Sirtqi stil jadvalini ishlatish eng maqbul variant ekani ko’rinib turibdi. Chunki uni saytning barcha hujjatlariga qo’llashingiz va sayt ko’rinishini boshqarish uchun yetarlicha moslashuvchan mexanizmga ega bo’lishingiz mumkin. Biror fayl uchun kiritilgan o’zgarishlar darhol boshqa sahifalar uchun ham amalga kiradi. Sirtqi stil jadvali eng oddiy matn muharrirlari (masalan «Bloknot» - Notepad) yordamida yaratilishi mumkin. Unga .css kengaytmali nom berib (masalan, site.css) saqlab qo’ysangiz bo’ldi. Keyin uni HTML hujjat bilan bog’lash uchun tegidan foydalanamiz:
ya’ni href atributida stillar jadvalining URL-adresi ko’rsatiladi.
Stillar jadvalini albatta alohida fayl sifatida saqlash shart emas. Uni hujjatning tanasiga bevosita kiritib qo’yish ham mumkin, lekin unda jadval faqat shu hujjat fayli uchun o’rinli bo’ladi. Stillar jadvalini hujjatga kiritish uchun