4–MAVZU: MUZEY EKSPOZITSIYASI. EKSPOZITSIYANI LOYIHALASHNING ILMIY ASOSLARI. JAHONNING MASHHUR MUZEYLARI.
MAVZU BO’YISHA TOPSHIRIQLAR:
Quyida keltirilgan tushunchalarni izohlang.
- muzey ekspozitsiyalari- Muzey eksshozitsiyasi–muzey kommunikatsiyasining asosiy formasi bo'lib hisoblanadi. Vaqtincha ekspozitsiya–muzey ko'rgazmasi ham bo'lishi mumkin. Ko'rgazmalar–ma'lum siyosiy voqealarga, yubileylarga atab tashkil etiladi. Hozirgi davr to'g'risida ma'lumot beradi.
- tarixiy muzeylar ekspozitsiyasi- Tarixiy ekspozitsiyalarning o'z oddiga qo'ygan maqsadlari shundan iboratki avvalo kishilarda Vatanga muxabbat tuyg'usini uyg'otish tarixiy bilimlarni keng targ'ib qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ma'naviy, siyosiy, estetik tarbiyani kuchaytirishdir. Har bir davlatda tarixiy ekspozitsiyalar o'z tarixi nuqtai nazaridan turlicha bo'ladi.Muzey ekspozitsiyasining o'ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, unda umumiy voqealar emas, predmetlar asosida ma'lum voqelik yoritiladi, bu esa insonga estetik zavq bag'ishlaydi.Ikkinchidan, muzey ekspozitsiyasi asosida ilmiy kontseptsiya yotadi. Bukontseptsiya ekspozitsiyaning g'oyaviy mazmunini belgilaydi, muzey yig'imidagi predmetlarni tanlash printsiplarini, ularni guruhlashni, kompozitsiyasini, tadqiq qilishni, badiiy yechimini topishni o'rgatadi.Ekspozitsiya kishilarga dam olishda, madaniy hordiq chiqarishda katta rol o'ynamog'i lozim..
- Tarixiy muzeylar ekspozitsiyasi qurilish tamoyillari- Ekspozitsiya yaratishining tamoyillaridan biri ilmiylikdir. Unda jamiyat taraqqiyoti ilmiy asoslangan bo'ladi. Bundan tarixiylik tamoyili kelib chiqadi. Ekspozitsiyalardan milliy g'oya, milliylik yaqqol ifodalanib turishi kerak. Hozir tarix muzeylarida eski sinfiy qarashlarga asoslangan ekspozitsiyalar tuzilmaydi, balki jamiyatning oddiydan murakkabga rivojlanish qonuniyatlar hisobga olinib, kishilarda hamma ilmiy tasavvur qoldirish, ham dam olishni to'g'ri tashkillashtirish maqsad qilib olinadi. Ekspozitsiya yaratishda ikkinchi tamoyil–ashyoviylikdir. Bunda muzey sohasi e'tiborga olinmoqda. Ma'lumki muzey ashyolari–asl manbalari asosida ulardan bir–biriga bog'langan ekspozitsiyalar tuziladi. Ekspozitsiyaning asosini ham muzey muzey ashyolari tashkil etar ekan, uning asl ashyo, ayni san'at asari ekanligiga ko'tarilganligiga ham e'tibor qilinadi. Muzey ashyosi ekspozitsiyada ikki hil vazifani bajaradi. Birinchidan, u tarixiy voqelikni tushuntiruvchi tarixiy faktni isbotidir.g', chunki u o'sha davrning tilsiz guvohi, mahsulidir. Bu esa tamoshabinni to'lqinlantirishi tabiiy. Ikkinchidan tamoshabin muzeyda tarix bilan yuzma –yuz turadi, hozirgi zamonda turli davlatlarda sodir bo'layotgan voqealar, yutuqlar bilan tanishadi. Bu esa kishida uzoq o'tmishdan habar beruvchi asl ashyolar emotsiyaonal tuyg'ularni uyg'otadi. Ekspozitsiya tuzishning yana bir tamoyili ommaviy komunikatsiya tamoyilidir. Chunki muzeyga har–xil ijtimoiy tabaqalarga xos kishilar tashrif buyuradilar. Shuni nazarda tutgan holda ekspozitsiya o'rtacha xolatda tuzilishi kerak. ekspozitsion materiallarni joylashtirishda har–xil uslub va reja qo'llaniladi. Birinchi rejada e'tiborni jalb qiladigan eksponatlarni joylashtirish mo'ljallanadi. Ekspozitsiyalar zamonaviy qarashlar, yutuqlarga aks etish, zamon bilan hamnafas bo'lishi kerak.Ekspozitsiyaning qurilishining uchinchi printsipi ommaviy kommunikatsiya asosida qurishdir. Bu saviyasidan qatьiy nazar har bir tomoshabinga tushunarli bo'lishi kerak. O'rta saviyali tomoshabin ekspozitsiya uchun mavzu, fonoyozuv ishlab chiqariladi. Zamon bilan hamnafas ekspozitsiyalar tayyorlash kerak.Har bir ekspozitsiya har qanday ilmiy ish kabi o'zida o'zaro bog'langan va bir biriga bo'ysunadigan tizimni mujassamlashtiradi. Ya'ni ekspozitsiyaning butunligi, uning qismlarining qonuniy bog'lanishini, ko'rgazma natijasining muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlovchi aniq mavzuiy strukturaga ega bo'lishi kerak. Ekspozitsiya ko'rgazmasida uning asosiy jihatlari, ya'ni ilmiy kontseptsiya, ekspozitsiyaning g'oyaviy yo'nalishi va muzeyga xosligi aks etadi.
- muzey ekspozitsiyalarining qurilish uslubi.- Ekspozitsiya materiallari turlicha guruxlashtiriladi. Muzey predmetlarini tuzishga yordamlashuvchi aniq tizimda bo'lgan mexnat mahsuli, san'at predmeti, tabiat ob'ekti sifatida joylashtirish mumkin. Mazmunidan kelib chiqib ilmiy asoslangan holda guruxlashtirish, ekspozitsion materiallarni tashkil qilish ekspozitsiyaning qurilish uslubi deyiladi.
- Tarixiy muzeylar ekspozitsiyasining mavzuiy strukturasi,- Har bir ekspozitsiya har qanday ilmiy ish kabi o'zida o'zaro bog'langan va bir biriga bo'ysunadigan tizimni mujassamlashtiradi. Ya'ni ekspozitsiyaning butunligi, uning qismlarining qonuniy bog'lanishini, ko'rgazma natijasining muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlovchi aniq mavzuiy strukturaga ega bo'lishi kerak. Ekspozitsiya ko'rgazmasida uning asosiy jihatlari, ya'ni ilmiy kontseptsiya, ekspozitsiyaning g'oyaviy yo'nalishi va muzeyga xosligi aks etadi.Mavzuiy strukturani ishlab chiqish murakkab ish bo'lib, uni ilmiy jihatlari nazarda tutiladi.Har bir tarix muzeylari o'z vazifasi, fondi, davlatlar, region, shaharlar o'rtasidagi tuggan o'rniga qarab o'ziga mos keluvchi ekspozitsiya strukturasini ishlab chiqadi. Masalan umumtarixiy muzeylarda qadimdan to hozirgi kungacha bo'lgan tarixiy jarayonlar qamrab olinadi. Masalan har bir davriy iqtisodiy–ijtimoiy o'zgarish jihatdan davrlashtirishda avvalo tarixiylikka e'tibor berish kerak. Bo'limlarda ichki formatsion ilmiy davrlashtirishga, keyin uning mavzulariga tarixiy jarayonlar rivojiga qarab o'zaro bog'lanishini ta'minlashga e'tibor beriladi.Mavzu yoki uning ichidagi kichik mavzular bitta yoki bir nechta ekspozitsion komplekslardan tashkil topishi mumkin. Bu ashyolarga qarab tuziladi. Tarixiy jarayonlarni aks ettirishda muzeyning o'ziga xosligi bilinib turishi kerak. Ekspozitsion mavzu tarixiy jarayonlarning rivojlanish holatini ishonarli holda muzey ashyolari orqali ochib berishi kerak. Bu esa tarixiy jarayonlarni yoritishda aniq yo'nalishdir. Ekspozitsiyada uning ashyoviy salmog'i yetarli va to'liq bo'lishi kerak. Masalan ijtimoiy — iqtisodiy mavzuda yashash tarzi, texnikasi, ishlab chiqarish maxsulotlari aks etsa, harbiy tarixiy mavzuda esa — qurollar, harbiylarning kiyimlari va boshqalarga e'tibor qaratiladi. Tarixiylik tamoyiliga kuchli e'tibor talab qilinadi. Bu tarixiy davriy tamoyil deyiladi. Ekspozitsiyalarni tarixiy–davriy va muammoviy qilib tuzish ham mumkin, ammo bular ilmiy asoslangan holda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |