N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlar



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlar.
Ayg'irda — urug' 
yo'li urug'don tizimchasining medial yuzasi bo'ylab uning orqa 
chetigacha cho'ziladi; uning bezli qismi yaqqol ko'rinadi.
Cho'chqada — urug' yo'li urug'don tizimchasida bukiladi, 
bezli qismi shakllanmaydi.
It va mushukda — urug' yo'li juda kichik bezli qismga ega. 
Urug'don kanali urug'don ortig'ining davomi bo'lib, yorg'oqdan 
qorin bo'shlig'iga chov kanali orqali urug' yo'li bilan birga urug' 
tizimchasi tarkibida o'tadi. Urug' tizimchasi ikki qavat pardalarga 
o'ralgan bo'lib, unda arteriya, vena va urug'don nervi o'tadi. 
Tizimcha asosini tashkil qilgan muskul ya’ni kremaster qorinning 
qiyshiq muskulidan boshlanadi. Kremaster yorg'oq devorining 
muskuli bilan birga faoliyat qiladi. Sovuqda u qisqarib urug'donlar 
tanaga yaqinlashadi, natijada urug'donlarda kerakli harorat 
ta’minlanadi.
Eyakulyasiya paytida urug' kanalchalarida ishlab chiqaril- 
gan sperma va suyuqlik urug'don ortig'i bo'ylab urug' yo'li 
orqali yuqoriga ko'tarilib uretraga tushadi. Bu yerda uning
269


devorlari qalinlashgan va bezli bo'lib, prostata bezi bilan o'ralgan 
bo'ladi
.1
Siydik-jinsiy kanali 
siydik va spermani o‘tkazish vazifasini 
bajaradi. U tos va jinsiy a’zo bo'limlariga bo'linadi.
Siydik-jinsiy kanalining tos bo'limi buqada 10—12 sm uzun­
likda bo'lib, qov va quymich suyaklari orasida joylashadi; bu yerda 
siydik-jinsiy kanalining ichiga prostata va piyozchasimon bezlar 
yo'li ochiladi. Shuningdek, unga urug' yo'li va pufakchasimon 
bez yo'li ham ochiladi.
Siydik-jinsiy kanalining jinsiy a’zo bo'limi jinsiy a’zoning pastki 
(ventral) yuzasida joylashadi. U jinsiy a’zo kovak tanasining oq 
pardasi bilan to'liq o'rab olingan.
Siydik-jinsiy kanali shilliq, tomirli va muskul pardalardan 
tuzilgan. Shilliq parda bo'ylama burmalarga yig'ilgan, ko'p qavatli 
almashinuvchi epiteliy bilan qoplangan. Urug' chiqaruvchi yo'lga 
tushgan joyda yoy shaklidagi yo'g'onlashma - urug' tepaligini 
hosil qiladi. Undan yon tomonda shilliq pardada prostata bezining 
chiqarish yo'lining teshigi joylashadi, tos bo'limining shilliq par- 
dasida esa piyozchasimon bezning chiqarish yo'lini teshigi ko'rinib 
turadi.
Tomirli parda yoki kovak tana siydik-jinsiy kanalining tos 
qismida jinsiy a’zo qismidagiga nisbatan yaxshi rivojlanmagan. U 
quymich yoyida biroz qalinlashadi va siydik-jinsiy kanalining 
piyozchasi deb ataladi. Shu joyda siydik-jinsiy kanalining bo'yni 
hosil bo'ladi. Kovak tananing ichki qismi biriktiruvchi to'qirnadan 
tashkil topgan va unda vena tomirlarining qalin chigali hosil bo'ladi. 
Ereksiya vaqtida kovak tana qonga to'lib shishadi va kanalning 
ichi ochilib spermani oson chiqishi ta’minlanadi.
Siydik-jinsiy kanalining muskul pardasi asosan ko'ndalang- 
targ'il muskul tolalarining qalin qavatidan tuzilgan. Muskul tolalari 
siydik-jinsiy kanalning tos qismida siydik-jinsiy muskulni, jinsiy 
a’zo qismida esa piyozchasimon-kovak muskulni shakllantiradi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish