OG‘IZ BO‘SHLIG‘INI PARVARISH QILISH
Yuz-jag‘sohasidagi yaralanishlarda chaynash akti buzilishi oqiba-
tida og‘iz bo‘shlig‘ining o‘z-o‘zini tozalashi ro‘y bermaydi. Odatdagi
parvarish qilishning esa (tishlarni tish cho‘tkasi va pasta bilan yuvish)
iloji bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlari, jarohat
ekssudati va boshqalar yig‘ilib qoladi. Ularni tozalash uchun og‘iz
bo‘shlig‘ini muntazam yuvib turish (Esmarx krujkasidan va boshqa
moslamalardan) kerak bo‘ladi (43-rasm).
43-rasm. Og‘iz boshlig‘ini yuvish.
Og‘iz bo‘shlig‘ini yuvishdan maqsad ovqat qoldiqlarini mexanik
tozalashgina emas, balki yoqimsiz hidni bartaraf etish hamdir. Buning
uchun odatda ma’lum darajada hid yo‘qotuvchi xossalari bo‘lgan pushti
rangli kaliy permanganat eritmasi qo‘llaniladi. Zarurat bo‘lganda
oqim ni uzib qo‘yish uchun rezina nay va mahsus zajim kiygiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |