retushlash
usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay,
ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash
deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun
tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar
uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab
boMib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan.
Retush-
langan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqa-
lashgan. Tosh pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim
mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich boMgan. Tosh
kesgich qattiq materiallami ishlashda foydalanilgan. Tosh qirgMch
uzunchoq parrakcha boMib, bir uchi yoysimon tig1 boMgan, muste
davridagi
qirgMchdan
ancha
farq
qilgan,
undan
yumshoq
materiallami ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoq-
toshdan yasalgan nayza boMgan.
Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyaklaridan ham ko‘plab
qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar,
shuningdek, terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan.
Suyakdan
qurollar
yasash
yuqori
paleolit
davrining
so‘ngi
bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahon arxeologiyasida Madlen
bosqichi deb (20 ming— 13 ming yil oldin) ajratiladi.
So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik munosabatlarining
tartibga solinishi natijasida kishilaming jismoniy va aqliy rivoj-
lanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlaming tashqi ko'rinishida
o‘zgarish yuz berishi bilan birga ularning tabiiy -geografik sharoitga
moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi - evropoid, mongoloid,
negroid. Evropoid irqi fanda kromanon odami nomini olgan.
0 ‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromanon odamning
qoldiqlari topilgan.
So‘nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o‘zgarishlardan yana
biri, bu san’atning kashf etilishidir. San’atning vujudga kelishi
o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq boMsa-da,
ular qoldirgan ona haykalchalari va qoya tosh suratlari o‘sha davr
ijtimoiy
hayoti
haqida bizga
ko‘p
m a’lumotlar beradi. 0 ‘rta
Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan.
So‘nggi
paleolit davriga oid yodgorliklar kam
topilganiga
qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlaming yaxshi saqlanishi yuqori
paleolit davri taraqqiyotining o'ziga xos tomonlarini ochishga imkon
berdi. Hozirgi kunda 0 ‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30
ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan boMsa, shulardan 10 tasi 0 ‘zbe-
kistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand,
Siyobcha, Xo'jamazgii makonlari yaxshi o‘rganilgan. KoMbuloq
Bo‘zsuv, Takalisoy, Tuyabo‘g‘iz makonlaridan ham yuqori paleolit
davri izlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |