Ispaniya muzeylari
Prado muzeyi
Qirolicha Safiya muzeyi
kostyum muzeyi
Tissen-Bornemis muzeyi
serralbo muzeyi
Temir yo‘l muzeyi
Arxeologiya muzeyi
43
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 880 p.
93
Portugaliya muzeylari
1. Milliy karetalar muzeyi.
2. Ajuda milliy saroyi.
Portugaliya Respublikasi — Yevropaning ja-nubi-g‘arbida, Pire-
nei yarim orolida joylashgan. Atlantika okeanidagi Azor orollari va
Madeyra arxipelagini o‘z ichiga oladi. Poytaxti — Lissabon shahri.
Ma’muriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okruglarga bo‘linadi. shundan
18 tasi materikda joylashgan.
Atlantika okeani sohillari, past tekislik, qumli, kam parchalan-
gan. shimolda Meseta yassi tog‘ligining chekka qismlarida joylash-
gan. G‘arbida tog‘lar dengiz bo‘yi past tekisligiga tik tushadi.
Teju daryosi janubida Portugaliya past tekisligi bor. eng chekka
janubini serra-daleshtrella past tog‘lari egallagan. Volfram, qalay,
mis, temir, qo‘rg‘oshin, marmar, oltin, kumush konlari topilgan.
Aholisining 99%i portugallar, ispanlar. Rasmiy tili — Portugal
va mirandes tillari. shahar aholisi 35%ga yaqin. Dindorlar —
katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora.
Portugaliya hududida poleolit davridan boshlab manzilgohlar
bo‘lgan. Mil. avv. IV-III asrlardan bu yerda Luzitanlar ya-shagan.
Miloddan avvalgi I asr oxirida Rim ixtiyoriga o‘tib, uning Luzi-
taniya viloyati bo‘lib qoldi. Mil. avv. V asrning birinchi yarmida
svevlar, VI asrning ikkinchi yarmidan vestgotlar hukmronlik qildi.
Portugaliya 1992-yilda BMT a’zosi bo‘ldi. Xalq monarxiyachi par-
tiyasi 1974-yilda tuzilgan, xalq partiyasi 1995-yilda tashkil topgan.
Portugaliya industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsu-
lotda sanoatning ulushi 30%, qishloq xo‘jaligi ulushi 6% atro-
fida. Qishloq xo‘jaligini asosini dehqonchilik tashkil etadi. Por-
94
tugaliya hududning 50%i ishlanadi. shundan 30%i haydaladigan
yerlar, 10%i bog‘ va tok, zaytunzorlar, asosiy oziq- ovqat ek-
inlari: bug‘doy, arpa, iyuli, kartoshka. orollarda shakarqamish,
banan, ananas yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, cho‘chqa,
qo‘y boqiladi. sohillarida baliq ovlanadi. Ammo oziq-ovqat aholi
ehtiyojini qoldirmaydi. Transportning asosiy turi dengiz kema
qatnovidir.
Portugaliya hududida mil.avv. I asrning birinchi yarmidan bosh-
lab rejali uylardan iborat istehkomli manzilgohlar saqlangan. Rim-
liklardan evordagi Diana ibodatxonasi harobalari, vetsgotlardan
3 nefli bazilika tipidagi muhtasham saroylar, Aran madaniyatidan
guvala turar joylar qolgan. XII-XIV asrlarda ko‘plab shahar sobor-
lari va monastir majmualari roman va gotika uslubida qurulgan.
Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — “manuelin”
uchun asos bo‘ldi. Ispanlar hukumronligi davrida qurilish inqiro-
zga yuz tutdi. XVII asr oxiri XVIII asrda shaharsozlik rivojlandi,
me’morchilikda borokko va rokoko ustun bo‘ldi.
Tasviriy san’ati. Paleolit davridan boshlab qoya rasmlari,
neolit davridan dolmenlar, sopol idishlar saqlangan. XII-XV
asrlarda gotika uslubidagi haykaltaroshlik rivojlandi. XV- XVI
asrlardan Portugaliya rassomligi niderland san’atidan ta’sirlanib
taraqqiy etdi. XVII-XVIII asrlarda borokko uslubi mahobatli
haykaltaroshlikda namoyish bo‘ldi. XVIII–XIX asr boshlarida
rassomlikda so‘nggi italyan borokko san’ati an’analari klassit-
sizmning akademik talqini bilan almashdi.
o‘zbekiston — Portugaliya munosabatlari. o‘zbekiston va
Portugaliya o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning me’yoriy
huquqiy asoslari shakllangan. o‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.karimov 1996-yil 2 - 3-dekabrda Portugaliyaga ras-
miy tashrifi chog‘ida havo transport qatnovi va turizm so-
hasidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. Ikki
95
mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqda eng ko‘p qulaylik yaratib
berish haqida kelishib olindi. 2002-yil o‘zbekiston va Por-
tugaliya o‘rtasidagi Tovar aylanmasi 9,53 mln. AQsh dollarini
tashkil etdi. o‘zbekiston va Portugaliya sarmoyasi ishtirokida
“osiyo to‘qimachilik assotsiatsiyasi” korxonasi paxta tolasini
qayta ishlash va kalava ipdan mahsulot ishlab chiqarish bilan
shug‘ullangan.
Portugaliyaning to‘liq rasmiy nomi — Portugaliya Respublikasi
kontinental Yevropadagi eng g‘arbiy davlat. Poytaxti — Lissabon
shahri. BMT a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |