QO‘RQINCHLI TUN
H avoning avzoyi buzilib, y o m g‘ir tom chilay bosh-
ladi. Yengil esayotgan shamol kechga borib dahshatli
ko‘rinish oldi. Elektr toki uzilib, atro f zim istonga ay-
landi. M en ketm a-ket qo g ‘oz yoqib turdim. Onajonim
toshfonarni topib sozladi. Qotib qolgan pilikni barm og‘i
bilan chim chib gugurt chaqdi. Chiroq istam aygina lipil-
lay boshladi.
- X ayriyat, kerosini to ‘la ekan, - dedi onam xursand
b o ‘lib. U yim iz asta yorishdi. D evorga tushgan ulkan
soyalarim izni tom osha qilib, jim o ‘tiraverdim . Onam
chiroq yo rug‘ida yana to ‘qishni boshladi.
U sira jim o ‘tirmas, butun dard-u alam larini ipga
q o ‘shib tugayotgandek k o ‘rinardi. Tashqaridan shamol-
ning uvullashi-yu, allanim alam ing taraqlab yiqilishi
eshitiladi. Sezib turibman, onamni ham q o ‘rquv bosa-
yapti. Birdan oldim izdagi deraza oynasiga nim adir
kelib zarb bilan urildi. Ikkim iz ham cho‘chib o ‘sha
tom onga qaradik. M usicha. U ning patlari to ‘zib, bizga
bir lahzagina iltijo bilan qaray oldi xolos. Shu zahoti
k o ‘zlari yaraqlagan qora m ushuk q o ‘rqinchli chinqirib
o ‘qday uchib keldi-da, m usichaga chang soldi va uni
tishlab tezda k o ‘zdan g ‘oyib b o ‘ldi. O najonim ichlariga
tuflab, m enga darrov choy quyib uzatdi.
- Q o‘rqib ketding. Ma, darrov ichib ol.
- Oldin o ‘zingiz iching, - dedim q o ‘llari titrayotgan
onam ga qarab.
84
- B echora m usichani olib ketdi-ya, o ‘lgur.
- 0 ‘g ‘ri m ushuk ekan, k o ‘zlari yonyapti, - dedim
onamga dalda berganday b o ‘lib.
- Kel, o ‘g ‘lim, yaxshisi yotib uxlaymiz.
Onam chiroqni pasaytirib, yonim ga ch o ‘zildi. Butun
vujudimiz quloqqa aylandi. Tashqaridan yosh bolaning
yig‘lagan ovozi eshitildi.
- Eshityapsizm i, kim dir y ig ‘layapti, - dedim pichir-
lab.
- Ha, y ig ‘layapti, - so ‘zimni tasdiqladi onam.
Q o ‘rquv bilan yana quloq tutdik. Chindanam kim dir
y ig iam o q d a edi.
- S harif y ig ‘layapti.
- Ha, S h arif y ig ‘layapti. Yana onasi urdim ikan-a, -
onam dadillashib so‘zida davom etdi. - N ahotki, shun
day q o ‘rqinchli kechada bolasini tashqariga haydagan
b o is a .
Y ig‘i tobora avjiga chiqardi.
- Bechora Sharif, - dedi onam ning rahmi kelib.
Yon q o ‘shnim iz To‘lan buva kam piri To‘xta xola
qazo qilgach, uzoq tojik qishloqdan Q o‘ysin degan
yoshgina ayolga uylangandi. Ayolning bir qiz, bir o ‘g ‘li
bo‘lib, o ‘g ‘lining oti S harif edi. Q o ‘ysin opa negadir
o ‘g ‘lini ko ‘p urar, b a ’zan uyga kiritm ay jazolardi. Sha-
rifning atrofda bor ovozda y ig ‘lab yurishiga birm uncha
ko‘nikib ham qolgandik. Bugungisi ham m asidan o ‘tib
tushdi.
- Tur, Davronjon! Sharifni uyga olib kelamiz. Q o ‘r-
qib yuragi yorilm asin tag ‘in, - dedi onam astoydil
o ‘m idan turib.
Onalik mehri qo ‘rquvdan g ‘olib kelayotganini ang-
ladim. Indam ay onam ga ergashdim. Shamol osm onga
uchiraman, deganday tobora avjiga chiqmoqda. Qi-
ziq, y ig ‘i ovozi tom dan kelm oqda edi. Sharifni tom-
ga haydab chiqarishdim ikan. To‘lan buva bilan tomi-
85
miz tutash b o ‘lgani uchun «Sharif! Sharif!» deb chaqir-
ganim izcha narvondan asta yuqoriga ko'tarildik.
Q orong‘ida hech narsa ko ‘rinm adi. Atrofni paypas-
lab, qo ‘lim ga ilingan kichikroq tayoqni y ig ‘i kelgan
tom onga qarab otdim. Dupurlab birin-ketin nim adir
qochdi. Q o‘rqib ketdik.
- Mushuk! M ushuk ekan-ku, - dedim o ‘zimni kulgi-
dan tiyib.
- N ahotki, m ushuk S harif bilan bir xil y ig iasa-y a.
Voy o ‘lgur-ey, - dedi onam hayratlanib.
O najonim bilan kulishib uyga kirdik. Q o ‘rquv
ham biroz chekinganday b o ‘ldi. Kelib joyim izga yot-
dik. Yana adoqsiz xayollar o ‘z dom iga tortdi. Eh,
dadajonim -a, o ‘zingiz bilan yuragim ning butunligi-yu,
k o ‘nglim ning quvonchini ham olib ketdingizm i? Siz
bilan birga uyim izning fayzi, farog‘ati ham ketib qoldi-
ku. Meni katta odam qilmoqchi edingiz. Q ulog‘imga
dadam ning ovozi eshitilganday b o ‘ladi: « 0 ‘g ‘lim,
o ‘zingni q o ‘lga ol. Shundoq b o ‘lishi kerak ekan, b o ‘ldi.
Sabr qil, sen, albatta, katta odam bo'lasan. Q o‘rqma,
endi sen yosh bola emas, jasu r va mard yigitchasan».
K o‘zim ilingan ekanm i, bosinqirab baqirganday
b o ‘ldim. Q o‘rqib ketgan onam m ehribonlik bilan bo-
shimni siladi.
- Uxla, bolam , yom on narsalam i o ‘ylama.
Yana uyqum qochdi. Oxiri y o ‘q xayollar kelaverdi,
kelaverdi. K im dir onam ni chaqirganday b o ‘ldi. Butun
vujudim ni yana q o ‘rquv egalladi. O voz ju d a past eshiti-
lardi.
- O ynisa, ho-o Oynisa.
- K im dir sizni chaqiryapti, - dedim onam ni yengil
nuqib. O nam qim irlam ay quloq tutdi.
- Oyni-sa-xo-o-n.
O voz tanishday tuyuldi. Yarim kechada kim b o ‘lishi
86
mumkin. O nam sapchib o ‘m idan turdi-yu, shaxt bilan
eshik tom on yurdi.
O rqasidan ergashdim. Ne k o ‘z bilan k o ‘rayki, eshigi-
miz oldida k o ‘zlarini chaqchaytirib shirakayf Sam intoy
aka turardi. Ikkimiz ham unga qarab haykalday qotib
qoldik. U bir onam ga, bir m enga qarab ishshayganicha
chaynalib, hol-ahvol so ‘rashgan b o id i.
- N ega keldingiz! - dedi hushini y ig ‘ib olgan onam
vajohat bilan.
- Sizni holingizdan bir xabar olay degandim. Yaxshi
o ‘tiribsizlarm i? R o‘z g ‘orda kam chiliklar b o ‘lsa, tortin-
may aytavering. Men sizga yordam qilmoqchiman.
- Yordaming boshingdan qolsin, nom ard, - dedi
onam kutilm aganda sensirab. - N ega uyim ga devor
oshib kirding! Seni sadag‘angga zor emasman! Yo-
nimda kap-katta, yigit o ‘g ‘lim bor! Ertaga m ahalla oq-
soqollarini chaqirib sharm andangni chiqaram an, iflos!
Yo‘qol bu yerdan!
Voqea bunday tus olishini kutm agan Sam intoy aka,
«lye, iye, men sizga yordam qilm oqchi edim xolos»,
deganicha dovdirab o ‘zini qorong‘ilik q a ’riga urdi.
O nam ning vajohatini k o ‘rib, men ham esankirab
qoldim.
- N ega unday qildingiz, axir u bizga yaxshilik qil
moqchi ekan-ku, - dedim q o ‘rqa-pisa onam ga qarab. U
indamadi.
Asta shashtidan tushib o ‘ziga keldi va birm uncha
muloyimlashdi.
- Katta b o ‘lganingda tushunib olarsan, bolam, - dedi
va meni m ahkam b ag ‘riga bosib, to ‘y ib-to‘yib y ig ‘ladi.
Tunga vahim a solib o ‘kirayotgan shamol, onajonim-
ning alamli y ig ‘isini b ag ‘riga singdirib, uzoq-uzoqlarga
olib ketayotganday edi, g o ‘yo.
Do'stlaringiz bilan baham: |