Python dasturlash tilida ishlash print operatori haqida



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#439179
Bog'liq
Python dasturlash tili. 2-dars (1)



2-DARS
Python dasturlash tilida ishlash.
1.print operatori haqida.
print operatori ma’lumotni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. Umumiy
ko’rinishi: print(‘ Kerakli so’z, yoki o’zgaruvchi’)
IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz. Dasturni saqlab, ishga
tushiramiz.(Run
а
Run Module)
Agar bir necha qatorlarni ekranga chiqarish kerak bo’lsa printdan takroran
foydalanamiz.
IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz. Dasturni saqlab, ishga
tushiramiz.(Run
а
Run Module)


Demak print operatori siz kiritgan ma’lumotni ekranga chiqarish uchun xizmat
qiladi. Bu operatorda boshqa ma’lumotlarni ham ekranga chiqarish mumkin. Bu
holni dasturlar yaratish davomida o’rganib boramiz.
2.O’zgaruvchilar.
Matematika fanida masalalarni yechishda noma’lumlarni qanday belgilash
masalani yechishga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun noma’lumlarni o’zimizga
qulay tarzda belgilash mumkin. Python dasturlash tilida ham ma’lumotlarni
qanday o’zgaruvchilar yordamida belgilash dastur ishlashiga ta’sir qilmaydi.
Shuning uchun o’zgaruvchilarni o’zimizga qulay tarzda belgilaymiz. Raqamli va
harfli o’zgaruvchilarni kiritishdagi farq, harfli ma’lumotlar apostrof (‘ ’) ichiga
olib yoziladi.
Masalan:
a=5; sonli o’zgaruvchi.
a harfi o’rniga ixtiyoriy nom berish mumkin. (son=5; x=5…). O’zimizga qulay
nom tanlaymiz.
a=’maktab’; harfli o’zgaruvchi.
a harfi o’rniga ixtiyoriy nom berish mumkin. (son=’maktab; x=’maktab’…)
O’zimizga qulay nom tanlaymiz.
Bu holni dasturda ko’ramiz. Dasturga Mening birinchi dasturim so’zini
avvaldan kiritib, so’ngra uni ekranga chiqarishni o’rganamiz. IDLEni ishga
tushirib, rasmda ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz, saqlab olamiz va dasturni
ishga tushiramiz. (Run
а
Run Module)
Yuqoridagi rasmdan ko’rinadiki o’zgaruvchini qanday nomlash (a=’Mening
birinchi dasturim’, dastur=’Mening birinchi dasturim’) dastur natijasiga ta’sir
qilmaydi. Albatta qulay nom bilan nomlaymiz.


Endi sonli ma’lumotlar bilan qanday ishlashni o’rganamiz. IDLEni ishga
tushirib, rasmda ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz, saqlab olamiz va dasturni
ishga tushiramiz.
Rasmdan ko’rinadiki raqamli ma’lumotlar oddiy, harfli ma’lumotlar ‘’
belgilar ichiga olib kiritilar ekan. O’zgaruvchini qanday nomlash dastur
faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
3.input() operatori haqida.
Yuqoridagi dasturlarda ma’lumotlar dasturga avvaldan kiritilgan. Har doim ham
ma’lumotlar dasturga avvaldan kiritilmaydi. Ma’lumotlarni foydalanuvchi o’zi
kiritishi ham mumkin. Bu holda input() operatoridan foydalaniladi.
Umumiy ko’rinishi input(‘ Kiritilishi kerak bo’lgan ma’lumot=’ ). Hozir bu holni
dasturda ko’rib chiqamiz. Masalan dastur ismingizni kiritishni so’rasin va siz
ismingizni kiritsangiz dastur ekranga chiqarib bersin.
(Ismingizni kiritib, enter tugmasini bosing.) IDLEni ishga tushirib, rasmda
ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.


Raqamli ma’lumotlarni input () operatori bilan ishlatishda raqam turi oldindan
dasturga kiritiladi. Matematika fanidan ma’lumki, raqamlar butun (Python tilida
int), haqiqiy (Python tilida float) va boshqa turda bo’lishi mumkin. Keling bu
holni dasturda qaraymiz. Dastur sizdan avval ismingizni so’ngra yoshingizni
kiritishni so’rasin va ma’lumotni ekranga chiqarib bersin. Ma’lumotlar har safar
kiritilayotganda enter klavishi bosiladi. IDLEni ishga tushirib, rasmda
ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz.
Yoshni kiritish so’rovida int so’zi ishlatildi, chunki yosh raqamli ma’lumot
turiga kiradi. Ma’lumotni har safar kiritayotganimizda (dastur natijasini
tekshirishda) enter klavishini bosamiz.
Python dasturlash tilida matematik amallar.
1.+ qo’shish amali
2.- ayirish amali
3.* ko’paytirish amali
4. / bo’lish amali
5. % qoldiq topish amali
6.// bo’linmaning butun qismini topish amali
7. ** sonni darajaga ko’tarish amali
Bu amallarni dasturda ko’rsatamiz.
Telegram kanalimiz: @Videodarslar_uzb yoki http://t.me/Videodarslar_uzb
Murojaat uchun: @Bepul_Videodarslar yoki http://t.me/Bepul_Videodarslar
Telegramning qidiruv bo'limidan qidiring.
Biz bilan birga bo'ling.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish