruvchi to ‘qima komponentlarida, hujayra, hujayra oraliq 
matrikslaming funksional xususiyatlari — bogiam , pay, tog'ay, 
suyak mustahkamligi, suyuq holatdagi qon-transportirovkasiga 
bog‘liq boladi.
Kollagen tolalar qalin to'lqinsimon b o lib , tarmoqlanmagan 
oq rangli boladi.
Bulutsimon hujayralar — doira yoki oval shaklda b o lib , 
o ‘zagi sitoplazmatik granulada metoxromatik bo’yalib, tarkibi 
geparin, gistomin va boshqa yalliglanish mediatorlaridan tashkil 
topgan. Bu hujayralarning degranulyatsiyasi mahalliy qitiqlovchi 
xususiyatga ega b o lib — gistominni erkin holatga o'tkazadi.
Yog‘ hujayralari (adipositlar) — mezinximaning perikapilyaridan 
hosil b olib, lipid tomchilari shaklida hujayra sitoplazmasida katta 
bir tomchi hosil bolguncha to ‘planadi.
Yog4 hujayralari - erkin biriktiruvchi to ‘qimada yog4 to'qi- 
masini hosil qilishda alohida yoki guruh formasida qatnashadi.
Pigment hujayralar — ekdodermaning ner\' tarog'idan hosil 
bo'ladi. Shu bilan bir qatorda pigment granulalari (melonin, 
ksantin) biriktiruvchi to ‘qimalarda uchraydi. Pigmentlami makro- 
faglar tashiydi.
Sut emizuvchi va umurtqali hayvonlarda neytrofillar, eozi- 
nofillar, limfositlar va monositlar qonning shaklli elementlari b o '­
lib, yumshoq biriktiruvchi to'qimalarda uchraydi. Ulaming migra- 
siya xususiyati — tashqi va ichki muhit taassurotlariga bog‘Uq 
holatda qon tomir va atrof to'qimalarda uchraydi va o'zgarib turadi.
Tarqoq yumshoq biriktiruvchi to'qimalar organizmning hamma 
joyida uchrab qon tomir va nervlami olib boradi. Qon tomir va
59


n ervlar bir qancha har xil tipdagi hujayralardan tashkil topgan 
bo'lib, limfa tomirlar, ingichka kollagen to'rining bo‘sh qismi, 
retikulyar va elastik tolalar seroz qavatida, membrananing xususiy 
shilliq plastinkasida, teri osti klechatka va teri derma qismining 
yuzasida kuzatiladi. Asosiy amorf modda yumshoq biriktiruvchi 
to'qimada ko‘p uchrab uglevod, glyukoza, minoglikon guruhla- 
ridan tuzilgan bo'lib, oqsil kompleksida giproteglikanni hosil 
qiladi va qiyin bo'yaladi.
Zich biriktiruvchi to'qim a tolalari qalin va bir qator joylashgan 
bo'lib, apponevroz varaqlari, bog'lam va paylarning kuchini bel- 
gilash bilan bir qatorda yorilib ketmasdan cho'zilish xususiyatiga 
ega bo'ladi.
Maxsus tipdagi biriktiruvchi to'qimalarning bir qismi ko'p 
sonli retikulyar tola va yulduzsimon retikulyar hujayralardan 
iborat (taloq, limfabezlar, buyrak, suyakiligi, strukturasiga mos).
Elastik to'qim a-ko'p sonli tartibli va tartibsiz joylashgan elastik 
tolalarga bog'liq bo'ladi (bo'yin payi va taranglashgan fassiya)1.
Ichki muhit to'qimasi tarkibini — qon, limfa, siyrak va zich 
biriktiruvchi to'qim alar tashkil qiladi. Ichki muhit to'qim ani 
o'rganishda fagositoz nazariyasi asoschisi 1.1. Mechnikov katta 
xissa qo'shgan.
Barcha ichki muhit to'qimalari uchun xos bo'lgan umumiy 
xususiyatlardan birinchisi, ularning barchasi embrional to'qim a- 
mezinximadan rivojlanadilar, ikkinchidan, ularda hujayra va 
hujayra oraliq moddalarning bo'lishidir.
Qon va limfa tarkibida hujayra oraliq modda suyuq bo'lsa, 
tog'ay va suyak to'qimalarda-qattiq zichlashgan bo'ladi.
Ichki muhit to'qimalarming m a’lum hujayralari fagositoz qilish 
va antitelalar hosil qilish (himoya) qobiliyatiga ega bo'lsalar, ichki 
biriktiruvchi to'qimaning boshqa turlari (tog'ay, suyaklar, zich 
tolali biriktiruvchi to'qimalar) ko'proq mexanik vazifani bajaradilar, 
siyrak biriktiruvchi to'qim a, qon va limfa esa asosan trofik -
himoya vazifasini o'taydilar.

Elizabeth Aughey, Fredric L.
Frye «Comporative Veterinary Histology 
with clinical correlates».Printed by: Grafos SA, Barcelona, Spain. Copyright 

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish