Muzeyning funksional-rejaviy tuzilmasi:
1 – vestibyul va garderob; 2 – axborot-ma’lumotnoma bo‘limi; 3 – ekskursovod xonasi; 4 – tibbiy punkt; 5 – chekish xonasi; 6 – hojatxona; 7 – kiosklar; 8 – dam olish xonasi; 9 – bufet; 10 – bolalar uchun o‘yin xonasi; 11 – leksiya zali; 12 – ommaviy tadbirlar zonasi; 13 – davriy ko‘rgazmalar zonasi; 14 – auditoriya; 15 – kutubxona; 16 – foyye; 17 – direksiya; 18 – majlislar zali; 19 – ilmiy xodimlar kabinetlari; 20 – xizmat vestibyuli; 21 – maishiy xonalar; 22 – xodimlar yemakxonasi, yordamchi xonalari bilan; 23 – foto va boshqa laboratoriyalar va ustaxonlar; 24 – eksponatlarni qabul qilish, konservatsiya qilish, tayyorlash; 25 – texnik xonalar; 26 – seyf.
Rekreatsiya zonasi ekspozitsiyalarni ko‘rgandan keyin dam olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kirish zonasi (agar u shaharda yetarlicha ajratilgan bo‘lsa) bilan birlashtirilishi, shuningdek ochiq ekspozitsiya bilan qo‘shilib ketishi mumkin.
Xo‘jalik zonasi muzey uchun zarur bo‘lgan issiqlik punkti, transformator podstansiyasikabi muhandislik xizmatlarini, shuningdek omborlar va garajlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Ta’kidlash lozimki, zamonaviy tendensiyalarga ko‘ra, rivojlangan xo‘jalik zonasini rad etish kuzatilmoqda: texnik xonalar imkon qadar binoning yerto‘la va sokolli qavatlariga joylashtirilayotganini ko‘rish mumkin. Xo‘jalik zonasini muzey va ko‘rgazma eksponatlarini qabul qilish va jo‘natish uchun mo‘ljallangantomondan joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Muzeylar faoliyatining asosiy turlari
Muzeylar faoliyatining asosiy turlari quyidagilardan iborat: kolleksiyalarni jamlash, shakllantirish va saqlash, ilmiy tadqiqot ishlari, madaniy-ma’rifiy faoliyat. Kolleksiyalarni jamlash, shakllantirish va saqlash. Muzey funksional dasturni o‘ziga xos vositalar yordamida bajaradi. Ashyoviy yodgorlik – yo‘nalishlari bo‘yicha turli bo‘lgan muzeylar faoliyatining asosi hisoblanadi. Fondlarni aniqlash, hisobga olish va jamlash muzeyning ixtisoslashuviga asoslangan holdabajariladi. Eksponatlar ahamiyatiga qarab muzey fondlari asosiy va ilmiy-yordamchi fondlarga bo‘linadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati bir nechta izchil ketma-ketlikka ega fazalardan iborat. Birinchi bosqich – materialni aniqlash va uni toifalash, kelgusida ilmiy nuqtai nazarda ishlanishi va madaniy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishiimkoniyatlarini belgilash, fondlar va ekspozitsiyaga qabul qilingan materiallar va eksponatlarni joylashtirish. Muzey to‘plamidagi material va eksponatlarning ilmiy klassifikatsiyasi kataloglar va boshqa ilmiy-yordamchi hujjatlarni tuzishda aks ettiriladi. Ekspozitsiya tashkil etilishi va ilmiy maqolalarni tayyorlanishi muzey materiallarining ilmiy ishlanishidagi yakuniy faza hisoblanadi. Ilmiy ishlarni o‘tkazish uchun muzey xodimlari va fondlarning mutaxassislari uchun fond kolleksiyalaridagi barcha materiallardan foydalanish imkoniyati ta’minlanishi zarur. Muzey faoliyati asosini doimiy ekspozitsiya tashkil etadi. Ekspozitsiya, asosan, dastlabki ilmiy ishlovdan o‘tgan asl eksponatlardan shakllanadi.
Ekspozitsiyaga bo‘lgan asosiy talablar:
me’moriy rejali tuzilishi va ilmiy konsepsiyaning yagonaligini ta’minlash;
tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar: harakatlanishning puxta o‘ylangan jadvali, eksponatlarni yakka tartibda va ekskursion guruhlar tarkibida tomosha qilish imkoniyatlari, tomoshabinlarlarning turli toifalari manfaatlarini hisobga olish;
namoyish etiladigan materialni muzeyning tuzilmasi va tematikekspozitsion rejasiga muvofiq ifodali taqdim etish shakli;
eksponatlar saqlanishini ta’minlash: yoritilishning, harorat va namlikning zarur darajasiga, kolleksiyani qo‘riqlash choralariga qat’iy rioya qilish.
Muzeyning me’moriy hajmi ekspozitsiya zallari va ochiq ekspozitsiyadan tashkil topadi. Xonalar tarkibida tashrif buyuruvchilarga muzey kolleksiyalari va bino haqida axborot-ma’lumotlar taqdim etiladigan kirish zalini loyihalashtirish maqsadga muvofiq.
Ko‘rgazmalarni o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat muzeyning zamonaviy hayotda ishtirok etishining shakllaridan biri hisoblanib, ko‘rgazmalar muzeyning o‘z fondi hamda boshqa muzeylarning fondi yordamida tashkil qilinadi. Bunday tadbirlar muzeyning ekspozitsiya imkoniyatlarini oshirib, tashrif buyuruvchilarning yangi toifalarini jalb qilishga yordam beradi.
Ko‘rgazma o‘tkazishning ikkita asosiy shaklidan foydalaniladi: muzey ichida va ko‘chma ko‘rgazmalar – bunda maxsus ko‘rgazma zallari va transport vositalari bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rgazma zallariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
vestibyulga yaqinlik, boshqa xonalar orqali o‘tmasdan, bemalol kirish imkoniyati;
fazoviy va badiiy yechimlarning neytralligi;
oson va tez transformatsiya (o‘zgartirish) imkoniyati.
Zallar qoshida ko‘rgazma uskunalarini va inventar saqlash uchun xonalarni ko‘zda tutilishi, fond saqlanadigan xonalarda ko‘chma ko‘rgazmalar uchun maxsus xonalarni (imkon qadar chiqish eshigiga yaqin joyda) loyihalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Madaniy-ma’rifiy ishlar sirasiga ko‘rgazmalar, ekskursiyalarni tashkil etish, leksiyalar, uchrashuvlar, konferensiyalar, kechalar, suhbatlarni o‘tkazish, kinofilmlarni namoyish qilish, to‘garaklar faoliyatini yuritish kabilar kiradi. Bu, o‘z navbatida, muzey tuzilmasiga kinoleksion zal, to‘garaklar uchun xonalar, shuningdek universal maydonlar kiritilishini shartlab beradi.
Madaniyatlararo muloqot tomonga umumiy burilish ro‘y berayotgan, muzey binolari esa universal san’at markazlariga aylanib borayotgan hozirgi sharoitlarda muzeylar uchuntarkibida boshqa funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan binolarga xos bo‘lgan xonalarning bo‘lishi tabiiy holdek qabul qilinmoqda. Masalan, ba’zi muzeylarda o‘quv ustaxonalari, tomosha zallari, mediatekalar loyihalashtirilayapti. Kolleksiyalarni saqlash ekspozitsiya zallari va muzey fondlarida eksponatlarni saqlash bo‘yicha tadbirlardan iborat. Saqlash eksponatlarning turlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Eksponatlar konservatsiyasi va restavratsiyasi ishning asosiy qismi hisoblanadi. Muzeyning kattaligi va ahamiyatiga bog‘liq tarzda bitta restavritsiya ustaxonasi yoki ustaxonalar va laboratoriya kompleksi ko‘zda tutilishi mumkin. Bir nechta muzeylarga tegishli fondlar markazlashtirilgan sharoitlar uchun fondlar saqlanadigan maxsus omborlar, ustaxonalar va laboratoriyalarning bazaviy markazini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |