Frankfurt shahridagi Badiiy hunarmandchilik muzeyi, Germaniya, arxitektor R. Meyyer, 1979-1984
Shaharsozlik yechimi
Muzey binolari uchun joylashuvning shaharsozlik vaziyatiga bog‘liq ravishda uchta asosiy turini ajratish mumkin:
park zonasida – orol ko‘rinishidagi erkin joylashuv;
qurilgan binolar rekonstruksiya qilinayotgan zonadagi joylashuv; - shaharning madaniy markazi tarkibidagi joylashuv.
Muzey shahar tashqi muhitidan maksimal tarzda ajratilgan bo‘lib, yashil o‘simliklar bilan himoyalangan, havoni filtrlash va tozalash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Muzey shahardagi imoratlar o‘rtasida joylashtirilsa, u holda uning uchastkasi aniq ajratilishi zarur. Muzey binosi orol ko‘rinishida joylashtirilganida, uning chegaralarini shartli ravishda ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi. Muzey uchastkasiga yondosh shahar yoki park hududi ham, garchi, rasman muzeyga tegishli bo‘lmasada, agar muzeyning tashqi qiyofasiga mos tushsa va uzviyyaxlitlikni tashkil etadigan bo‘lsa, muzeyga taalluqli bo‘lishi mumkin. Muzey uchastkasi kelgusida muzey kengaytirilishi uchun imkoniyat berishi lozim. Muzey uchastkasining maydoni kolleksiyalar o‘lchami va turiga bog‘liq tarzda belgilanadi. Muzey uchastkasi quyidagi funksional zonalarga bo‘linadi: kirish, ekspozitsiya, rekreatsiya, xo‘jalik. Barcha zonalar, ayniqsa, birinchi uchta zona aniq bo‘linishga ega bo‘lmasliklari mumkin.
Kirish zonasi. Muzeyga kirish zonasi “qizil liniya” dan kamida 15 metr masofada joylashib, ba’zida ochiq joydagi eksponatlar o‘rnatilgan holda, psixologik tayyorgarlik zonasini tashkil qilishi lozim. Muzeyga yaqinlashishda bu zonada psixologik nuqtai nazardan vaekspozitsiya bilan tanishish uchun diqqat yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadida tashrif buyuruvchilarga zarur bo‘lgan pauza yaratiladi. Kirish zonasini obodonlashtirishda kichik me’moriy shakllar, axborot va reklama vositalari, ayrim hollarda esa – yirik va predmetli eksponatlar ishlatiladi. Kirish zonasi yaqinida ekskursiya avtobuslari va avtomashinalar turargohi tashkil qilinadi. Kirish zonasi, bino joylashuvi va uning tevaragiga bog‘liq ravishda, hashamdor va tantanavor yoki, aksincha, oddiyroq qilib tashkil qilinishi mumkin. Muayyan shaharsozlik sharoitlarida jamoat markazi maydonining bir qismi muzeyga kirish zonasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Avtomobil turargohlari 100 ta tashrif buyuruvchi uchun 10-15 o‘rin hisobidan tashkil qilinadi.
Ekspozitsiya zonasi funksional va kompozitsion nuqtai nazardan eng muhim ahamiyatga ega. Ekspozitsiya muzey uchastkasida bino yaqinida joylashishi yoki tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida ko‘cha bilan bog‘langan bo‘lishiham mumkin. Bu zona relyefning tabiiy imkoniyatlariva obodonlashtirish elementlaridan foydalanib tashkil etilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmasi bilan ajralib turadi. Ekspozitsiya, aksariyat hollarda, bino yaqinida, ichki hovlilar va birinchi qavatning qurilmalari bo‘lmagan qismi – galereya, o‘tish yo‘llari va shu kabilarda joylashtiriladi. Ekspozitsiya, muzeyning ta’sir zonasiga yon-atrofdagi maydonlarni kiritish maqsadida, muzey yoniga, tomoshabinlar yig‘iladigan joylarga olib chiqilgan holda, ko‘cha yoki maydon bilan bog‘lanishi mumkin. Ochiq ekspozitsiya uchun rivojlangan sokolli qavatlar qoplamalari, maxsus podiumlar va maydonchalar ajratiladi. Ba’zida, eksponatlarni turli rakurslardan ko‘rish uchun, ekspozitsiya relyef bo‘yicha turli, jumladan chuqurlashtirilgan sathlarda ham joylashtiriladi. Eksponatlari chimli ochiq maydonchalarda, daraxtlar guruhi ichida joylashtirilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmalar keng tarqalgan. Bunday joylashtirishda tomoshabinlar muayyan manzaraga ega yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |