N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

Ekish me’yorlari
mln. urug’ gektariga yoki kg, s, t gektariga ko’rinishda 
beriladi va 1000 urug’ vazni hisobga olinadi. 
Ekish chuqurligi
urug’ning katta–kichikligiga, tuproq namligi, mexanik 
tarkibi, urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqishiga bog’liq bo’ladi va 1-2 dan 6-
12 sm gacha o’zgaradi. 
Ekin parvarishi.
Qator oralarini yumshatish, qatqaloqni yo’qotish, ma’danli 
va 
organik 
o’g’itlar bilan oziqlantirish, begona o’tlar, kasalliklar, 
zararkunandalarga qarshi kurashish, retardantlar, biologik faol moddalarni qo’llash 
singari texnologik tadbirlar ekin parvarishiga kiritiladi. ekin parvarishi, ekin, nav, 
duragay biologik xususiyatlari, olinadigan mahsulot turiga bog’liq holda 
o’tkaziladi. 
Hosilni yig’ishtirish
muddatlari, usullari ekinzor holati, qo’llanilgan 
texnologik tizimga bog’liq holda o’tkaziladi. Bunda defoliasiya, desikasiya, 
senikasiya tadbirlari o’tkazilishi mumkin. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishdagi asosiy muammolar va 
ularning yo’nalishlari
. Fan –texnika inqilobi davrida qishloq xo’jalik ekinlarini 
yetishtirishda kimyoviy vositalar, mexanizasiyalash, meliorasiyalashdan yuqori 
darajada foydalanish, biosferaning ifloslanishiga, tuproqning sho’rlanishiga, 
eroziya jarayonlarining rivojlanishiga, ma’lum miqdordagi (s, t) mahsulotni 
yetishtirishda xarajatlar, mehnat vositalari narxining oshib ketishiga, suv va 
energiya resurslarining taqchilligiga sabab bo’lmoqda. 
O’zbekiston Respublikasida ham qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda 
mo’l va sifatli hosil olish bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, kimyo 
vositalaridan 
foydalanishni 
optimallashtirish, 
suvdan 
tejab 
foydalanish, 
sug’orishning yangi usullarini (yomg’irlatib, tomchilatib, tuproq osti) ishlab 
chiqarishga joriy etish, qurg’oqchilikka, sho’rga, kasalliklar, zararkunandalarga, 
tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy etish, 


91 
organik va ma’danli o’g’itlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammola-
rini hal etish lozim bo’ladi. 
Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda energetika muammosi dolzarb 
bo’lib bormoqda. Mexanizatsiya, sug’orish, o’g’itlarni solish, pestisidlarni 
qo’llashda energetik resurslar sarfi keskin ortmoqda. 
Hozirgi paytda o’simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan 
energiyaga nisbatan mahsulot ko’rinishidagi energiya 2-5 baravar ko’p. Ammo 
qo’shimcha hosil olish uchun ko’proq energiya sarflashga to’g’ri keladi. 
Rivojlangan mamlakatlar AQSH va YAponiyada qishloq xo’jalik ekinlarining 
hosildorligi keyingi yillarda 1,2-1,5 baravar oshsada, bir gektarga sarflangan 
energiya sarfi 3,5-5,1 baravar ortgan. 
Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini ikki baravar oshirish hozirda 
qo’llanilayotgan texnologiyalar bo’yicha katta miqdordagi energiya sarflashni talab 
qiladi. Zamonaviy agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg’idan foydalanishga asoslangan. 
Tabiiy yoqilg’ilarning zaxiralari esa juda cheklangan. Ayniqsa XXI asrda ekinlarni 
yetishtirishda tabiiy yoqilg’ilarning taqchilligi ortib boradi. energiya manbalari 
narxining oshishi o’simlik mahsulotlari narxining oshishiga olib keladi va qishloq 
xo’jaligining jadal usulda rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. 
Intensiv don almashlab ekish, tuproqqa ko’p miqdorda azotli o’g’itlardan 
solish, serhosil ammo kasalliklarga immuniteti past donli ekinlar navlarining keng 
tarqalishi kasalliklar (ayniqsa zamburug’) zarar keltirish darajasining oshishiga 
olib keladi. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda pestisidlar keng qo’llanilsada, 
kasallik va zararkunandalar tomonidan yetkazilayotgan zarar oshib bormoqda. 
Kelib chiqishi bir xil bo’lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlarning keng 
tarqalishi, ularda murtak plazmasining bir xilligi tufayli tez kasallanish xavfini 
saqlab qoladi. 
SHuning uchun XXI asrda qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining ortishi 
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekinlar 
mahsuldorligini oshirishni talab qiladi. Buning uchun eroziyaga qarshi kurash, 
ekinlarni uyg’unlashgan himoya qilish, azotni biologik fiksasiya qilish samarador-
ligini oshirish, tejamkor sug’orishni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy 
etish talab qilinadi. 
YAngi navlar, duragaylarni yaratishda juda ko’p xilma–xil genotiplardan 
foydalanish, gen injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini amaliyotga joriy etish 
qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda qo’llash keng tarqaladi. 
Atmosfera azotini biologik fiksasiya qilishda dukkakli ekinlarni ekish bilan 
birgalikda dukkakli bo’lmagan, qo’ng’irboshsimon – sholi, makkajo’xori, bug’doy, 
oqjo’xori ekinlarini azotni fiksasiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozini 
yaratish muammosi hal qilinmoqda. Buning uchun gen injeneriyasi yutuqlaridan 
keng foydalanilmoqda. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish