Музейшунослик indd



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Muzey  ochilish  tarixi. Avgust  Tissen  Germaniyada  yashab  
ijod    etgan  (1846-1926),    nafis  san’at  shaydosi  bo‘lgan,  aynan  u 
xususiy  kolleksiya yig‘ishni  boshlagan,  avlodlari  esa  davom  ettir-
gan. Baron  Genrix  Tissen-Bornemis  kolleksiyaning  asosiy  qismini  
yig‘gan,  u  Yevropadagi  eng  boy  kishilardan  biri  bo‘lgan. otasidan  
ko‘plab  san’at  asarlari  va  biznes  ishi  unga  meros  bo‘lib  qol-
gan. Avgust  Tissenning  kichik  o‘g‘li 1920 — 1947-yillar  oralig‘ida  
500 dan ko‘p kartina yig‘gan. Ularning oilasi  shvetsariyaga  ko‘chib  
o‘tadi  va  u  yerda  xususiy  galereyada  o‘z  buyumlarini  qo‘yadi.  
shu  tariqa  kolleksiya  jahonga  taniladi.  oilaviy  biznes  va  karti-
nalar  Genrix  vafotidan  so‘ng  merosxo‘rlar  o‘rtasida  taqsimlandi.  
katta o‘g‘li baron Gans Tissen-Bornemis  otasining  merosini  ken-
gaytirdi,  u  italyan  rangtasviri  bilan  qiziqdi, faqat kartinalarni emas,  
gabilenlarni,  zargarlik  buyumlarini,  keramikani,  billurlarni,  qadi-
42
 Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 876 p.


89
miy  mebellarni  yig‘di. 1985-yilda  Gans  uylandi.  Uning  rafiqasi  
go‘zallik  tanlovi  g‘olibasi  edi (karmen  Tissen- Bornemis  baro-nes-
sa).  Baron  to‘plamning  asosiy  qismini  Madridga  yubordi,  u  yerda  
kolleksiyalar Vilyarmos  saroyiga  qo‘yildi.  Bornemis  kolleksiyasi  
uchun  bir  qancha  mamlakatlar  kurashdi. 
hukumat  uning  asosiy  qismini  350 mln. AQsh dollariga sotib  
oldi. Ammo  bu  summa  real  narxidan  uch  barobar  oz  edi. hozirgi  
ekspertlar  u  yerdagi  kolleksiyalarni  taxminan 700 mln AQsh dol-
lariga  baholashmoqda. Baronessa Tissen-Bornemis erining vafotidan 
so‘ng  kolleksiyalarni  ko‘paytirdi,  ispan hukumati  bilan  kelishib,  
to‘plamdan  o‘ziga  tegishli  qismini  davlatga  ijaraga  berdi.  shart-
noma  muddati  har  yili  uzaytirildi. hozirda  unga  tegishli  asarlar  
alohida  korpusda  ekspozitsiyaga  qo‘yilgan,  ushbu  bino  2004-yilda  
qurilgan.
Tissen-Bornemis  fondini  namoyish  etish, qayta  ta’mirlash,  san’at  
asarlarini  saqlash  va  o‘rganish  maqsadida  tuzilgan, muzeyda  turli  
mavzulardagi  konferensiyalar  va  hattoki  konsertlar  ham  uyushtirilib  
turiladi.  Fond  maktab  o‘quvchilari  va  sayyohlarni  san’at  asarlari  
bilan  yaqindan  tanishishlari  uchun  maksimal  darajada  sharoitlar 
yaratadi.  Ushbu  muzey  Prado  muzeyi  ro‘parasida  joylashgan,  un-
ing  asosiy  kolleksiyasi merosdan olingan. Tissenlar oilasi kolleksiyani 
1920-yillardan boshlab to‘play boshlaganlar.  Unda  G‘arbiy  Yevropa  
san’atining  ilk  italyan  va  flamand  ustalarining  asarlaridan ekspre-
onistlari  va  pop-art  asarlarigacha  bo‘lishi  ko‘zda  tutilgan. kollek-
siyadan  barcha  Yevropa  malakatlari  rassomlari  asarlari  joy  olgan.  
shuningdek,  muzeyda  zamonaviy  san’at  asarlari  ham  mavjud.
Impressionistlar  asarlaridan Vinsent  Van Gogning  “Yomg‘irdan  ke-
yin ovyor  ko‘chasi” (1988),  Tuluz Lotrek — “Gaston Bonfua”(1891), 
sezann — “Dehqonlar  portreti” (1900), Gogen “Matte  Mia”,  Pikasso  
“ko‘zguli  arlekin” (1923) kabi asarlar bor.  haligacha  muzey  karti-
nalar  sotib  oladi  va  ular  zalda  namoyishga  qo‘yiladi.  Muzeyning  
yangi  binosi  juda  ajoyib  qurilgan.


90
shimoliy Amerika XIX asr rangtasviri o‘ziga xos bo‘lib,  kollek-
siyadan  joy  olgan. 2004-yilda  yangi  zallar  ochilib, ekspozitsiyalar  
yanada  kengaydi. Ularga  shaxsiy  kolleksiya  ham  qo‘shildi,  ya’ni  
karmen  to‘plagan  kartinalar,  u  200 ta  asarni o‘z  ichiga  oladi.  
ko‘rgazmalar  muzey  hayotida muhim o‘rin tutadi. ko‘rgazma  das-
turi  yiliga  3 ta  an’anaviy  ko‘rgazmani  o‘z  ichiga  oladi.
Bu  yerdagi  kolleksiyalar soni  800 taga yetadi, unga  yana  200 
ta  kartina  qo‘shilgan, ya’ni  karmen  Tissen-Bornemis  kolleksi-
yasi.  Bu  muzey  Pradoga ajoyib qo‘shimcha  hamda  qirolicha  so-
fiya markazlariga ham  Tissen muzeyini boshqa  muzeylardan  ajratib  
ko‘rsatadigan  tomoni: boshqa ispan  muzeylarida  qo‘yilmagan  uslub  
namunalarining  kolleksiyasi  mavjudligi: italyan primitivizmi, ne-
mis uyg‘onish davri, XVII asr golland  rangtasviri,  XIX asr Amerika 
rangtasviri, nemis  ekspressionizmi,  rus  konstruktivizmi, geometrik  
abstraksiya va  pop-art.
Ispaniya  hukumati  tomonidan  1993-yilda  sotib  olingan  kollek-
siya  Baron  Xals  Genrix  Tissen-Bornemis va uning otasi baron Genrix 
tomonidan to‘plangan. Baron Genrix o‘z  kolleksiyasini  o‘tgan  asrning 
20-yillarida  yaratgan, 525 ta  polotno yig‘gan. Uning  o‘limidan  so‘ng  
1947-yilda  kartinalar  merosxo‘rlar  o‘rtasida  taqsimlandi.  Ammo  
uning  o‘g‘li  baron Xals otasini kolleksiyasini ko‘paytirish maqsadida  
qarindoshlaridan qolgan asaralarni ham sotib oldi.  otasining  shvetsar-
iyadagi  Lugano  shahridagi  uyida  kolleksiyalar  saqlangan,  biroq  bu  
yer  barcha  kartinalar  uchun  torlik  qilgan.  Baron  boshqa  joy  qidira  
boshladi.  Prado  muzeyi  yaqinida  Ispaniya  hukumati  tomonidan  
taklif  etilgan bino baronni  o‘z  kolleksiyasini  Madriddagi  Viyaermost  
saroyiga  ko‘chirishga  undadi.  Bu  bino  XVIII asr  oxirida  qurilgan. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish