Polsha muzeylari
1. Varshava milliy muzeyi.
2. Qirollik saroyi muzeyi.
Mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha respublika
so‘zi emas, balki eski- (polyakchadan: mushtarak narsa so‘zi ishla-
tiladi). Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi.
Yevropa Ittifoqi a’zosi.Poytaxti — Varshava shahri. Davlat tuzumi
Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qil-
ingan.
Polsha — Visla va odra daryolari havzasida, shimolda Boltiq
dengizi va janubda karpat va sudet tog‘lari oralig‘ida joylashgan.
hududining 90% dan ko‘prog‘i tekislikdan iborat. Dengiz bo‘ylari
past, qumloq. Qazilma boyliklari — toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir,
tabiiy gaz va neft, temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, ruh; kaliy,
magniy va tuz konlari bor. Iqlimi mo‘tadil bo‘lib, okean iqlimi bilan
kontinental iqlim o‘rtasida.
Polsha hududining yarmidan ko‘prog‘i haydalgan yerlar, 28%
o‘rmon, aksariyat joylarda igna bargli, g‘arbi va janubida keng bar-
gli daraxtlar o‘sadi. Aholisining 98,5% ini polyaklar, ukrainlar, be-
loruslar, slovaklar tashkil etadi. Dindorlarning ko‘pchiligi katoliklar.
shahar aholisi — 62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, krakov,
Vrotslav, Poznan, Gdansk.
Tarixi. Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Mil.
av. 1-ming yillikda Polsha hududida slovyan qabilalarining shaklla-
nish jarayoni sodir bo‘ldi. VIII-IX asrlarda qabila knyazliklari vujud-
ga keldi. X asrda odra , Visla va Bug daryolari oralig‘ida yashovchi
polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan,
141
vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va ya-
gona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq XII asrga kelib, Polsha davlati
yana knyazliklarga bo‘linib ketdi. XIII asr oxirida knyaz Pshemisl II
rahnamoligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi.
XIV-XV asrlarda yagona Polsha davlati paydo bo‘ldi va madaniyati
rivojlandi. Polyak tili shakllandi. XV asrning 1-yarmida krakovda-
gi Yagaylo universiteti polyak fani markaziga aylandi.
XVI asrning 2-yarmidan Polsha davlati ukrain, belorus va rus
yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi nati-
jasida Rech Pospolita paydo bo‘ldi. 1609 — 1612-yillarda Polsha
Rossiyaga hujum qildi. Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropada-
gi eng qudratli davlatlardan biri bo‘lib turdi. Ammo og‘ir urushlar
sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta Prussiya, Avstriya,
Rossiya o‘rtasida bo‘linib ketdi. Polsha davlati tugatildi. 1807-yilda
napaleon I qo‘shinlari Prussiyani engib, Fransiyaga tobe Varshava
gersogligini tuzdi. 1814 — 1815-yillarda Vena kongressida Polsha
yana bo‘lindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolli-
giga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.
15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ta’lim majburiy, barcha
pog‘onalari davlat ta’minotida. hunar-texnika maktabi boshlang‘ich
va muntazam ta’limni o‘z ichiga oladi. Ixtisoslashtirilgan litseylar
ham bor. Xususiy maktablar tarmog‘i kengaymoqda. Polshada 130
ta oliy o‘quv yurti faoliyat yuritadi. Yevropadagi eng qadimgi uni-
versitetlardan krakov universiteti (1364), shuningdek, Varshava
universiteti, politexnika institutlari, iqtisodiyot, tibbiyot va rassom-
chilik akademiyalari shu jumlaga kiradi. Mamlakatdagi ilmiy faoli-
yatni Fan vazirligi olib boradi. shuningdek, fanlar akademiyasining
ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy o‘quv yurtlarida, idoraviy ilmiy
muassasalarda olib boriladi. Polshada Banax nomidagi xalqaro mat-
buot markazi faoliyat olib boradi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |