Umumiy ta’lim maktablarining informatika darslarida loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ko’rsatmalar berilib, ko’proq uyda, darsdan keying mashg’ulotlarda, to’garaklarda mustaqil ishlash lozim bo’ladi. Masalan, MS Excel mavzusini o’tganda turli jadvallar yaratish uchun quyidagi loyihaviy topshiriqlarni berish mumkin:
-biror taomni tayyorlashga ketadigan mahsulotlar, narxi, hajmining jadvali va diagramma ko’rinishidagi loyihasi;
-guruh o’quvchilarining choraklik o’zlashtirishinning jadval va diagramma ko’rinishidagi loyihasi;
-kompyuter asosiy qurilmalarining narxini jadval ko’rinishidagi loyihasini yaratish va h.k.
Yuqorida keltirilganidek, umumiy ta’lim maktablarining informati o’qiruvchilari mavzular bo’yicha loyihaviy topshiriqlar ishlab chiqishi va dars davomida undan foydalanishlari mumkin.