N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

QUTLUG4 DARGOH
I - Qani, bir boplab choy damlab keling-chi, o ‘g ‘lim, -
dedilar Hoji buva uzoq davom etgan mashrabxonlikdan 
so‘ng sinovchan ohangda.
185


M enga ish buyurganlaridan quvonib, aytganlarini 
chaqqonlik bilan bajardim.
- Iye, o ‘xsham abdi-ku... Olib kelgan choyim dan bir 
h o ‘plam ichgan oqsoqolning hafsalasi pir b o ‘ldi. - Bun­
ga qanday erishdingiz?
- Suv varaqlab qaynadi. Quruq choyni solib quyib 
kelaverdim .
- Q uloqqa tiqm a g ‘aflat lattasini,
Y em a shaytoni m al’un shattasini.
Bobo tabassum bilan ikki qator bayt o ‘qidilar va 
o ‘qday nigohlarini m enga qadab birm uncha jidiylash- 
dilar.
- Y axshilab quloq soling. Avval choygum dagi suvni 
m e ’yorida qaynatasiz. E ’tibor berib tursangiz, qopqoq- 
ning o ‘zi ovoz chiqarib meni damla, - deb aytadi. 
Choynakning ichi-yu tashini qaynoq suv bilan obdan 
chayib, olov ustidagi tunukaga q o ‘yasiz va yarimlatib 
suv quyasiz. Choy tezda sovib qolm asligi uchun choy- 
nakni yaxshilab qizdirishim iz kerak-da, to ‘g ‘rim i?
- T o ‘g ‘ri.
- Ana... Barakalla! Suvim iz yana qaynaydi. Chama- 
lab quruq choyni solasiz-da, ustiga yana qaynab turgan 
suvdan q o ‘shasiz. Choynakni ju da to ‘ldirib yuborsangiz 
nim a b o ‘ladi?
- Toshib ketadi.
- Barakalla! Demak, ozgina qolganda to ‘xtatasiz. 
B o‘ldi, choy qaynam asidan oldin qopqog‘ini yopasiz- 
da, olib kelaverasiz. Qolganini shu yerda qiyomiga 
yetkazam iz. Tushunarlim i?
- Tushunarli.
- Qani, boshqa bir choynakka aytganim day qilib 
dam lab keling-chi.
A ybim ni tan olib, yana oshxona tom on shoshdim. 
H ovlida kuym alanib yurgan Soliha aya orqavorotdan 
voqealar rivojini kuzatib turgan ch og ‘i chopib kelib
186


mushkulimni oson qildi. Onaxon choyni qoidasi bilan 
damlar ekan, choynak ustini sochiq bilan yengilgina 
artib ham q o ‘ydi.
- Bu yerda oddiygina choy damlash ham ovqat qilish 
bilan barobar-ku, - dedim Soliha ayaga erkalanganday 
b o iib . Aya miriqib kularkan, dedi:
- Ha, injiq bobongizga hech bir ishni q o ‘l uchida 
qilib boMmaydi, bolajonim.
Hoji buva x o ‘rozning tojiga o ‘xshash maxsus 
choponni choynakka kiygizib ovora qildim, uzr, -
deganday xotirjam gap boshladilar.
- Suv m e’yoridan ortiq qaynasa, foydali ozuqalari 
parlanib havoga uchib ketadi. M o‘ljalga yetm ay qolsa, 
makruh, qorinni o g ‘ritadi. N im a dedingiz?
- T o ‘g ‘ri. Suvdagi m ikroblar o ‘lmay qolishi m um - 
kin-da, - dedim bilag‘onlik qilib.
- Yashang! M akruh deganim iz xuddi o ‘sha siz ayt- 
gan m ikrobning o ‘zginasi. Labi uchgan piyolada choy 
ichish m akruh deyiladi. N im a uchun? Boisi singan 
joyda kasallik tarqatuvchi mikrob bor, - degani. Qani, 
piyolalam i ariqda yaxshilab yuvib keling-chi.
Piyolalar top-toza-ku, - degan o ‘y bilan suvda apil- 
tapil chayib keldim -da, Hoji buvaga uzatdim.
- Y uvm absiz-ku, - dedilar u kishi piyolaga termilib. 
r ' - Yuvdim.
t
- Boshqatdan qum bilan astoydil ishqalang.
- X o ‘p b o ‘ladi.
Buyurilgan yumushni aytganlaridan ham ortiq qilib 
bajargan b o ‘lsam ham, xavotir bilan u kishiga qaradim.
}
- Barakalla! Rahmat! Ana endi toza b o ‘pti.
E ’tirofdan ko'nglim yorishdi. Am m o sochiqni olib, 
ko‘ngillari to ‘lgunicha yana erinm ay artdilar. Choyni 
ustma-ust qaytarib tindirdilar-da, piyolalarga quyib, 
birini m enga uzatdilar. Choyning aksi yaraqlagan chinni 
atrofida jilvalanib o ‘ynay boshladi. Bunday m anzara


faqat yangi buyum larda b o ‘ladi, - deb xato o ‘ylagan 
ekanman. Hoji buva choydan bir h o ‘pladilar-da:

Ana, bu boshqa gap. Barakalla, o ‘g ‘lim! - deb 
q o ‘ydilar.
A vvaliga arzim agan narsa ustidagi gaplar biroz 
erish tuyulgandek edi. Am m o oliy navli 95 dan solib 
dam langan choyni ichganim dan so ‘ng fikrim butunlay 
o ‘zgardi. Chunki men shu paytgacha bu bebaho gav- 
ham ing qanchalik yoqim li va lazzatli b o ‘lishini bilmas- 
dim.
Ota m ehriga qonm aganim uchunmi yoki Hoji 
buvaning m enga b o ‘lgan e ’tiborlaridanm i, bora-bora 
bu tabarruk qariyaga ipsiz bo g ‘lanib qoldim. Yana 
bir sababi u kishining otalarcha nasihat va o ‘gitlariga 
o ‘zim da tashnalik, kuchli ehtiyoj sezardim. Shundanmi, 
dilkash suhbatlardan olgan saboqlarim huddi qumga 
suv quyganday butun ong-u shuurim ga singib borardi.
Bu fayzli xonadonda dasturxon tun-u kun y o z ig iiq
turadi. Undan asal, pista bodom, mayiz, turshak, yon- 
g ‘oq va jiy d a kabi quruq m evalam ing keti uzilmaydi. 
M ehm onlarga tabiat in ’om larining eng sara va sarxil- 
lari q o ‘yilar, odatga k o ‘ra tanovul qilishdan oldin ta ’ri- 
fini keltirib maqtaladi. Ishtahalar orom olgach, adoqsiz 
shukronalar aytilib, uni yetishtirgan dehqon-u sohib- 
korlar haqlariga duolar qilinadi. Bunday paytda noz- 
n e ’m atlar noyob bir m o‘jizag a aylanib, yegan sari yana 
yeging kelaveradi. Uyimizdagi otam ekkan olma-yu 
anorlam i qadriga yetmay, bepisand, qarovsiz ahvolda 
qoldirganim uchun o ‘zimni aybdor his qilaman.
Bu yerda yigirma, b a ’zan o ‘ttiz chog‘li shu depa- 
raning saralangan ziyoli tabaqasi tom onidan gap- 
gashtaklar uyushtirilib, oshlar dam lanadi va, albatta, 
kitobxonlikdan so‘ng Hoji buvaning ibratli hikoyat-u 
rivoyatlarini eshitib bahra oladilar, biri-biridan qiziq 
hangom alarini tinglab, xandon otib kuladilar.
188


Fikri teran, nigohlari o ‘tkir, sukunati haybatli bu 
donishmand qariya hayot tajribasiga, ilm -m a’rifatga 
to‘la xazinaning o ‘zginasi edi. S an’atkorona ifoda, 
so‘zdagi kuchli tortim tinglovchini sehrlab oladi. Voqea 
qanchalik yum orga boy b o ‘lmasin, hikoyachining o ‘zi 
sira kulm aydi. Shunday ajoyib bobom borligidan, u 
kishining nazarlariga tushganim dan ich-ichim dan qu- 
vonaman. M ehm onlar yarim tungacha davom etgan 
rohatbaxsh m ajlisdan olgan yoqim li taassurotlar bilan 
mamnun uyga qaytadilar.
Shunday gurunglam ing birida gapdan gap chiqib 
keksa tarix o ‘qituvchisi Ro‘zivoy aka (uni orqavorot- 
dan R o‘zi pryam oy deyishardi) doim pason b o ‘lib 
yuradigan N urm at tarang bilan tortishib qoldi. Bahs 
bosmachilar aslida xalq him oyachilari ekanligi haqidagi 
nozik m asalalar ustida borardi. Ro‘zivoy aka z o ‘r 
berib q o ‘rboshilam i him oya qilar, N urm at tarang esa 
uning fikrlarini keskin rad etib, tilini battar qichitardi. 
Davradagilar qayerga qochishni bilmay, betoqat b o ‘la 
boshladi. Chunki bunday m avzuda tortishish tugul, 
jimgina quloq solib o ‘tirishning o ‘zi ham qo ‘rqinchli 
edi. Yaqin o ‘tm ishdagi tazyiq-u qam a-qam alardan 
yurak oldirib q o ‘ygan Hoji buva sirli tom oq qirib, 
Ro‘zivoy akaga boshingiz-ga balo orttirib olmang, 
deganday m a’noli qaradilar-da, gapni boshqa tom onga 
burib, m unozaraga nuqta q o ‘ydilar.
- Bu voqeaga ancha b o bldi, - deya salm oq bilan gap 
boshladilar. Birpasda ham m aning diqqati Hoji buvaga 
qaratildi.
- Bilasiz, rahm atli akam ning uylari bilan o'rtam izda 
bir gektarcha keladigan o ‘rikzor maydon bor. Ertalab 
qarasam, akam o ‘sha yerda enkayvolib nim adir qil- 
yapti. O rqalarida ikkita echki bolasiyam turibdi. U ncha 
e’tibor bermadim. Tushga yaqin chorvoqqa o ‘tib, tag ‘in 
shum anzaraga ko ‘zim tushdi. Hayron b o ‘ldim.


Kechga yaqin ko ‘rsam, yana o ‘sha ahvol. Endi ros- 
mana o ‘ylana boshladim. Tavba, akam ertalabdan 
buyon enkayib nima ish qilyapti ekan. 0 ‘rik teryapti 
desam, o ‘rik pishig‘i em as, o ‘t yulyapti desam, u yerda 
o ‘tning o ‘zi y o ‘q. Hamma yoq ajiriq, chim. Qiziqishim 
ortaverganidan yaqinroq borib k o ‘rishga qaror qildim. 
Bordim -u, hayratdan yoqam ni ushladim. Obbo akam 
tushm agur-ey... Q iziq-qiziq odatlari bor edi-da. Sod- 
daliklari ham anchagina. Q arangki, u kishining echkilari 
yangi tuqqan b o ‘lib, bolalari em ib olm asligi uchun 
o ‘zlarining oq ishtonlarini echkining beligacha kiygizib 
q o ‘ygan ekanlar. Uzoqdan akam bo ‘lib ko ‘ringan narsa 
akam emas, ishton kiyib olgan echki ekan.
Davrada gurros kulgi k o ‘tarildi.
Shu voqeadan cham asi biror hafta o ‘tgach, k o ‘chada 
R o‘zivoy akani uchratib qoldim. Uning avzoyi buzuq, 
men tom onga q o ‘lini bigiz qilganicha o ‘d ag ‘aylab ke- 
lardi. V ajohatini ko'rib, q o ‘rqib ketdim.
- Kimga sotding?! K im ga sotding, shpion?! Gapir!
U tinm ay bolaxonador qilib so ‘kinar, asabiylash-
ganidan q o ‘llari qaltirardi.
- N im ani sotaman... N ega haqorat qilasiz? - dedim 
hayronligim oshib.
- Sotibsan-ku, yaramas! Suyunchisiga eski ishtonini 
yechib berdim i? Boshingga salla qilib o ‘rab olarding.
- R o ‘zivoy aka, tushuntiribroq gapiring... Jon aka... 
N im ani sotibm an?
- Tunov kungi o ‘tirishda aytganlarim ni oqizmay- 
tom izm ay maxsus idoralarga chaqibsan-ku!
- Tuhm at qilmang, aka. M en unday qilmaganman... 
Ishoning...
- U yerdagilam ing ham m asi biri k o ‘z, biri qosh, 
o g ‘aynilarim edi. Bu ishni faqat sen xom kalla qilishing 
m um kin xolos. Otangni hurmati b o ‘lm aganida bilardim 
nim a qilishni.
190


R o‘zivoy aka sal hovuridan tushgan k o ‘rinsa-da, fik- 
ridan qaytmadi. V aysaganicha yana y o iid a davom etdi.
Demak, o ‘sha kungi N urm at tarang bilan tortishuvda 
aytilgan gaplam i kim dir yuqori tashkilotga yetkazgani 
aniq edi.
0 ‘ylanib qoldim. H aqiqatanam davradagilam ing 
hammasi bir-biri bilan quchoqlashib k o ‘rishadigan 
do‘st-u yoronlar edi-ku. Nahotki shulam ing ichida ham 
munofiq sotqinlar b o ‘lsa. D onishm and boboning hush- 
yor, ziyrakliklariga yana bir bor amin b o ‘ldim.
Uzoq-yaqin qishloqlardan keladigan Hoji buvaning 
beg‘ubor tanish-bilishlari, 
sertavoze 
m uridlarining 
tashrifi hovlining fayzini yanada oshiradi. Ular quruq 
qo‘l bilan kelishmas, biri yon g‘oq, behi, yana biri q o ‘l- 
bola asal keltirib, Hoji buvaning tatib k o ‘rishlaridan 
o ‘zlarida y o ‘q shodlanadilar. M ol-u dunyo bilan ishi 
yo‘q bu odam lar faqat kitobxonlik, odam iylik haqida 
gurunglashib m aza qiladilar. Y ugurib-yelib choy tashir- 
kanman qu log‘im ulam ing boshqalam ikiga o ‘xsham a- 
gan suhbatlarida b o ‘lar, hurm at-ehtirom ga y o ‘g ‘rilgan 
munosabatlarini, d o ‘stga b o ‘lgan sam im iy muhabbatni 
ko‘rib hayratlanam an. B a’zan, m ening aqlim uncha 
yetavermaydigan m avzularda b o ‘ladigan beozorgina 
tortishuvlardan ham o ‘zgacha zavq olaman.
T o ‘xtavoy buva bilan «Jo‘ra dim» Hoji boboning 
bolalik o ‘rtoqlari. Bu oshnalarini k o ‘rganda bobo 
boshqacha bir holatga tushar, o ‘zaro sensirashib 
hazillashishar, yoshlikdagi ayrim voqealam i eslab, 
bolalarcha miriqib kulishadi.
T o‘xtavoy buva ju d a sertabassum, serzavq odam. 
Ulug‘ yoshda b o ‘lishiga qaram ay, bir piyola choy ichi- 
boq so‘ritokka chiqib uzum lam i xomtok qilishga kiri- 
shib ketadi. U toklam i qirqish, parvarishlash ishlarini 
o‘z ixtiyori bilan bem innat bajaradi. Goho atrofga o ‘y- 
chan alanglab, o ‘ziga m os ish topolm aydi shekilli, xayr-


m a’zurni nasiya qilib, velosipedini g'izillatib j o ‘nab 
qoladi. Uzum lar pishib dasturxonga tortilgan paytdagi 
T o ‘xtavoy buvaning holatini, suyunishini bir ko'rsangiz 
edi.
Jo ‘ra buva esa buning aksi. H addan ziyod kamgap. 
Indamasligi bois «dim » degan uncha yoqim li b o ‘l- 
magan taxallusni ham orttirib olgan. Hoji boboning 
aytishlaricha, uning kulganini hali hech kim k o ‘rmagan. 
U qorachadan kelgan, badqovoq, badjahl k o ‘rinsa-da 
ochiqko‘ngil odam. J o ‘ra buva har safar o ‘rto g ‘i bilan 
jim gina so‘rashib, «Seni k o ‘rgani keldim», deydi sekin- 
gina va boshqa bir so ‘z aytmay, asalga nonni botirib 
uraveradi.
Hoji buva bilan y o lg ‘iz qolganim da salobatlari 
bosibm i, iym anibroq qolsam , darrov tagdor so ‘z o ‘yin- 
lari bilan yoki o ‘zlari guvohi b o ig a n biror qiziq voqeani 
aytib, kuldirishga urinadilar. Bu bilan m eni o ‘zlaridan 
bezdirm aslikka, ota-bolalik rishtalarini yanada mustah- 
kam lashga intilayotganlarini sezib turaman.
Sakson yoshni qoralagan tabarruk otaxon tabiatan 
quvnoq b o ‘lishlariga qaram ay, b a ’zida o ‘lim qutqu 
solibmi, adoqsiz xayollar girdobida g ‘am ginlashar, o ‘z- 
laricha bir eshitishda yodlab oladigan baytlam i o ‘qib 
qolardilar.
- Lahat qurti agar kelsa egoli,
Qani ul dam da darm on «kish» degoli.
Bunday paytlarda qariyani yoqim siz holatdan chi- 
qarib chalg‘itishga urinam an: J o ‘ra buva sizni juda 
yaxshi k o ‘radilar-da... Boya nam oz o ‘qiyotganingizda 
kelib ketuvdilar.
- U meni k o ‘rgani em as, asal yegani keladi, - deydi- 
lar asta jilm ayib.
Bobom ni bahona qilib asalxo‘rlikka keladigan 
odam ni bir boplab q o ‘ygim keldi. J o ‘ra buvaning 
qorasi k o ‘rinishi bilan dasturxondagi asalni olib


ko ‘zdan pana qildim. U har safargiday: «Seni k o ‘rgani 
keldim », - dedi-da, o ‘rnashib o ‘tirib oldi. O zgina 
o ‘ylanib turgach, choyni q o iig a olib, k o ‘zlarini alang- 
jalang qilganicha asalni qidira boshladi. Topolm agach, 
sen yashirgansan, - deganday m enga bir o ‘qrayib qara- 
di-yu, yuziga fotiha tortib o ‘m idan qo ‘z g ‘aldi.
- N am uncha shoshasan, - dedilar shum ligim dan 
bexabar Hoji buva hayron b o iib .
J o ‘ra buva bobom gayam bir tum taydi-da, hassasini 
sudraganicha tezda chiqib ketdi. B o‘lgan voqeani Hoji 
buvaga aytib berdim. A vvaliga m iriqib kuldilar. S o ‘ng:
- Chakki qilibsiz. Shuning uchun k o ‘zi olm a terib 
o‘tirgan ekan-da. U bechoragayam qiyin, kam piri qazo 
qilgan, bolalari beparvo. O yog‘i bilan yurgan teng- 
doshlarimdan T o ‘xtavoy bilan Jo ‘ra qoldi xolos. Bir 
g‘aribdan yetib turgan savobdan ham bizni bebahra 
qilibsiz-da, - dedilar
0 ‘ylam ay qilgan hazilim bobom ga yoqm aganidan 
ko‘nglim da xijillik paydo b o ‘ldi. Lekin J o ‘ra buvaning 
hech narsa b o ‘lm aganday kelib turishi bu dilxiralikni 
tezda yuvib yubordi.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish