Odontogen fibroma. Odontogen fibroma xavfsiz, fibroplastik o‘s-
ma. O‘smaning kelib chiqishi mezinxemal dentin to‘qimaga bog‘ liq
bo‘ lib tish ildizi yoki chiqmagan tish tojchasiga bog‘liq holda joylasha-
di. O‘sma odatda sekin va bilinmasdan o‘sadi.
Epulis. Epulis jag‘ sistemasida uchraydigan o‘smasimon o‘zga-
rishdir. Jag‘larning alveola qirrasida joylashadi. Periodont to‘qimasidan
rivojlanadi. Epulis uch turdan iborat: fibromatoz, angiomatoz, gigant
xujay rali. Epulisning o‘lchami 2–4 sm ga yetadi. Ko‘pincha fron tal
tish lar sohasida alveola o‘sig‘i qirrasida, vestibulyar yuzada joylasha-
di. Shakli qum soat shakliga o‘xshaydi, uning toraygan qismi tishlar
ora sida joylashadi. Gigant hujayrali epulis to‘q qizil rangga ega. Epu-
lisning o‘sishi natijasida tishlar qimirlaydi va siljiydi. Rentgenogram-
mada jag‘ suyak to‘qimasining yemirilishi kuzatiladi.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |