Vital amputatsiya usuli. Bu usul pulpaning faqat toj qismini olib
tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan. Ushbu
usulda davolash uchun ko‘rsatmalar:
1. Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda (asosan oldingi
guruh) kechadigan surunkali fibroz pulpitda;
2. O‘tkir mexanik jarohat natijasida koronka qismi sinib, pulpa
ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida).
Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Borlarni tez-tez almashtirib, kariyes kovagidagi nekrozga uch-
ragan to‘qimalarni qatlamma-qatlam olib tashlash;
3. Kariyes kovagini antiseptik eritmalar bilan yuvib quritish;
4. Sterillangan bor yordamida pulpa bo‘shlig‘ini ochish va toj qis-
midagi pulpani amputatsiya qilish;
5. Qonni to‘xtatish;
6. Pulpa bo‘shlig‘ining tub qatlamiga tarkibida gidrooksi kalsiysi
bo‘lgan pasta qo‘yib steril paxta ustidan 5–7 kunga suvli dentin bilan
berkitish;
7. 5–7 kun ichida bezovta qilmasa, doimiy plombaga almash tirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |