Olinadigan tishni ombur yordamida siqib ushlash (fiksa tsiya). Ombur yordamida tish shunday mahkam siqiladiki, tish va ombur bir
butun yagona sistemani hosil qilishi kerak. Ammo siquvchi kuch o‘ta
katta bo‘lmasligi lozim. Aks holda kariyes bilan yemirilgan tish par-
cha lanib ketishi mumkin. Kuchsiz siqilganda esa ombur siljib chi qib
ketishi mumkin.
Tishni o‘rnidan siljitish. Tishni o‘z o‘rnida siljitish lyuksatsiya
va rotatsiya harakatlari yordamida bajariladi. Bu bilan tish ildizi atro-
fidagi bog‘lamlardan uzish yo‘li bilan periodontning qarshiligi yen-
giladi. Rotatsiya harakatini bir ildizli tishlarda qo‘llash mumkin.
Bunda tishni o‘z o‘qi atrofida 15°–20° ga burish kerak bo‘ladi. Ko‘p
ildizli tishlarni mayatniksimon harakat bilan qo‘zg‘atiladi. Harakatning
boshlanishi kuchsizroq bo‘lib, asta-sekin amplitudasi oshirib boriladi.
a b 36-rasm. a – yuqori jag‘ uchun omburlar; b – pastki jag‘ uchun omburlar.
117
Pastki jag‘ tishlarni o‘rnidan siljitilganda birinchi harakat til tomonga
qaratib bajariladi.