MySQL Enterprise Serverni MySQL Community Serverdan farqi, Enterprise tipi o‘zida barcha utilitlarni qamrab oladi va chiqayotgan barcha yangi patch va o‘zgarishlar dastlab shu tipiga chiqariladi va ancha vaqtdan so‘ng Community tipiga chiqadi. Undan tashqari Enterprise tipida klaster texnologiyasi ham mavjud. Biz uchun Community tipi ham yetarli hisoblanadi va shu tipini o‘rganib boramiz.
MySQL Community tipining ham 2 turi mavjud bo‘lib, biri Essentials(boshlang‘ich) versiyasi, ikkinchisi Installer deyiladi. Essential turida faqat server mavjud bo‘lib, hech qanday qo‘shimcha komponenlar yo‘q, Installerda esa bir necha qo‘shimcha komponentlar mavjud bo‘lib, hajmi ham kattaroq. Essential versiyasi zip arxivda beriladi, Installer esa msi fayli ko‘rinishida bo‘ladi.
Undan tashqari mysql ni ko‘chirib olishda, operatsion tizimning qaysi bitligini ham inobatga olish lozim(operatsion tizim bitlari haqida). Saytda ham, 64 va 32 uchun alohida mysql dasturini fayllari taklif qilinadi.
MySQL ishlashi uchun, hech qanday Apache serveri, hech qanday PHP kerak emas. Faqatgina bazani o‘zini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Apache PHP larni o‘rnatmang. Bular faqat to‘liq sayt yaratish uchun kerak. To‘g‘ri bularni o‘rnatish ham qiyin emas, lekin ortiqcha narsalar. Bazani mukammal o‘rganganingizdan so‘ng qolgan narsalarni o‘rnatib, sozlovchi fayllar orqali bir birlarini bog‘lab olasiz.
Ya’na bir narsa, ko‘pchilik saytlarda oldin Apache qo‘ying, keyin mysql va oxirida PHP ni o‘rnating degan maqolalarni uchratish mumkin. Umuman olganda ketma-ketlikning umuman farqi yo‘q, birgalikda ishlashsa ham, bular hammasi alohida — alohida dasturlar.
Agar hali ham mysql nimaligini anglay olmagan bo‘lsangiz, oxirgi tushuntirish gaplarini yozaman, bu — ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo‘lib, bu tizimga sinonim tizim qilib, Oracle, MS SQL SERVER larni misol qilish mumkin.
MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)
Bu maqolada MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o‘rnatish va sozlashni ko‘rsatib o‘taman. Sun firmasini Oracle sotib olgandan so‘ng, MySQL ham butunlay o‘zgarib ketti va 5 versiya o‘zgacha qiyofaga keldi, ya’ni mukammallashtirildi. Maqolada Windows 7 operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan MySQL 5.6.20 versiyasini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman.
Dastlab, MySQL 5.6.20 versiyasini uy sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan MySQL Community Server dasturini internetdan ko‘chirib olamiz(nimaga aynan Community Server). Bu dasturning hajmi 248.2 megabaytni tashkil qiladi(32, 64 bitlik tizmilar uchun). Ko‘chirib olgandan so‘ng, «mysql-installer-community-5.6.20.0» faylini ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz.
Install MYSQL Products yozuvini bosib, o‘rnatishni davom ettiramiz.
Litsenziyaga oid matnni o‘qib chiqamiz(:)) va barsha shartlarga rozi bo‘lamiz — I accept the license terms.
Dasturni yangilash yo‘llari so‘ralmoqda, bizga yangilashning umuman keragi yo‘q(hozirgi holatda), shuning uchun «Skip the check for updates» ni belgilaymiz.
O‘rnatilish tiplari so‘ralmoqda, ular quyidagilar:
— Developer Defaults. Dasturchilar uchun mo‘ljallangan turi. Bunda MySQL serveri, dasturlash muhitlari, har xil kutubxonalar o‘rnatiladi.
— Server only. Faqat server qismi o‘rnatiladi, hech qanday qo‘shimcha narsalar o‘rnatilmaydi. Biz shu tipini o‘rnatamiz.
— Client only. Faqat kliyent qismini o‘rnatadi. Tarmoq orqali boshqa kompyuterdagi serverga ulanib ishlanadi.
— FULL. Nomidan ma’lumki barcha komponentlarni o‘rnatadi.
— Custom. Bu tipi professionallar uchun, ya’ni o‘rnatiladigan barcha komponentlarni o‘zingiz belgilab chiqasiz.
O‘ng tomonda qaysi adresga dasturni o‘rnatish kerakligi ko‘rsatiladi. NEXT
Tanlangan komponentalar ishlashi uchun kerak bo‘ladigan va o‘rnatilishi zarur bo‘ladigan dasturlar ro‘yxati uchun oyna. Bizning holda hech nima kerak emas, o‘rnatishni davom ettirishimiz mumkin. NEXT
O‘rnatilayotgan mahsulotlar ro‘yxati va EXECUTE
O‘rnatilish hatosiz amalga oshirildi. NEXT
O‘rnatilgan MBBTni sozlash jarayonini amalga oshirishni boshlash, NEXT
Do'stlaringiz bilan baham: |