SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali periodontitlarning klinik belgilari o‘tkir periodontit larga
nisbatan birmuncha oz ifodalangan. Shuning uchun solishtir ma tash-
hisni rentgenogrammasiz o‘tkazish o‘ta mushkul.
Surunkali fibroz periodontit. Surunkali fibroz periodontit kli-
nik belgilarsiz kechadi. Bemor og‘riqlarni sezmaydi. Faqatgina ka-
riyes kovagi borligiga, unga ovqat qoldiqlari kirib qolishi va og‘iz dan
noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Surunkali fibroz perio dontit,
avval, davolangan pulput, travmatik artikulyatsiya oqi ba tida kelib chi-
qi shi mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz,
tish atrofidagi milk o‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘sh lig‘i ochiq,
og‘riqsiz bo‘ladi. Surunkali fibroz periodontitga tashxis rentgeno-
gramma asosida o‘tkaziladi. Rentgenogrammada ildiz uchi dagi perio-
dontal yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniq lanadi (19-rasm).
Suyak to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |