Introduction to Museology – the European Approach.Verlag Dr. Christian
Muller-Strten. 1998, 30 p.
21
eramizdan oldingi 27–23-yillarda imperator Avgust tomonidan
Metella galereyasi qayta qurilib, o‘z singlisi oktaviya nomi bilan
atala boshlandi. Ushbu galereyada, shuningdek, kutubxona, maktab,
faylasuflar yig‘ilib suhbat quradigan dargoh ham mavjud edi. Bu
yerda Rimning eng bebaho san’at asarlari yig‘ilgan bo‘lib, o‘zining
muhtashamligi va badiiy qiymati jihatidan o‘z zamonasining eng
obro‘li galereyasi hisoblangan. Bu yerda Venera va kupidon haykal-
lari, Fespiy va Antifil tasviriy san’at asarlari namoyish etilgan. Shu-
ningdek, bu maskanda san’at asarlarini restavratsiya qilish ustaxonasi
ham tashkil etilgan bo‘lib, ustaxonada Gay Asiniy Pollion sa’y-hara-
katlari bilan bir qancha san’at asarlari restavratsiya qilingan.
san’at asarlarini galereyalardan tashqari ibodatxonalarda ham to-
mosha qilish mumkin edi. Masalan, Baxt ibodatxonasida Rim sarkar-
dasi Lutsiy Mummiy tomonidan yig‘ilgan kolleksiya namoyish etil-
gan bo‘lib, bebaho san’at asarlari orasida Praksitel yaratgan san’at
asarlari, jumladan, “Fespiadlar” va “Tespiadlar” haykallar to‘plami
ham namoyish etilgan edi.
18
eramizdan oldingi I asrda Rimning eng boy kolleksiyalaridan biri
kapitoliy oldida qurilgan yangi ibodatxonada joylashtirilgan edi. Ush-
bu kolleksiyadan o‘rin olgan haykallar, tasviriy san’at namunalari va
boshqa nodir buyumlar ichida, shu jumladan, mashhur afinalik rassom
nikiyning “Liber ota”, “Dionis” asarini, Zevskidning “Bog‘langan
Marsiy” asarlarini hamda noyob ma’bud haykallarini uchratish mum-
kin edi. Yunonistonlik er.avv. IV-III asrlarda yashab ijod etgan mash-
hur haykaltaroshlar – evfranor, Briaksid, stennid, Piston va nike-ratlar
tomonidan yaratilgan yunon xudolarining betakror haykallari mazkur
kolleksiyaning bebaho javohirlari sifatida baholangan.
Dastabki davrda san’at asarlarining saqlanishiga javobgar shaxlar
– ssenzor va edil, ya’ni zamonaviy til bilan aytganda, omborchi va
hisobchilar bo‘lgan. Ular san’at asarlarning hisobi, saqlanish texni-
18
Introduction to Museology – the European Approach.Verlag Dr. Christian
Muller-Strten. 1998, 30 p.
22
kasi va xavfsizligiga javobgar bo‘lishgan. Bunda ssenzorlar san’at
asarlarining turi, qiymati va saqlanish o‘rnini belgilab, ularning hi-
sobini olib borishgan bo‘lishsa, edillar san’at asarlarining xavfsiz-
ligini, galereya yoki ibodatxona binosining umumiy ahvolini va bar-
cha xodimlarning o‘z vazifalarini qanday bajaryotganliklarini nazorat
qilishgan. keyinchalik, Rim imperatori devonida maxsus lavozim
-kuratorlik lavozimi joriy qilinadi. kuratorlar imperiyaning butun
madaniy boyligini, ularning saqlanishi va foydalanilishini nazorat qi-
luvchi amaldor bo‘lib, ssenzor va edillar unga bevosita bo‘ysunuvchi
xodimlarga aylanishdi.
Xulosa qilib aytganda, antik davrda kolleksiyalar to‘plash va
kolleksionerlik faoliyatiga ilk tamal toshi qo‘yilib, Yevropa va jahon
madaniyatida yangi sahifa ochdi. Antik davr kolleksionerlarining jon-
bozligi natijasida insonlar haqiqiy san’at asarlarining qiymati va qad-
riga yetishni, san’at asarlaridan madaniy va ma’naviy zavq olishni
o‘rganishdi. san’atdan estetik qarashlari yuksalishi natijasida butun
Rim imperiyasi xalqi jahon miqyosida keng fikrli va dunyoqarashi
o‘zga bo‘lgan ulkan sivilizatsiya – yangi madaniyat yarata oldi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |