OTASHNING QORA DENGIZDA
«CHO‘MILGANI»
Eng yaqin d o ‘stim ham, sirdoshim -u ovunchog'im
ham kitob b o ‘lib qoldi. O 'zbek, rus va jahon bolalar
adabiyotining sara nam unalarini topib, sevib mutolaa
qila boshladim. 0 ‘qigan kitoblarim iz to ‘g ‘risida sinf-
dosh q o ‘shnim Rahmatjon bilan maza qilib bahslasha-
miz, bir-birim izga kitoblar almashamiz. Undagi ijobiy
qahram onlar bilan goh kulib, goh maroqli o ‘ylarga
tolamiz. Tashna qalbim da j o ‘sh urayotgan o ‘qish
zavqini, m a'naviy ozuqa va m utolaa lazzatini faqatgina
kitob bera olishini anglab, unga m ehrim ortadi. Kech
soat bir, b a ’zan ikkigacha o ‘tirib kitob o ‘qiyman va
148
kelajakda z o ‘r odam boMishni orzu qilib, shirin xayollar
og‘ushida uxlab qolaman.
Shunday kunlam ing birida eshik o ‘z -o ‘zidan tiriqlab
ochildi. Q o‘rqib ketdim. Uyga o ‘g ‘ri m ushukday pisib
Otash kirib keldi.
- Davron, u y g ‘oqm isan? - dedi u piehirlab.
- H a .
- Q o ‘rqma, men Otashman. Dadam uydami?
- Yo‘q. Ishga ketgan.
- Xayriyat.
Otash chiroqni yoqdi. U jud a yasanib olgan, kay-
fiyati chog‘ edi. K o‘zim ga b o ‘yi ch o ‘zilib, biroz ulg‘ay-
ganday k o ‘rindi. 0 ‘m im dan turib k o ‘rishdim.
- Eshik berk edi-ku. Q anday qilib ochding?
- Chepuxa. Shuyam ish b o ‘ptimi?
Otash kulib yonidan pichog‘ini chiqardi va maqtan-
gannamo dedi:
- M ana buni eshik orasiga asta kirgizib, halqani
ko‘tardim. Ochildi.
Uning o ‘tkir nigohi tokchadagi kitoblarga tushdi.
- 0 ‘- h o ‘-o ‘, olim b o ‘lib ketibsan-ku.
- Shuncha paytdan buyon qayerlarda yuribsan, -
dedim mavzuni o ‘zgartirib.
- Rossiyaga borib keldim, - dedi u bepisand kerilib.
- U c h - to ‘rt kun dadamning k o ‘ziga k o ‘rinmay turgin.
- Nega?
- Shu kunlarda siqilib yuribdi. Sendan ju d a xafa.
■
- Hadeb dadangni gapiraverm a. Nari borsa, o ‘tgan
safargiday azonda kelib urar-da.
- H ozir uyga kam kelyapti. Qovunlari pishib qolgan.
0 ‘shani poylab dalada yotib qolyapti.
- Shunday degin.
Otash berilib kuldi. - Bir qovunxo‘rlik qilarkanmiz-da.
Otash bilan allam ahalgacha gaplashib yotdik. U
qayerlarga borgani haqida to ‘lib-toshib hikoya qila
boshladi.
149
- Atrofdagi shahar bozorlarida sheriklarim bilan bir
yaxshi ishlab yurgandik.
- N im a ish qilding?
- Obbo... N im a ish boMardi, ch o ‘ntakkesarlik-da.
Bozor uchastkovoyi Tolikni chaqirib, besh-o‘n kun dam
olib turishim izni aytdi.
- U chastkovoy sizlam i bilarmidi?
- B ilganda qandoq. 0 ‘zi bizga sherik-ku galvars.
Dolyasini berib turardik-da. Korochche, odam lar arz
qilavergach, m entlar bizga qarshi kurashni kuchaytirib
yubordi.
Tolik: «Bekor yurgandan k o ‘ra, Qora dengizga
borib ch o ‘milib kelamiz», dedi. Jon deb rozi b o ‘ldik.
Erta sahar vokzalda to ‘xtab turgan yuk poyezdiga
yashirincha chiqib, qarta o'ynab o ‘tirdik. Tez orada
poyezd o ‘rnidan qo ‘zg ‘aldi. Taraqa-taraq, taraqa-taraq,
Q ora dengiz, qaydasan, - deb ketaverdik. Stansiyalarda
to ‘xtaganda har xil yeguliklar olib, maishatni bopladik.
Tongga yaqin uxlab qolibmiz. Bir payt k o ‘zimizni
ochsak, Rossiyaning Saratov shahriga kelib qolibmiz.
Bu yer vagonlar alm ashadigan katta stansiya ekan.
Poyezdim iz allaqachon bizlam i tashlab qayergadir jo ‘-
nab qolibdi. Vokzaldagi tirbandliklarga kirib chiqqan
Tolik bilan Sunnat birpasda ikki yuz so‘m ishlashdi.
Endi nim a qilishga hayron b o ‘lib turgandik, ro ‘pa-
ram izdagi yuk poyezdi o ‘m idan asta jila boshladi. Ta-
vakkal, yugurib bordik-da vagonlardan biriga chiqib
oldik.
Biz chiqqan vagon deyarli b o ‘sh b o ‘lib, yarmiga
xas-xashak, somon yuklangan ekan. M enim cha, sal
orqaroqda otlarga ham k o ‘zim iz tushgandi. Bu o ‘sha-
lam ing yem ishi b o ‘lsa kerak-da.
Karochche, qarta o ‘ynab, ziyofatni avjiga chiqarib
ketaverdik. Am m o borgan sari sovuq kuchayib, tishimiz
tishim izga tegm ay qaltiray boshladik. Noiloj xashaklar
150
ichiga kirib uxlam oqchi bo'ldik. Baribir foydasi b o ‘l-
madi. Sovuq zabtiga olib, chidab b o ‘lmay qoldi. Qani
endi manzilga tezroq yetib borsag-u, bu azobdan qutul-
sak. Tong otgach, poyezd qandaydir stansiyaga kelib
to‘xtadi. U chovim iz ham uydan yozgi kiyim lar bilan
yo‘lga chiqqandik. Bu yerda odam lar palto, telpak kiyib
yurardi.
Qayerga kelib qolganim izga hayron b o ‘lib, vagon-
dan shoshib tushdik-da, yengil k o ‘ylak-ishton bilan
vokzalga qarab chopdik. Keyin bilsak, biz adashib
butunlay boshqa y o ‘nalish, Sibir tom onlarga qarab
ketibmiz. Baxtim izga vokzal issiq ekan. C harchoqning
zo‘rligidan, o ‘rindiqlarga cho‘zilib uxlab qoldik. Bir
payt kim dir turtib u y g ‘otdi. K o‘zimni ochsam , ustim da
sap-sariq, tarashaday o zg ‘in yoshgina m ilitsioner tu-
rardi. Sheriklarim allaqachon u y g ‘onib, yerga qarab
shumshayib o ‘tirishibdi.
U bizni vokzaldagi xonalardan biriga, boshqa bir
militsiya m ayoriga topshirib, o ‘zi qayergadir ketdi. M a
yor har birim izga m atras, adyol berib podvaldagi nim
qorong‘i xonaga qam ab q o ‘ydi. Cham asi biror soat
vaqt o ‘tgach, xonasiga olib chiqib so ‘roq qila boshladi.
Birortamizda pasport y o ‘q. O g ‘zaki ravishda manzil-
larimizni yozib oldi. Yaxshilab tekshirib, ishonch hosil
qilgach, shu yerdagi tam addixonaga olib kirib, ovqat-
lantirdi.
-
Sizlami olib ketgunlaricha, O bezyankada vaq-
tincha yashab turasizlar, - deb yana o ‘sha xonaga olib
kirdi. Ammo bu safar eshikni qulflamay chiqib ketdi.
Har xil odam lam i angrayganim izcha tom osha qilib
Obezyankaga kirib-chiqib yuraverdik.
Yerto‘lada joylashgan bu xaroba kulba O bezyanka,
deb atalar, atrofda daydib yurgan, shubhali kim salam i
tutib, shaxsi aniqlanguncha shu yerda uch-to‘rt kun
ushlab turishar ekan.
151
Tashqari qattiq sovuq b o ‘lgani uchun qochish xayo-
lim izgayam kelmadi. Bir sutkada uch mahal issiq ov-
qatim izni yeb yotaverdik.
Besh kun deganda tum anim iz bolalar inspektori
Qosim ov bizni olib ketgani keldi. U to ‘rtalam izga bitta
kupega chipta olib, biz bilan birga ortiga qaytdi.
Poyezd Toshkentga kirib kelishi bilan niyatim iz
buzildi. Qosim ovni chalg‘itib juftakni rostladik. Uch
kun yayrab Toshkentni tom osha qildik. U yerdayam
Tolik bilan Sunnat jim o ‘tirishmadi. 0 ‘zim izga k o ‘rib
turganingdek yangi kiyim lar sotib oldik. K o‘rmagan
joylarim izni k o ‘rib, tekinga maza qilib aylanib keldik.
- O g“zingni to ‘ldirib tekinga deganing nimasi, o ‘sha
pullam i ham m asini dadam dan undirib ketishdi.
- Y o ‘g ‘-e ... Q anaqasiga?
- Ichki ishlar idorasidan kelishib, dadam ni jarim aga
tortishdi. ToMamaslikning iloji bo'lm adi. Uydagi uchta
qo ‘yni sotib, pulini jarim aga to ‘ladik.
- Shunday degin.
- D adam ga k o ‘rinm ay turgin, - deganim ning boisi
ham shu edi.
- Ajab b o ‘pti. Peshona teri qilib topganini to ‘lagan
b o ‘lsaki, achchiqlansa.
Otash xandon otib kuldi.
- Uydagi uchta q o ‘yni sotib, pulini naqd to ‘ladi,
deyapm an-ku.
- Harom o ‘lgan m olning g o ‘shtini oshxonalarga
pullaganini bilasan-a.
- Bilmayman.
- Bilm asang, bilib q o ‘y. Sen aytgan q o ‘ylam i dadam
o ‘sha belini o g ‘ritm ay topgan puliga sotib olgan. Qani,
m enga bir narsa deb k o ‘rsin-chi. Hali qarab turasan, uni
shunday boplaym anki...
Toliqqan vujudim ga uyqu lashkari bostirib kelar,
O tashning alamli so‘zlari qulog‘im ga elas-elas eshitilib
turardi.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |