N. A. Egamberdieva


D ehqonchilikdan  hunarmandchilik  ajralib  chiqdi



Download 6,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/99
Sana16.01.2022
Hajmi6,31 Mb.
#373528
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
2 5278661355363112465

D ehqonchilikdan  hunarmandchilik  ajralib  chiqdi. 
Bu  o ‘z 
navbatida  m ehnat  unumdorligining  oshishiga,  tovar  ayirboshlashning 
jonlanishiga,  xususiy  mulkning  rivojlanishiga,  davlatning  mustah- 
kam lanishiga sabab  boMdi. Tem ir davri  boshlarida  Osiyo va Evropaning 
hamma 
jo y larid a 
mustaxkam 
istehkomlar 
qurilgan, 
shaharlar 
rivojlangan.
Umuman,  odam lar  temir  bilan  eneolit  davridayoq  tanish  bo‘lganlar, 
lekin  uning  am aliy  ahamiyatini  bilmaganlar.  Tabiatda  so f temir,  faqat 
m eteoritlarda  uchraydi.  Osmondan tushgan  buyum esa,  ibtidoiy  odam lar 
uchun  m uqaddas  buyum  sanalgan.  Temirdan  ishlangan  taqinchoqlar, 
m unchoqlar 
qadim gi 
Sharqda 
iste'qomat 
qilgan 
qabilalarning 
qabrlaridan  topilgan.  Temir  to  mil.av.  1  ming  yillikgacha  aholi  uchun 
noyob  zeb-ziynat  buyumlari  yasash  uchun  material  sifatida  ishlatib 
kelingan.  M il.av.  XIV asrlarga oid Misr,  Mesopotomiya va  Egey dengizi 
atrofida  tem irdan  ishlangan  buyumlar  uchraydi.  Bunday  buyumlar 
Italiyada  m il.a w .  XII  asrda,  Germaniya,  Skandinaviya  va  Rossiya 
hududlarida X  asrlarda paydo boMgan.
Tem irning  om m aviy  ravishda  qoMlanilishi  esa,  mil.av.  IX  asrga 
to ‘g ‘ri  keladi.  0 ‘rta  Osiyo 
hududida 
ilk  temir  buyumlari  mil.av. 
VIII  asrlarga oiddir.
Tem ir  tabiatda  ruda  holida  juda  ko‘p  uchraydi,  deyarli  ibtidoiy 
qabilalar  yashagan  barcha  hududlarda  mavjud  boMgan.  Lekin  qalay  va 
mis  ayrim  hududlardagina  mavjud  boMib,  bu  qabilalarga  o‘zlariga etarli 
xom -ashyo  olishda  qiyinchiliklarni tug'dirgan.


Bronzaga  ishlov  berish,  temirga  ishlov  berishdan  ko‘ra,  ibtidoiy 
odam  uchun oson kechgan,  chunki  bronza 700-800  S  da,  mis  1084  S  da 
erigan,  temir 
esa  1530  S  da  erigan.  Shu  sabab 
dastlab  temirni 
eritmasdan  ishlov  berganlar  va  u  sarg‘ish  va  b o ‘sh  metall  shaklida 
bolgan.  Ibtidoiy  davrda  rudadan  temirni  ajratib  olish jarayonining  kashf 
etilishi,  eng  buyuk  kashfiyot  boMgan.  Bu  kashfiyot  asosida  esa  temir 
rudasiga 
dam  berish  usuli 
yotadi.  Dam  berish  usulidan  ba’zi  joylarda 
so‘nggi  bronza  davridan  foydalanib  kelingan.  D am   berishda  bosqonli 
q o ‘radan foydalanilgan.
Rudadan  tem ir  ajratadigan 
bosqonli  qo‘ra  
toshdan  yasalgan  va  loy 
bilan  suvalgan  qozonsimon  o‘choq  boMgan.  0 ‘choq  b a’zan  guvaladan 
yasalgan.  Dam  berish  uchun  uning  ikki  tom onida  kichikroq  teshik 
ochilgan.  Bu  teshiklarga  naycha  o‘matilgan,  naychalarga  esa  teri 
damlarga biriktirilgan dastani bosib dam berilgan.  Q o ‘raga temir va ruda 
taxlangan.  Unga faqat pista ko'm ir yoqilgan va k o ‘pincha  botqoq rudasi 
ishlatilgan.  Tiklangan  tem ir  zarralari  pishib,  s o f  tem ir  boMaklari  hosil 
boMgan.  Rudadagi  boshqa  aralashmalar  toshqolga  chiqqan.  Temir 
boMaklari  bolta  bilan  urilib  jipslashtirilgan  va  kerakli  shakl  berilgan. 
Bolta  bronza  davrida  toshdan  yasalgan  boMsa,  tem ir  davriga  kelib  u 
temirdan  ishlangan.
Rudadan  temir  olish  usulida  so f  temirning  k o ‘pi  toshqolga  chiqib 
ketgan.  Bu  jarayon  kam  maxsul  boMganligi  sababli  odam lar  o ‘rta  asr 
oxirlarida  cho‘yandan  temir olish usuliga o‘tganlar.
Temirchilar  o‘zlarining  ishlash  uslublarini  odam lardan  sir  tutganlar 
va  ustaxonalarini  axoli  yashaydigan  joylardan  uzoqroqda  qurib,  unga 
hech  kimni  kiritishmaganlar.  Shu  sabab  odam lar  orasida  temirchilar 
haqida  turli  xil  tushunchalar  paydo  boMgan. 
Ulam ing  ko‘plari 
iloxiylashtirilgan  va  har  bir  xalqda  o ‘zining  temirchi  xudolari 
shakllangan.  Masalan,  yunonlarda  Gefest,  rim da  Vulkan,  nemislarda 
Vi land,  ruslarda  Svarog,  o ‘rta  osiyoliklarda  Dovud  hisoblanib,  odamlar 
ularning sharafiga turli  marosimlar oMkazgan va sigMnishganlar.
Temir  qurollarga  o ‘tish  ko‘pchilik  mamlakatlarda  uzil-kesil  dehqon- 
chilikka  o'tish  uchun  zarur  sharoit  yaratib 
bergan. 
Evropada 
o ‘rmonzorlarda ekin  maydonlami  kengaytirish  imkonini  bergan.  Erlarga 
ishlov  berish  sifatini  oshirgan.  Unda  so‘qa  va  omochdan  keng 
foydalanilgan.  So‘qa  yordamida  erlar  chuqur  va  sifatli  haydalgan. 
Omoch  yordamida  esa,  egatlar  xosil  qilingan  va  toshloq,  qattiq  erlarga 
ishlov  berish  oson  boMgan.  Temir  so‘qa tishlar  m il.av.  VIII  asrlarga  oid 
Osur  podsholari  saroyidan  topilgan.  Boshqa  jo y lard a  esa,  ilk  temir


davrida  y o g ‘ochdan  yasalgan  omoch  va  so‘qalarga  tem ir  tish 
kiydirilgan.
Ilk  tem ir  davrida  ko‘pgina  yangi  mehnat  qurollari  yaratilgan.  Egov 
pay do  bo‘lgan,  uning  kesiklari  bir  qator  bo‘lib,  hozirgi  egovlarga 
o ‘xshash  boMgan.  Egov  skanja  bilan  birgalikda  ishlatilgan.  Q u lf  va 
kalitlar paydo  boMgan.  Ular egovlab yasalgan.  Ilgarigi  davrlarda k u lf va 
kalitlar qadim gi  Sharqda boMib, u yog‘ochdan ishlangan.
Ilk  tem ir  davrida  tem ir  o ‘roq  randalar  chaqmoqtosh  o‘roq  randalam i 
siqib  chiqargan.  Tem ir  o ‘roq  randa  yoysimon  o‘tkir  yupqa  temirdan 
iborat  boMib,  ikki  uchiga  dasta  o‘matilgan.  U  g‘oMa  po‘stini  shilish  va 
yog‘och randalash  uchun  ishlatilgan.
Harbiy  qurol  aslahalarning  asosiy  turlari:  qilich,  xanjar,  nayza, 
cho‘qmor,  ja n g   boltalari  bronza  davridayoq  ishlatilgan  boMsada,  tem ir 
davriga  kelib,  uning  faqat  metalli  o'zgargan.  Bu  davrda  yoy  o‘qlarini 
yasashda tem ir kam   ishlatilgan, asosan bronzadan ishlangan.
Oddiy  tem ir  harbiy  va  mehnat  qurollari  uchun  yumshoqlik  qilgan. 
Yunon  tarixshunosi  Polibiy  mil.av.  Ill  asrda  galliyalik jangchilar qilich 
bilan  bir  urgandan  keyin  uni  oyogM  bilan  to ‘g‘rilab  olishga  majbur 
boMganligini yozib qoldirgan.
Biroq  k o ‘pchilik  davlatlarda  ilk  tem ir  davridayoq  po‘la t  ishlatila 
boshlangan.  Tem irni  o ‘choqda  bir  necha  marta  qizitib  va  uni  bir  necha 
marta sovuq  suvga solib toblab poMat xosil  qilingan.
Qadim gi 
B aqtiriyada  o‘troq  dehqonchilik  madaniyati 
bronza 
davridanoq  shakllana  boshlagan.  Bu  madaniyat  Sopollitepa,  Jarqo'ton, 
Kuchuktepa,  Qiziltepa,  Bandixon-1,  Tallashkan,  Jondavlattepa  kabi 
qadimgi  dehqonchilik madaniyati yodgorliklari asosida o ‘rganilgan.
K u c h u k te p a   Qadimgi  Baqtriya  hududida so‘nggi  bronza  davriga oid 
yodgorlik  hisoblanadi.  U  Surxandaryo  hududidagi  Ulanbuloqsoy 
sohilida  joylashgan.  Yodgorlikni  1962  yilda  L.I.Albaum  tomonidan 
topilgan  va  1963-1967  yillar  davomida  tadqiqot  ishlari  olib  borilgan. 
Bu  tadqiqotlar  natijasida  uning  2  ta  rivojlanish  bosqichi  k o ‘rsatilgan. 
Keyingi 
yillarda 
Baktriya 
arxeologik 
ottyadining 
olib 
borgan 
tadqiqotlari  natijasida  yodgorlik  sanasi  ancha  aniqliklar  kiritildi  va  4  ta 
qurilish bosqichi  aniqlandi:
Kuchuk I 
-m ilo d d a n   avvalgi  1300-1000  yillar;
Kuchuk  II 
-m ilo d d a n   avvalgi  1000-850  yillar;
K uchuk  III 
-  miloddan  avvalgi  850-650  yillar;
Kuchuk  IV 
-   miloddan  avvalgi  650—450  yillar;
Ilk antik davrga o ‘tish -m il.  av.  450-350  yillar;


Kuchuktepada  8  metr  qalinlikdagi  g‘isht  supa  ustiga  qurilgan  atrofi 
mudofaa  devorlar  bilan  o'ralgan  qasr  ochildi.  Uning  quyi  uch  qatlami 
so‘nggi  bronza  davri  oid.  Bu  qatlamlardan  qoMda  ishlangan  rangli 
naqshli  sopollar  va  Sopolli  madaniyatiga  oid  charxda  ishlangan  sopol 
idishlar  topildi.  Toshdan,  terrakotadan  ishlangan  urchuqlar,  suyakdan 
ishlangan  igna,  bigiz,  uchburchak  shaklidagi  bronza  o ‘q  uchlari 
topilgan.
Kuchuk  II  qatlamidan  birinchi  bor  ikki  parrakli  asosi  zo‘g‘atasimon 
qilib  ishlangan  bronza  paykonlar  topilgan.  Bu  davrda  kulolchilik 
charxida  ishlangan  sopol  idishlaming  yangi  formalari  pay do  boMgan. 
Ular  bankasimon,  cilindr-konus  shaklida  boMib,  gardishi  qarmoqsimon 
qilib  ishlangan.  Bunday  sopol  xillari  so‘nggi  bronza  yodgorliklarida 
umuman  uchramaydi.  Shu  sabab  Kuchuk  II  qatlam ini  olim lar  so'nggi 
bronza  davridan  ilk  temir  davriga  oMish  davri  deb  hisoblaydilar. 
1977  yilda  olib  borilgan  tadqiqotlar natijasida Kuchuk  II  qurilish  bosqi- 
chidan  4  qator mudofaa  devori  bilan  o‘ralganligi  aniqlangan.  Bu  devor 
bronza  davridagi  devorlardan  2  metr  uzoqlikda  qurilgan.  4-devor  4,5 
metr  qalinlikdagi  madaniy  qatlam  ustiga  qurilgan.  3 -d e v o r  esa  aylana 
shakldagi  burjlar  bilan  mustahkamlangan.  K uchuktepaning  yuqori 
qatlamlari, y a’ni  Kuchuk III  va  IV  qurilish  bosqichlari  ilk tem ir davriga 
oidir.  Bu davrlarda sopol  idishlari  faqat kulolchilik charxida  ishlangan.
Bronza  davri  Kuchuktepa  arxeologik  kompleksi  Bandixon  qishlo- 
gMdagi  Maydatepadan  ham  topilgan.  Bu  yodgorlikda  E.V.Rtveladze 
tadqiqot  ishlari  olib  borib,  Kuchuk  I  va  Kuchuk  II  komplekslari 
Maydatepada  mavjudligini 
isbotladi.  Kuchuk 

va  Kuchuk  II 
komplekslariga  tegishli  yodgorliklar  JarqoMonning  yuqori  qatlamidan, 
Sho'rchi  tumanidagi  Qiziltepa,  Bo‘yrachitepa,  M irshodi  yodgor- 
liklaridan  ham topilgan.
M irshodi  m akonini  qazish  vaqtida  qadimgi  dehqon  jamoalarining 
din iy -e’tiqod  tushunchalari  bilan  bogMiq  buyum lar  topildi.  Ular  qora 
toshdan  ishlangan  4  ta  g‘altaksimon  mitti  «vazachalar»,  o ‘gMr  dastasi 
va  qizil  qumtoshdan  y o ‘nilgan  erkak  kishi  kallasining  haykalchasi  edi. 
Bu  mitti  buyumlami  G.A.Pugachenkova  tabiatda  hosil  beradigan  va  uni 
qayta  ishlab  chiqaradigan  kuchlar  g'oyasi  bilan,  tosh  haykalchani  esa, 
hosildorlik  bosh  xudosi  bilan  bogMaydi.  Shunga  o ‘xshash  buyumlar 
Kuchuktepadan  ham  topilgan.  U  erdan  qo'shaloq  vazasimon  mitti 
isriqdonlar  ham  topilgan.  Ularda  olov  izlari  saqlangan.  Ehtimol,  bu 
buyumlarning  barchasi  dehqon  jam oalarining  diniy-e’tiqodi  bilan 
bogMiqdir.


Um um an,  Kuchuktepaning  bronza  davri  moddiy  madaniyati  m onu­
mental  arxitekturasini  hisobga  olmaganda,  Chust  madaniyatini  eslatadi. 
Bu  esa  u lar  o ‘rtasida  m adaniy-xo‘jalik  va  etnik  birlik  borligini 
ko‘rsatadi.
S ug'd iyona  oMkasida  dehqonchilik  madaniyati  ilk  tem ir  davridan 
shakllana  boshlagan.  Bu  madaniyat  K o‘ktepa,  Sangirtepa,  Daratepa, 
Uzunqir,  L olazor kabi qadimgi  dehqonchilik madaniyatlari yodgorliklari 
misolida  ham da  T o‘rtkultepa,  Afrosiyob  va  Erqo‘rg‘onning  quyi 
qatlam larida topilgan.
U m um an,  S ug‘diyonaning  ilk  temir  davri  yodgorliklari  daryo 
vohalarida  tarkib  topgan.  Bu  ayniqsa,  Qashqadaryo  vohasida  aniq 
ko'zga  tashlanadi.  Bu  erda  ilk  temir  davriga  oid  bir  necha  vohalarni 
ajratib  k o ‘rsatish  mumkin.  Manzilgohlarni  hajmi  va  vazifalariga  ko‘ra 
quyidagi tiplarga ajratiladi.
1 .Ark va m udofaa devorlarga ega boMgan shahar harobalari
(U zunqir,  E rq o‘rg‘on).
2.  Q ishloqlar (Daratepa, Chiroqchitepa,  Beshqo‘tontepa).
3.  M udofaa  devorlari  bilan  o ‘ralgan  alohida  vazifalami  bajaruvchi 
m anzilgohlar (Ibodatxona boMishi  mumkin).
E rq o ‘r g ‘on  -   Sug‘dning  madaniy-iqtisodiy  markazlaridan  biri 
hisoblanadi. 
Uning 
maydoni 
150ga 
teng. 
Manzilgohning  quyi 
qatlam idan 
m il.a w . V III-V II 
asrlarga 
oid 
uy-joy 
va 
xo‘jalik  
inioratlarining  o ‘rni  aniqlangan.  M il.aw .  VI  asrda  uning  ichki  tomoni 
kengaytirilib,  m udofaa  devori  bilan  o ‘rab  olinadi. 
Ichki  tom onida 
hashamatli  m a ’muriy  binolar barpo  etiladi,  lekin ark izlari topilmagan.
U z u n q ir  -   yodgorligi  Qashqadaryo  viloyatining  Kitob  tum anida 
joylashgan.  U  m il.a w .  VIII-VII  asrlarda  kichik  manzilgoh  sifatida 
shakllanib,  m il.aw .V II-V I  asrlarda 70 

Download 6,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish