7. Tish ildizlarini atrofi yumshoq to‘qimalarga surib chi qarish.
Tish ildizlarini olish texnikasini qo‘pol ravishda buzilishi, elevatordan
noto‘g‘ri foydalanish va noto‘g‘ri kuch ishlatishi oqibatida kelib chi-
qadi.
8. Qon ketish sabablari mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin.
Ma halliy sabablar tish olish vaqtida alevola o‘sig‘ini, yumshoq to‘qima-
larni kuchli jarohatlash, granulatsiya to‘qimasining qolib ketishi.
Umu miy sabablarga qon ivishi jarayonining buzilishi bilan kechuvchi
qon kasalliklari yoki qon tomir tuzilishini buzilishi bilan kechuvchi
kasalliklar kiradi.
Qon ketayotgan joyni aniqlash maqsadida og‘riqsizlantirish usulini
o‘tkazgandan so‘ng tish katagi va atrof to‘qimalarda taftish o‘tkaziladi
va qon laxtalaridan tozalanadi. Qon ketish sabablari aniqlanib to‘xta-
tiladi. Ko‘pincha qon ketish tish katagi yodoforomli tampon qo‘yish
yordamida to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |