N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

tadqiqot predmeti
– urug’lik material, vazifasi – 
ekiladigan materialning sifatini oshirish, 
tadqiqot uslublari
– ekish materialining 
sifatini baholash uslublari. U alohida, mustaqil fan sifatida mavjud va 
o’simlikshunoslikka yaqin turadi. 
Urug’lik
– o’simlikning biologik va xo’jalik xossalarini o’zida saqlaydigan, 
embrional holatdagi o’simlikdir. SHuning uchun hosildorlik urug’ sifatiga bog’liq. 
O’simlikshunoslikda 
urug’lik
deb ekish uchun mo’ljallangan urug’lik material 
tushiniladi. Haqiqiy urug’ (don, dukkakli), mevalar yoki ularning bir qismi 


108 
(g’alladoshlar doni va boshq.) to’pmeva (lavlagi), boshoqchalar (tulkidum), 
tuganaklar (kartoshka). 
Ekishga tayyorlangan urug’lar tegishli navdorlik va ekinboplik (ekish) 
sifatlariga hamda yuqori hosildorlik xossalariga ega bo’lishi lozim.
Urug’ning e
kinboplik sifati
– uning ekishga yaroqlilik xususiyatlari majmuasi 
(unuvchanlik, o’sish energiyasi, tozaligi, namligi, kasallik va zararkunandalar bilan 
zararlanganligi va boshq.)dan iborat. 
Navdorlik sifati
– urug’ning nav tozaligi, 
tipikligi, reproduksiyasi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha talablarga javob 
berishidir. 
Hosildorlik sifati
– urug’ning aniq ishlab chiqarish sharoitida ma’lum 
miqdordagi hosil berish xususiyatidir. ekin hosildorligi urug’ning irsiy, 
modifikasiya o’zgarishlariga bog’liq bo’ladi va u o’stirish sharoitlariga bog’liq 
holda shakllanadi. Bir xil genotip (nav)ga ega turli urug’lar bir xil o’stirish 
texnologiyasi sharoitida turlicha hosil berishi mumkin. 
Navdorlik, ekinboplik, 
hosildorlik sifati
yuqori bo’lgan urug’lar yaxshi yetishtirish texnologiyasi 
qo’llanilganda mo’l va sifatli hosil olishni ta’minlaydi. 
Urug’shunoslikda urug’larning ekishga bop-nobopligini bilish maqsadida 
tahlil qilishning maxsus uslublari mavjud va ular Davlat Standartlarida 
belgilangan. O’zbekistonda urug’lik sifatini nazorat qilishda Davlat Standartlaridan 
foydalaniladi. Urug’lar nazorati bo’yicha analizning usul-amallari, metodlarini 
ishlab chiqish va standartlash ishlarini urug’lar nazorati bo’yicha xalqaro 
assosiasiya – ISTA olib boradi. 
Ishlab chiqarishda dala ekinlarini ekish materiali asosan "urug’" va "meva" 
bo’ladi.
Urug’
– qo’shaloq otalanish natijasida hosil bo’lgan urug’kurtakdan hosil 
bo’ladi va u murtak, oziqa moddalar, urug’ po’stidan iborat. Meva urug’chi 
(onalik) tugunidan hosil bo’ladi. U bir yoki bir nechta urug’lardan iborat. 
Donli ekinlarda
don hosil bo’lish jarayoni 1870 yilda A. Novaskiy tomonidan 
o’rganilgan. Bug’doyda: sut, sariq (mum), to’la va pishib o’tgan fazalar aniqlanadi. 
Don hosil bo’lishi uch bosqichga bo’linadi: shakllanish, to’lish va pishish.
Nafas olish
. Namlik yuqori bo’lganda urug’lar qiziydi, mog’orlaydi, 
ekinboplik va tovar xossalarini yo’qotadi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish