156
keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi ma’muriy
va madaniy in-
shootlar qurilishi avj oldi. Jumladan, Brno shahridagi xalqaro mashi-
nasozlik yarmarkasi majmui (me’morlar: Aleks, F.Lederer). eshted
tog‘idagi teleminora va mehmonxonani aytib o‘tish mumkin. 1970 —
1980-yillarda Pragada “Internatsional” mehmonxonasi (me’morlar:
k.Filsak, I.shvets) faoliyat yuritgan.
Chexiyada zargarlik buyumlari tayyorlangan. XI-XIII asrlarda
devoriy
suratlar, miniatyuralar paydo bo‘ldi. XIII asr o‘rtalari, XV
asrning ikkinchi yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. XIV asr ikkinchi
yarmida portret yaratish san’ati rivojlandi. XIV asr oxiri XV asrning
boshlarida Chexiya tasviriy san’atida amaliy bezak san’ati ( badiiy
shish, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyildi. XVII-XVIII
asr tasviriy san’ati borokko uslubida
rivojlanishi bilan birga, unda re-
alistik va demokratik yo‘nalishlar namoyon bo‘ldi. Bu davrda haykal-
taroshlardan M.B.Braun va F.M.Brokof mashhur bo‘lgan. XVIII asr
o‘rtalarida rassomchilik va haykaltaroshlikda rokkoko va klassiksizm
unsurlari paydo bo‘ldi. XVIII asr oxiri XIX
asr boshlarida Chexiya
san’atida klassitsizm va romantizm bilan birga, realistik tendensi-
yalar yoyildi. Rassomlar milliy, tarix, o‘lka tabiatini tasvirlash mav-
zuida asrlar yaratdilar. XIX asrnig oxirgi choragida rassom M.Alesh,
haykaltarosh Y.V.Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern
uslubida taraqqiy etdi, haykaltaroshlikda Ya.shtursa asrlari ajralib
turdi. XX asr boshlarida avagardizm vakillari B.kubishta, e.Filla,
A.Proxaziya, Ya.Zraviy, R.kremlichka ijod qildilar. 1918-yil mustaqil
Chexoslavakiya davlati tashkil topgach, milliy madaniyatni rivojlan-
tirish imkoniyati paydo bo‘ldi. ko‘p avangardchi rassomlar o‘z asar-
larida real voqelikni aks ettirdilar (V.novak, o.kubin, Y.Chapek,V.
Rabas). Ayrim rassomlar ishchilar sinfi kurashini haqqoniy tasvirladi-
lar (k.Golan, k.shtika rangtasvir asarlari, k.Pokorniy, Lauda haykal-
lari, F.Bidlo, V.Silovskiyning grafik asarlari). XX asrning 20-30-yil-
larida chex san’atida ijtimoiy-tanqidiy yo‘nalish shakllandi. 1945-
yil Chexoslavakiya nemis —
fashistlardan ozod etilgach, rassomlar
157
e.Filla, A.Paderlik, V.sedlichek, haykaltaroshlardan: V.Makovskiy,
k.Liditskiy, k.Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monu-
mental bezak turlari rivojlandi. 1970 — 1980-yillar san’atkorlari
orasida A.Zabravskiy, R.Kolarj, Y.Broj kabi rassom va grafiklarni,
I.Milovskiy, A.Aksman kabi haykaltaroshlarni ko‘rsatish mumkin.
Bu davrda amaliy bezak san’ati turlari keng yoyildi
76
.
Chexiya
madaniyati boy xalq ijodi, maishiy mehnat, ma-
rosim raqslari asosida rivojlanib keldi. Cholg‘u asboblari — fuyar,
volinka, nay, truba, sitra, arfa. IX asrdan professional diniy hamda
dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. XV asrda “guschilar musiqasi”,
polifoniya rivojlandi. XVI-XVII
asrlarda maktab teatri, ayniqsa,
havaskorlik teatrlari ko‘plab paydo bo‘ldi. 1737-yil Pragada birin-
chi doimiy teatr binosi – “Teatr-kotsu” qurildi. 1786 — 1789-yillar
“Bouda” teatrida chex tilidagi truppa ishlay boshladi. XIX asrning
birinchi yarmida chex dramaturgiyasida YA.shtepanek V.klitsper,
Y.k.Tilning asarlari paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: