Informatikadan “Viktorina”ni loyihalashtirish.
1.O‘qituvchi viktorina o‘tkaziladigan guruhlarni aniqlaydi.
2.Viktorina savollarini tuzadi va viktorina o‘tkaziladigan kunni, qanday mavzular asosida o‘tkazilishini oldindan e’lon qiladi.
3.E’lon qilingan kuni darsdan keyin o‘qituvchi va o‘quvchilar viktorinada savol-javobga qatnashadigan guruh va tomoshabin o‘quvchilar yig‘iladi
4. Tomoshabinlardan baholovchi ekspertlar tanlanadi.
5. Ikki guruh (ikki parallel sinf)o‘rtasida viktorina savollari ketma-ket beriladi.
6.Ekspertlar tomonidan ballar qo‘yilib, faol guruh aniqlanadi.
7.Qatnashuvchilar ”Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol guruh”, “eng tezkor o‘quvchi” kabi nomlar bilan rag‘batlantiriladi.
R ag‘batlantirish maktab ma’muriyati, tadbirkorlar, otaliq tashkilotlar, faol ota-onalar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, qiziqarli kitoblar, ruchkalar, o‘quv qurollari va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |