131
bo‘ldi. Yo‘qolib borayotgan shved madaniyatini saqlab qolishga
intilish yo‘lida Artur Xaselius muzey eksponatlariga ko‘proq uy
qurilish interyerlarini, ularning
holatini uzoq namoyon qildi, hay-
von siymolaridan ko‘cha namoyishlari (san’at namunalari), xalq
kastyumlari manikenlari va teatr dekoratsiyalar ko‘rinishidagi pey-
zajlar yaratdi. Lekin muzey istalgan amaliy san’at muhitini to‘liq
ko‘rsatib bermasdi va Artur Xaselius noananaviy qarorga keldi
65
.
1891-yil oktabrida noodatiy nom olgan
Skansen yangi muzeyi-
ning tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Gap shundaki, Artut Xas-
elius o‘zini rejalarini amalga oshirish uchun stokgolmdagi Dyugar-
den orolidagi adirni tanladi. XVII asrda
bu yerda himoyani mustah-
kamlash uchun okoplar qazilgan (okop — urush vaqtida soldatlarni
panadan turib himoya qilish uchun chuqur),
Skansen —
shved tilidan
olingan okop (chuqur) degan ma’noni bildiradi. shuning uchun
bu shu muzey nomiga aylandi, keyinchalik esa barcha ochiq
osmon ostidagi muzeylarga namuna bo‘ldi. 1886 — 1891-yillar
boshida 1,5 gektar bo‘lgan, bo‘lajak skansen hududiga mamlakat-
ning hududlaridan uylar va fermer xo‘jaliklarini olib kelishdi,
dehqon hovlisida uy sigiri o‘z o‘rnini
egalladi, “Zoopark” (zo-
ologik bog‘) da esa yovvoyi hayvonlar, qadimdan ovchilik nishoni
bo‘lgan — ayiq, bug‘u, silovsin joy oldi. Artur Xaselius keltirilgan
uy-joylar atrofida tabiiy o‘simliklar muhitini yaratishni rejalashtirdi
va uning konsepsiyasiga muvofiq o‘simliklar dunyosi mahalliy yer
tarkibi bilan birlashib, uyg‘unlashishi kerak edi. hamma narsadan
ko‘proq Artur Xaseliusni ota urug‘-qishloq jamiyatining odamlari,
ularning kundalik ishlari, bayramlari, san’ati va turli xil an’analarini
ko‘rsatish g‘oyasi qiziqtirar edi. shuning
sababli ekspozitsiyalarni
jonlantirish uchun uylarda hunarmandchilik, shudgor, uy hayvonlari
bilan shug‘ullanuvchi odamlar paydo bo‘ldi. Maxsus jihozlangan joy-
larda muzeyga kelgan muhlislar ko‘z o‘ngida metalldan, shishadan,
loydan badiiy buyumlar yasalardi. Bu muzeyga unutilgan muhitning
65
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 885 p.
132
nusxasini namoyon qildi.
Skansen xalq milliy raqsi, musiqasi, xalq
og‘zaki ijodi, an’anaviy tantanalar va xaql bayramlari o‘tkaziladigan
mashhur
joyga aylandi
66
.
shubhasiz, birinchi ochilgan ochiq osmon ostidagi muzey XIX
asr ikkinchi yarmidagi xalq madaniyati va bu madaniyatni saqlashga
bo‘lgan intilishini namoyon qilgan birinchi paydo bo‘lgan muzey
bo‘ldi. shu bilan bir qatorda, bu muzeyshunoslik sohasidagi yangi
tendensiyaga asos soldi. Muzeyshunoslik sohasida yodgorliklargina
emas balki, uning boshqa obyektlar bilan tarkibiy aloqalari, tarixiy
muhitni har xil bosqichlar bo‘yicha to‘liq tiklash yo‘lga qo‘yildi.
Muzey ishidagi amaliy va nazariy yondoshish
bosqichma-bosqich
davom etdi. Ochiq osmon ostidagi muzeyda etnografik ekspozit-
siyalarni yaratish g‘oyasini birinchi bo‘lib 1790-yilda Daniyada
yashovchi shvetsariya yozuvchisi Charls Bonstetten ilgari surgan. U
Fredensberg qal’asidagi mamlakatning turli hududlaridagi kostyum-
lar manikenlarini ko‘rib, hayratlanib shunday yozgan:
“Bularni ko‘rib menga shunday fikr keldiki: dengiz bo‘yidagi
qayrag‘ochli o‘rmonda ingliz bog‘ini yaratib, u yerga Lapland uy-
lari va Farer orollaridagi qamish kulbalar, islandiyaliklarning yam-
yashil uylari va bu xalqlarning mehnat qurollari va uy jihozlari bilan
qoplangan ko‘rinishi keldi. O‘rmondagi so‘qmoq meni island uyiga,
so‘ngra fin kulbasiga tez eltib boradi. Obyektlarni bunday joylashti-
rish ko‘p qulayliklarni keltirgan bo‘lardi”.
Agar XIX asrning birinchi yarmida etnografik materiallar muzey-
larda o‘z-o‘zicha namoyon qilingan bo‘lsa, yuz yillikning uchin-
chi qismida amaliy “jonlanish”, ya’ni milliy libosdagi manikenlar
ekspozitsiyalari yetarlicha keng tarqaldi. o‘z navbatida, ekspozit-
sion g‘oyalarning rivojlanishi, milliy va xalqaro ko‘rgazmalar tash-
kil bo‘lishiga olib keldi. 1867-yildagi keng xalqaro rezonansga ega
bo‘lgan Moskvadagi etnografik ko‘rgazmada san’at, mehnat qurollari,
66
Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 890 p.
133
ro‘zg‘or buyumlari va xo‘jalik liboslarini — xalq arxitektura namu-
nalarini kompleks usulida ko‘rsatish qo‘llandi. Bu ko‘rgazmada har
bir xalq o‘zining milliy ro‘zg‘or buyumlarini manikenlar yordamida
namoyish etishdi. 1878-yilda Parijdagi butunjahon ko‘rgazmasida
bir qancha yog‘och uylar va ulardagi interyer ko‘rinishidagi xona-
lar, xonalarda esa insonlarning hayotini ifodalovchi milliy libosdagi
manikenlar va ro‘zg‘or buyumlari namoyish qilindi. hattoki, ba’zi
bir xalqaro ko‘rgazmalarda huddi tirik eksponat ko‘rinishidagi har
xil mehnatlar bilan shug‘ullanayotgan insonlarni ko‘rish mumkin edi.
shunday qilib, 1870 — 1880-yillardagi ekspozitsion amaliyot ochiq
osmon ostidagi muzey konsepsiyasining rivoji va masshtabli interyer-
lar yaratish uchun muhim rol o‘ynadi. Lekin birinchi bo‘lib o‘sha vaqt-
dagi muzeyshunoslikka aniq va to‘liq g‘oyalarni
kiritgan Artur Xase-
lius bo‘lib qoldi.
U tomondan asos solingan yangi muzey konsepsiyasi norvegi-ya,
Finlandiya, Daniya, shimoliy Germaniya va niderlandiyada tezda o‘z
o‘rnini topdi. 1901-yilda kopengagen quyisidagi parkda Zorgenfri
muzeyi, 1902-yilda Oslo atrofidagi Bigdoy yarim orolida, 1904-yilda
Lillexammerda (norvegiya), 1912-yilda Arnemida (niderlandiya),
1913-yilda kenningsbergda muzeylar ochilgan. Birinchi Jahon urushi
tugagunga qadar shimoliy Yevropa davlatlarida 104 ta ochiq osmon
ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi. Xalq arxitekturasi va turmush namu-
nalarini ko‘chirib o‘tish g‘oyasi va uni saqlab qolish uchun qilingan
harakatlar jonlandi va bu paydo bo‘lgan yodgorliklarni o‘z joyida as-
rashga turtki berdi.
Skansen (ko‘chirilgan obyektlardan yaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: