8. FEDERATED. Bu tipda jadval tarmoqdagi boshqa kompyuterda saqlanadi. O‘z kompyuteringizda faqat strukturani saqlovchi «*.frm» fayl hosid bo‘ladi. Bu tipni yaratish uchun, dastlab boshqa kompyuterda jadval ochiladi, so‘ng o‘z kompyuteringizda u jadvalni ko‘rsatib qo‘yasiz.
MySQLda bundan boshqa tiplar ham bor, bu eng qiziq va ko‘p ishlatiladiganlari. Bularni keyingi maqolalarda misollar bilan ko‘rsatishga harakat qilaman.
MySQL MBBTda jadvallar yaratish
Ma’lumotlar bazasi asosi — jadvallarga ham yetib keldik. Maqolada, jadval yaratish sintaksisini ko‘rib chiqamiz. Yaratilayotgan jadvalning parametrlarini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsataman(boshqa saytlar kabi hammasini bitta misolda emas). Demak, MySQLni ishga tushiramiz va ulanamiz, kerakli bazani tanlaymiz va boshlaymiz.
Dastlab, oddiy 2 ta ustundan iborat bo‘lgan jadval yaratamiz(hech qanday parametrlarsiz).
1
|
mysql> create table test(id int, name varchar(10));
|
Do'stlaringiz bilan baham: |